O‘zbekiston. (Abdulla Oripov)



Download 27,01 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi27,01 Kb.
#98901
  1   2
Bog'liq
Boltayeva Zilola 201


O‘ZBEKISTON.

(Abdulla Oripov)

Yurtga she’r bita turib qiyos topa olmadim, deya madh etgan vatan kuychisi Abdulla Oripov o‘zining “O‘zbekiston” qasidasida Ona vatanni dildan kuylaydi, dil ash’orlari ila unga maqtovlar yo‘llaydi. Ushbu lirik asar namunasini o‘quvchi shuuriga jo qilish, uning qalbiga singdirish har bir muallimning vazifasi hisoblanadi. Chunki vatanga bo‘lgan muhabbat yosh avlod qalbida unib o‘smog‘i lozim. Shunday ekan badiiy til ila bitilgan Ona vatan jozibasini yanada anglatish, badiiy so‘z qudratini uqtirish uchun she’rdagi tashbeh va sifatlashlarni bir necha fanlar orqali o‘qiguvchi tasavvurida yanada yorqinroq aks ettirish darkor.

Shoir nazmiy so‘zlarga o‘zbekning butun tarixini, betakror tabiat tasvirini yoinki jahon tarixlaridan joylaydi. Ilmga chanqoq qalblarga esa she’r mazmunini ochib berishda, ularning hayolot olamida shunday voqelikni uyg‘otishda tarix, geografiya, tasviriy san’at, tabiatshunoslik, astronomiya, dinshunoslik va shu kabi fanlar aloqadorligi ilm ulashguvchiga yordam beradi.

Tarix bilan omuxta misralarni keltirganimizda quyidagi satrlar alohida e’tiborga sazovor:

Zabtga olib keng Osiyoni,

Bir zot chiqdi mag‘rur, davongir.

Ikki asr yarim dunyoni

Zir qaqshatdi buyuk jahongir.

Quyidagi chizgilarda shoir nazarda tutgan Buyuk shaxsni, ya’ni Amir Temurni o‘quvchi ilg‘ab olishi uchun bizga bevosita tarix yordamga keladi.

yoki:

Qotil qo‘li qilich soldi mast



Quyosh bo‘lib uchdi tilla bosh.

Do‘stlar, ko‘kda yulduzlar emas,

U, Ulug‘bek ko’zidagi yosh.

Besh asrkim, nazmiy saroyni

Titratadi zanjirband bir sher.

Temur tig‘i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher.

kabi satrlarda ham tarix aks etmay qolmaydi.

Ona xalqining buyuk o‘tmishini bitaturib, shoir tarixdagi dinlarga ham murojat qiladi:

Bosh ustingdan o‘tdi ko‘p zamon,

O‘tdi Budda, o‘tdi Zardushti.

She’rda geografiya faniga aloqador joy nomlari ham mavjud bo‘lib ular quyidagilar: Osiyo, Amerika, dengiz, Amudaryo, Dansig, Farg‘ona, kon, sahro, O‘zbekiston.

Tasviriy san’at bilan bog‘liqligini mazkur satrlardan anglab olishimiz mumkin:


  • Tashqarida izillar yomg‘ir,

Kir, bobojon, yayragil biroz.

Deding: - Paxtam, qoldi-ku axir,

Yig‘ishtiray kelmasdan ayoz.

Astronomiya ilmi bilan bog‘liq satrlar quyidagilardir:

Bobolardan so‘z ketsa zinhor,

Bir kalom bor gap avvalida.

Osmon ilmi tug‘ildi ilk bor

Ko‘ragoniy jadvallarida.

Demak mazkur she’r keng qamrovliligi bilan ajralibgina qolmay, she’rxonga sanab o‘tilgan fanlardan ham saboq bera oladi.

“MEHROBDAN CHAYON”

(Abdulla Qodiriy)

Abdulla Qodiriy qalamiga mansub asar muqaddimasida “Turkiy feodallarining keying vakili bo‘lgan xudoyorning o‘z xohishi yo‘lida dehqon ommasi va mayda hunarmand- kosib sinfini qurbon qilishi mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguvchilar tilasa kim bo‘lmasin, rahmsiz jazo berishi” ni yozuvchi aytib o‘tadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, asar bevosita tarix- o‘tmish bilan bog‘liq. Adibning mahorati ham shunda, ya’ni yozuvchi tomonidan tarixiy jarayon, ijtimoiy tuzum va o‘sha davr muhitidagi ikki yosh taqdiri aks ettiriladi. Bundan kelib chiqadiki, adabiyot darslarida mazkur asarni o‘quvchilarga yetkazib bera olishda bir necha fanlar maydonga chiqadilar. Ular quyidagilar: tarix, tabiatshunoslik, geografiya, etika, estetika, dinshunoslik, fors-tojik tili, psixologiya kabilar.

Yuqorida aytilganidek, asar tarixiy syujet asosida shakllantirilgan va tarix bilan aloqador shaxslar, voqealar romandan o‘rin olgan. Masalan: Xudoyorxon(1283-yilda uchinchi martaba taxtga chiqish nasib qilgan), Madalixon, Buxoro amiri- Bahodir, Amir Umarxon, Mulla Niyoz Muhammad va boshqalar.

Romanda geografik joy nomlari ham keltirilgan bo‘lib, bunda o‘qiguvchi yanada tiniqroq anglashi uchun geografiya fani bilan integrative yondashgan holda tushuntirilsa, maqsadga yetgan hisoblanamiz. Buxoro, Turkiston, Qo‘qon, Urganch, Sirdaryo, Xoja Porso madrasasi, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xo‘jand, Toshkand joy nomlari misolida olishimiz mumkin.

Adib tabiat chizgilarini o‘z mahoratiga monand keltiradi. Masalan: Shomdan biroz ertaroq edi. Yengilcha bir shamol supa atrofidagi gullarni erinibgina qimirlatar va bu qimirlashdan rayxonlarning o‘tkir isi o‘qtin-o‘qtin dimoqg‘a kelib urinardi. O‘n ikki- o‘n uch kunlik oy ko‘kning sharqi-janubi qismida tussizgina ko‘tarilib kelmakda, quyosh botqan sayin uning chexrasi har zamon ochilib bormoqda edi.

Fors-tojik tiliga namuna sifatida asardagi Shayx Sa’diy misralarini keltirishimiz mumkin:


Download 27,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish