Qizilqal’a II makoni – bu makon Vaxsh daryosining o‘ng qirg‘og‘ida O‘ratepa shahridan 12 km. CHamasi masofada terrasa sathida joylashgan. Makon o‘tgan asr 50 – yillarining 2-yarmida A.P.Okladnikov tomonidan aniqlanib, tadqiq etilgan va qiziqarli tosh buyumlari to‘plami qo‘lga kiritilgan. To‘plam uchirindilardan yasalgan qirg‘ich, keskich qurollari, tosh o‘zaklari, qayroqtosh qurollari bo‘laklari va ishlab chiqarish chiqitqilari dan iborat bo‘lgan. Tadqiqotchi tomonidan bu yodgorlik tosh buyumlarining o‘ziga xususiyatlariga ko‘ra so‘nggi paleolit davriga oid deb topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |