Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet39/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Samarqand yuqori paleolit makoni. Mazkur yodgorlik Samarqand shahri markazidagi sobiq Komsomol ko‘lining janubiy-sharqiy qismida, Qoratepa tog‘ tizmalari shiomliy yon bag‘ridan Zarafshon daryosi tomon suvini oqizib keluvchi soy yon terrasasida joylashgan. Ta’kidlash joizki, so‘nggi paleolit davrida hozirgi Samarqand shahri hududi shunda yirik soylar o‘zanlari bilan kesilgan bo‘lgan, unda qadimgi buloqlar ko‘p bo‘lgan. Bu esa odamzod yashashiga qulay sharoit yaratgan. Bu makonni dastlab o‘rgangan olim D.N.Lev bo‘lsada, atroflicha batafsil o‘rgangan olim M. D.Djuraqulov bo‘ldi. Xususan, M.D.Djuraqulovning 1987 yil nashrdan chiqqan «Samarqand makoni va O‘rta Osiyo yuqori paleolit davri muammolari» nomli monografiyasi muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand makoni Samarqand muzeyi arxeologi N.G.Xorlamov tomonidan 1939 yilda kashf etilgan. SHu yili taniqli arxeolog M.V.Voevodskiy (Moskva davlat universiteti) va geolog V.V.SHumovlarlar tomonidan tadqiq etilib, qiziqarli tosh qurollari to‘plami (40 ga yaqin tosh buyumlar) qo‘lga kiritilgan. Keyingi yillarda ham vaqti-vaqti bilan yodgorlik tadqiqotiga mutaxasislar tomonidan (M.V.Voevodskiy, V.I.Avdiev, A.P.Okladnikov, V.A.SHishkin va boshqalar) e’tibor berilgan bo‘lsada, yodgorlikning asosiy tadqiqotining boshlanishi 1958 yili D.N.Lev tomonidan amalga oshirilgan qazilmalardan hisoblanadi. D.N.Lev 1958-1969 yillari maboyinida Samarqand makonida qazishma ishlarini amalga oshirgan. YOdgorlikning tadqiqoti 1969-1972 yillari M.D.Djurakulov tomonidan davom ettirilib, asosiy natijalarga erishilgan. YOdgorlikni geologik jihatdan S.A.Nesmeyanov o‘rgangan. Tadqiqot ishlariga O‘zRFA arxeologiya instituti xodimlari N.X.Toshkenboev, R.H.Suleymanovlar ham ishtirok etishgan. D.N.Lev va M.D.Djurakulovlar 1969 yilgacha yodgorlikda 783 metr kvadrat maydon sathida madaniy qatlamni o‘rganishdi. Qazilmalar jarayonida 3 ta madaniy qatlam ajratilgan. Madaniy qatlamlardan 11456 dona qiziqarli tosh buyumlar to‘plami qo‘lga kiritilishi bilan bir qatorda ko‘p sonli hayvon suyaklari, gulxan, qizil bo‘yoq qoldiqlari,ibtidoiy san’at namunalari, zeb-ziynatlar, shuningdek chaylasimon ko‘rinishli turar-joylar qoldiqlari va eng muhimi antropologik topilmalar topilgan. Makondan ibtidoiy odamlarning chaylasimon turar-joy qoldiqlari topib o‘rganilgan. 25 – 35 yoshlar chamasidagi ayol kishining jag‘ suyagi, yosh bolaning bosh chanog‘i, katta yoshdagi odamning son suyaklari, antropologik topilmalarning ham topilishi muhim bo‘lib, bu manbalarni M.M.Gerasimov, V.V.Ginzburg kabi antropologlar o‘rganishdi. SHuningdek, suyakdan ishlangan taqinchoqlar, dengiz chig‘anoqlari topilishi ham muhim bo‘ldi.

Samarqand makoni tosh industriyasi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Tosh qurollari asosan tosh siniqlari, uchirmalardan yasalgan. Prizmasimon payraqalardan ham qurollar tayyorlashgani aniqlangan. Samarqand makoni qazilma ishlari jarayonida qiziqarli tosh buyumlari to‘plami qo‘lga kiritilgan. Tosh qurollari orasida gardishsimon va elpig‘ichsimon nukleuslar ko‘pchilikni tashkil etgan. Nukleuslarning ayrimlari noaniq maqsadlarga yo‘naltirgan, ayrimlari prizmasimon ko‘rinishli bo‘lib, ularning aksariyati mayda o‘lchamli bo‘lgan. Bular ichida yirik o‘lchamli tosh o‘zaklari deyarli bo‘lmagan. Ayrim nukleuslar qurol sifatida ham qo‘llanilgan. M.Djurakulovning ko‘rsatishicha tosh qurollari to‘plamida chopper, ya’ni qayroqdan yasalgan qurollar 4-5 foizni, choppinglar 11,0 foizni tashkil etgan. Tosh qurollari to‘plamida toshdan yasalgan teshasimon qurollar ham uchratilgan. Samarqand makoni tosh industriyasining katta qismini kichikroq o‘lchamli tosh uchirmalari va payraqalar tashkil etadi(18-rasm). Ularning ko‘pchiligiga mayda kertish usuli bilan ishlov berilgan bo‘lib, ular ibtidoiy xo‘jalikning turli yumushlarida qo‘llanilgan. Qurollar ichida pona sifatida ishlatilgan qurollar ham uchratilgan Tosh randalar ko‘pincha uchirindilar va payraqalar asosida yasalgan. Bunday yasalgan qurollar guruhiga qirg‘ich va qirg‘ichchalarni kiritish mumkin. Qurollar tarkibida paraqadan yasalgan sixchalar, teshgich qurollari ham bor. Topilgan keskich, ya’ni gazan qurollar ko‘pincha hayvon suyaklaridan qurol yasashda qo‘llanilgan. Samarqand makonida qurollar yasashda va ularga ikkinchi marotaba ishlov berishda ishlatilgan texnikaviy uslubni Qo‘tirbuloq, Zirabuloq hamda Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘rida tadqiq etilgan mezolit, neolit davriga oid yodgorliklar tosh industriyasida kuzatish mumkin. Demak, Zarafshon vohasida muste davridan so‘nggi paleolit davriga, so‘nggi paleolitdan mezolit, neolit davriga o‘tish evolyusiyasi, tosh qurollariga ishlov berilishi usullarining an’anaviyligi masalalarini Samarqand makoni materiallari asosida kuzatish imkoni mavjud..

Samarqand makonining sanasi haqida fanda turli mulohazalar mavjud bo‘lib, paleolit davrining eng so‘nggi bosqichlariga doirligi e’tirof qilinadi. YAngi ilmiy texnologik asosda o‘rganilish tufayli olingan ma’lumotlar yodgorlikning so‘nggi paleolitning rivojlangan davriga doirligi va uning sanasi 35-25 ming yillarga tengligi haqida yangi xulosalar qilindi. Ko‘p madaniy qatlamlarga ega bo‘lgan bu makon hududidan topilgan chaqmoqtosh ustaxonasi xilma- xil tosh qurollar ona urug‘i tizimi shakllanish taraqqiyoti darajasida turgan bu jamoalarda turmush bilan bog‘liq mehnat taqsimotlarining bir muncha rivojlanganligini ko‘rsatadi. Makon qatlamlarida topilgan gulxan, o‘choq, chayla qoldiqlari, qizil bo‘yoq kabilarning topilishi ham qiziqarlidir. M.Djuraqulov, N.Avanesovalar Samarqand makonidan topilgan chaylasimon turar joylar haqida ma’lumot berishadi. M. Djurakulovning ko‘rsatishicha, makondan topilgan chig‘onoqlar Qizil dengizi chig‘onaqlariga o‘xshash va bu o‘sha davrda ham odamlar o‘zaro madaniy aloqada bo‘lishganligini bildiradi. Samarqand makoni sohiblari o‘zlarining kunlik xo‘jalik mashg‘ulotida termachilik, ovchilik bilan shug‘ullanishgan. Ularning turmush tarzi ozuqabop terim- termachilik va ovchilikdan iborat bo‘lgan bu jamoalar bug‘u – yirik ot, tuya, to‘ng‘iz, buqa kabi yovvoyi jonivorlarni ov qilishgan ekan. Makondan topilgan mehnat qurollari majmuasi tarkibida xar-xil qirg‘ichlar, randalar, pichoqsimon buyumlar, iskana, qayroq qurollar kabilar ko‘p bo‘lib, ularning yasalishida qo‘llanilgan texnik uslub yuqori bo‘lishi bilan bir vaqtda must’e davri yodgorliklari bo‘lgan Qo‘tirbuloq, Teshik-Tosh, Zirabuloq madaniyati an’analarining ayrim xususiyatlarini eslatadi. Samaraqand paleolit makoni manbalarini o‘rganish bilan mamlakatimiz sarhadlarida bundan 35-30 ming yillar avval yashagan jamoalarining moddiy madaniyati, kunlik mashg‘ulotlari, madaniy aloqalari va ma’naviy madaniyati haqida analitik xulosalar qilishda bu manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Samarqand makoni tosh qurollari ko‘p jihatlari bilan Tojikiston hududi SHugnov makoni, Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq, Obirahmat, Dodekatim yodgorliklari tosh qurollariga o‘xshash.



Samarqand makoni tosh buyumlari to‘plami 2002 yili taniqli olima G.F.Korobokova tomonidan trassologik tekshiruvdan o‘tkazilgan. Bunday yondoshuv asosida makon tosh industriyasining o‘ziga xos sxususiyatlari aniqlandi. Jumladan tosh qurollari orasida 63 dona turli ishlv berilgan qirg‘ichlar, 61 dona pichoqsimon qurollar,62 dona iskana, 56 dona randasimon qurollar, 28 dona keskich qurollari borligi ularda ishlab chiqarishda ishlatilganidan saqlanib qolgan izlar asosida aniqlangan. Tosh qurollari to‘plamida birinchi marta 13 dona mayda va ixcham iskana qurollari borligi aniqlangan. M.Djurakulovning ko‘rsatishicha, hayvon terilaridan buyumlar tieish uchun ishlatilgan 6 dona teshgich qurollari, yog‘ochlarni tekislash uchun ishlatiladigan 2 dona keskich, pichoqsimon qurollar topilgan. SHu narsa ma’lum bo‘ldiki, ko‘pgina tosh qurollarining ish maydoni mayda kertuv tenikasi asosida ishlov berish bilan hosil qilingan ekan. G.F.Korobkova, M.Djurakulovlarning Samarqand makoni tosh qurollarini trassologik tahlili natijasida shu narsa aniqlandiki Samarqand makoni sohiblari tosh qurollarini boshqa hududlar jamoalari, xususan Sibir mintaqasidagi Malta, Buretto, Kokoreva tosh qurollaridan farqli o‘laroq asosan tosh parchalari va uchirindilardan yasashgan ekan. M.Djurakulov ko‘rsatishicha, Samarqand makoni aholisi asosan ishlab chiqarishning 4 xili ovdan keltirilgan hayvon go‘shtlarini burdalash, hayvon terilariga ishlov berish, yog‘ochni qayta ishlash va turmush tarzini ta’minlash uchun turli mehnat qurollarini yasash bilan mashg‘ul bo‘lishgan G.F., Korobkova M.D. Djurakulovlar hamkorlikda tosh qurollarining trassologik tahlili natijalariga bag‘ishlangan monografiyasida tosh qurollarining turmushda bajargan funksiyalarini asosli ravishda ilmiy tahlil etgan (Korobkova G.F., Djurakulov M.D. Samarkandskaya stoyanka kak etalon verxnego paleolita Sredney Azii (spetsifika texniki rasщepleniya i xozyaystvenno-proizvodstvennoy deyatelnosti) . Monografiya v jurnale. Stratum pluc.- Kishinev.№.1.). M.Djurakulovning ko‘rsatishicha, Samarqand makoni sohiblarining madaniyati kelib chiqishi mahalliy Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Omanqo‘ton, Qo‘lbuloq kabi yodgorliklar moddiy madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan. YOdgorlik tosh industriyasining xarakteri, tosh qurollariga ishlov berilishi usullari bilan Markaziy Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlari, jumladan Sibirning Malta, Buretto, Enisey vohasidagi Kokoreva, Afantovo yodgorliklari tosh qurollariga yaqinliklari haqida A.P.Okladnikov, D.N.Lev va M.Djurakulovlar o‘z tadqiqotlarida ma’lumotlar keltirishgan. Keyingi yillar, ya’ni G.F.Korobkova, M.Djurakulovlar tadqiqotining natijalari garchi Samarqand makoni tosh industriyasi Sibir, Enisey yodgorliklari tosh industriyasiga ba’zi jihatlari bilan o‘xshasada, lekin tosh industriyaning o‘ziga xosligi (asosan tosh parchalari va uchirmalardan tosh qurollari yasalgani) xam kuzatilishini ko‘rsatdi. M.Djurakulov Samarqand makoni moddiy madaniyatining Sibir-Oloy, Mongoliya tosh davri yodgorliklari moddiy madaniyatiga o‘xshashlik jihatlarini e’tirof etadi. O‘z vaqtida dastlabki tadqiqotlarida R.X.Suleymanov Obiraxmat g‘or makoni tosh industriyasi ko‘p jihatlari bilan Sibir-Oloy yodgorliklari tosh industriyasi bilan emas, balki YAqin SHarq hududi tosh davri yodgorliklari moddiy madaniyatiga yaqin degan xulosani bildirgan. SHuningdek, Obiraxmat g‘or makoni yuqori madaniy qatlamlarining Samarqand makoni bilan uxshashlik jihatlari yo‘ligini ham aytgan. M.Djurakulov Samarqand makoni tosh industriyasining Tojikistonning SHugnov yodgorligi bilan ba’zi o‘xshashliklar (o‘zaksimon qirg‘ichlar, tosh o‘zaklari) borligini ta’kidlagan. So‘nggi paleolit davri yodgorliklari moddiy madaniyatidagi bunday o‘xshashlik va farq jihatlari o‘sha davr jamoalari moddiy madaniyatining turli iqlimiy, landshaft, ekologik burchaklarda yashaganligidan o‘ziga xos lokal xususiyatlarga ega bo‘lishganligi bilan ifodalanishi mumkin.

Demak, O‘rta Zarafshon vohasi miqyosida Samarqand makoni, Siyobcha, Xo‘jamazgil yodgorliklari yaxshi tadqiq etilgan. Ayni kunlarda ham so‘nggi paleolit davri yodgorliklarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, Oyoqog‘itma botig‘i, Jom, Qarnob, Rovotxo‘ja. Bulung‘ur topilmalari, ya’ni plastinalar olishga mo‘ljallangan levallua nukleuslar, byuske tipidagi keskichlar, kompozit, tishsimon, pichoqsimon qurollar, uchirindilar saqlanish darajasi va ishlanish texnikasiga ko‘ra so‘nggi paleolit davri bilan sanalandi hamda Zirabuloq yodgorligi tosh qurollari qayta ilmiy tahlil etilib,tishsimon elementlarga nisbatan (30,5 %), so‘nggi paleolit elementlariustvor ekanligi (33,5%) qayd etildi.

Shu o‘rinda Vatanimiz sarhadlarida ham so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida muhim kashfiyot va yutuqlar qo‘lga kiritilayotganligini alohida e’tirof etish mumkin. Xususan, O‘zbekiston-Rossiya-Belgiya, O‘zbekiston-Rossiya xalqaro ekspeditsiyasi tomonidan Toshkent, Ohongaron vohalarida oldingi yillarda tadqiq etilgan Ko‘lbuloq, Obirahmat yodgorliklari qayta o‘rganildi, Qizilolmasoy 2, G‘ishtsoy, Toshsoy, Jarsoy, Qorabog‘soy, Paltov, Dodekatim 1,2 kabi yangi yodgorliklar kashf etildi. Mazkur tadqiqotlarda tosh qurollarining mikrolitlashuvi jarayoni, iqlimiy sharoit o‘zgarishi, ya’ni havoning quruqlashuvidan odamlarning yangi landshaftlarni o‘zlashtirishi va moslashuvi (tog‘ yon bag‘ri va doimiy suv manbaiga ega bo‘lgan ochiq pasttekislik joylari), yodgorliklar stratigrafiyasi va sanasining oydinlashishi, Dodekatim yodgorligi kabi an’analarga ega bo‘lgan bazalarning mezolit davri mahalliy xarakterdagi madaniyatlar shakllanishiga asos bo‘lganligi kabi masalalar o‘z aksini topdi. Shu asosda Zarafshon vohasi miqyosida Samarqand makoni ham o‘z moddiy madaniyati bilan mahalliy xarakterdagi mezolit, neolit davri madaniyatlari shakllanishiga asos berganligi haqida fikr bildirish o‘rinlidir. Aniqrog‘i, Samarqand makoni sohiblari vaqt o‘tishi bilan atrof qo‘shni hududlarga tarqalishib yashay boshlashgan. Buni, Quyi Zarafshon vohasi (Chorbaqti mezolit yodgorliklari), O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘ri (Zamichatosh, Sazog‘on1, Qorakamar, Ochilg‘or makoni pastki madaniy qatlami) mezolit yodgorliklari tosh industriyasida so‘nggi paleolit davriga xos tosh qurollarining (tipologik tiplari, ularning shakli va ishlov berilishi texnikasi) davom etib kelayotgani bildiradi.

Voha so‘nggi paleolit davri, xususan Samarqand makoni moddiy madaniyati kelib chiqishi tarixiy ildizlari masalasi Qo‘tirbuloq yodgorligi materiallari to‘laqonli ravishda nashr etilgunga qadar adabiyotlarda P.P.Efimenko, P.I.Boriskovskiy, V.A.Ranov,D.N.Lev, G.F.Korobkova, M.D. Djo‘raqulov, R.X.Sulaymanov kabi tadqiqotchilar tomonidan turlicha ilmiy talqin etilgan. N.X.Toshkenbaev, R.H. Sulaymanovlar voha so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqishi genosologik ildizlarini Qo‘tirbuloq yodgorligi (ayniqsa, qirg‘ichlar, o‘zaksimon tosh buyumlari asosida) bilan bog‘lashadi. B.Q.Sayfullaevning ko‘rsatishicha, O‘zbekistonning hozirgi hududi miqyosida muste davrida bir-biriga qo‘shni holda to‘rtta madaniy variant sohiblari yashashgan va ular moddiy madaniyati mahalliy so‘nggi paleolit davri jamoalari madaniyati etishib chiqishiga asos bo‘lishgan.



N.X.Toshkenboev, R.H.Sulaymonovlar o‘z tadqiqotlarida Tojikiston hududida V.A.Ranov tomonidan tadqiq etilgan Tutqovul yodgorligi mezolit davri tosh industriyasi ko‘p jihatlari bilan Samarqand makoni moddiy madaniyatiga o‘xshashligi haqida ma’lumotlar keltirishgan. V.A.Ranov hisor madaniyatiga oid yodgorliklar tosh industriyasida kuzatilgan so‘nggi paleolit, mezolit davri tosh qurollariga xos xususiyatlarni (nukleussimon tosh buyumlar, qirg‘ichlar, yonlama tomonidan ishlov berilgan nukleuslar, ponasimon qurollar) inobatga olib, hisor madaniyati genosologik ildizlarida Samarqand makoni sohiblari madaniyatining ishtirokini e’tirof etadi va bu ilmiy qarashni N.X.Toshkenboev, R.H.Sulaymonovlar ham qo‘llab quvvatlashadi. Bu ma’lumotlar juda muhim va ular istiqbolda N.U.Xolmatov ko‘rsatishicha, mazkur hudud Markaziy Osiyo tog‘ mintaqasi so‘nggi paleolit, mezolit, neolit davri miqyosida o‘ziga xos umumiy madaniy xoslikni ifodalovchi “madaniy voha” (qo‘shni hududlarga nisbatan) ni ajratish imkonini beradi. N.U.Xolmatov o‘zining 2020 yilda nashr ettirgan “Sazog‘on madaniyati va uning O‘zbekiston neolit davrida tutgan o‘rni” nomli monografiyasida Samarqand so‘nggi paleolit makoni sohiblarining moddiy madaniyati o‘ziga tutash hududlar va qo‘shni masofaviy jihatdan olisroq bo‘lgan sarhadlar keyingi tarixiy davr (mezolit-neolit) jamoalari madaniyati shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lganligini keyingi tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan materiallar tayanib asoslab bergan. Xususan, Samarqand makoni moddiy madaniyati avtoxton tarzda, mahalliy muste davri jamoalari moddiy madaniyati negizida shakllangan bo‘lib, o‘z navbatida vohaning mezolit davri (CHorbaqti, Sazog‘on 1, Qorakamar, Ochilg‘or makoni pastki (mezolit) madaniy qatlami jamoalari moddiy madaniyati shakllanishiga asos bo‘lgan. SHu asosda Samarkand makoni tayanch yodgorlik bo‘lib, uning moddiy madaniyati negizidaQuyi Zarafshon vohasi mezolit davri (CHorbakti yodgorliklari) hamda neolit davri (SHimoliy o‘zan-Echkiliksoy, Oyoqog‘itma, Daryosoy; O‘rta o‘zan-CHorbaqti vohasi; Janubiy o‘zan- Mahandaryo, Ho‘jayli, Katta va Kichik Tuzkon) jamoalari moddiy madaniyatikelib chiqqanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Aniqrog‘i, Samarqand so‘nggi paleolit yodgorligining sohibkorlari yaratgan madaniyat asta-sekinlik bilan keyingi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida (mezolit,neolit) qo‘shni hudularga, xususan Qoratepa tog‘ tizmasi yon bag‘irlari (Zamichatosh, Sazog‘on 1, Qorakamar, Ochilg‘or makoni pastki madaniy qatlami kabi mezolit yodgorliklari), Zarafshon daryosi suv oqimi bo‘ylab quyi vohasiga (CHorbaqti mezolit yodgorliklari, Echkiliksoy, Ayoqog‘itma mezolit davri topilmalari) tarqalgan.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish