Ho‘jago‘r makoni – Isfara daryosining o‘ng qirg‘og‘ida CHorko‘x qishlog‘i janubrog‘ida terrasa sathida joylashgan. Makon 1954–1955 yillari A.P.Okladnikov tomonidan aniqlangan va tadqiq etilgan. Tosh qurollari ichida uchirindilardan yasalgan qirg‘ich, keskich qurollari, tosh o‘zaklari, qayroqtosh qurollari bo‘laklari bilan birgalikda Old Osiyo va Evropa hududlari yuqori paleolit manzilgohlarida uchraydigan «chopqi pichoq», «graveet» tipidagi tosh qurollari ham uchratilgan. A.P.Okladnikov tosh buyumlarining tipologik tahlili va ularning qo‘shni hududlar so‘nggi paleolit davri yodgorliklari tosh qurollariga o‘xshashligidan kelib chiqib, makonni so‘nggi paleolit davri jamoalariga tegishli deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |