Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir sher. Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher



Download 14,22 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi14,22 Kb.
#502774
Bog'liq
Navoiy tadbir


Tadbir tabrigi
Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, tadbirimizning aziz ishtirokchilari! Mana bugun biz o‘zbek tilining asoschisi, g‘azal mulkining sultoni sanalmish hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581 yilligini katta tantanalar bilan nishonlash uchun yig‘ilganmiz.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kunida temuriylar sulolasi tasarrufidagi Xuroson davlati poytaxti sanalmish Hirot shahrida tavallud topganlar. Yoshligidan bilim olishga qiziqqan, o‘rtoqlari bilan turli xil o‘yinlar o‘ynash o‘rniga mashhur yozuvchilarning asarlarini o‘qib o‘rganishga harakat qilgan.
Hazrat Navoiy 60 yillik umri davomida turk tili va uning rivoji, dunyo tamaddunida turk tilining o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun harakat qilgan. Asarlarida ushbu tilning sofligi, soddaligi, tushunarliligi, boyligi kabi sifatlarini ko‘rsatib berishga intilgan va buning uddasidan chiqqan.
U zot besh dostondan iborat bo‘lgan “Xamsa” asari va “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlari orqali turk tilining fors-tojik tilidan qanchalik ustun ekanligini, bu tilning faqatgina oddiy xalq tili bo‘lmasdan, balki mazmunli asarlar yaratishda ham ishlatilishi mumkin bo‘lgan tillardan biri ekanligini namoyon qilib bergan.
“Xamsa” asarini yozganda o‘sha davrning buyuk adibi, Navoiyning ustozi va do‘sti sanalmish Abdurahmon Jomiy shunday fikrlarni bildirganlar: Yaxshiyamki Navoiy o‘z asarini turk tilida yaratdi. Agar fors-tojik tilida yozganida edi, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimagan bo‘lardi. Bu orqali u bizga marhamat ko‘rsatdi.
Ijodi orqali o‘ziga butun dunyo ilm-fanida haykal o‘rnatgan, turk tilining ijod ahli tili ekanligini ko‘rsatib bergan. O‘zbekiston Xalq Qahramoni, shoir Abdulla Oripovning quyidagi misralari Hazrat Navoiyning butun ijodiga berilgan baho, desak adashmagan bo‘lamiz:
Besh asrkim nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Yana bir bor barchangizni ushbu tantana – Hazrat Navoiyning tavallud kuni bilan tabriklayman. Yoshlarimizga bobomiz izidan borib, ularning ijodlarini yanada chuqurroq o‘rganib, o‘zbek va O‘zbekiston degan nomlarni butun dunyoga tanitishlariga tilakdoshman. E’tiborlaringiz uchun rahmat!
Download 14,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish