Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 1,5 Mb.
bet14/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Ilk paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, davr ijtimoiy tuzumi, odamlar turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlari, xo‘jalik mashg‘ulotlari, turar-joylari, ma’naviy kechinmalari, madaniy aloqalari. Kishilik tarixi rivoji mehnat qurollarining yasalishi xom ashyolariga qarab bo‘linishiga insonlar qadimdan e’tibor qaratishgan. Bunday bo‘linishda tosh asri uzoq yillarni o‘ziga qamrab olgan, paleolit (qadimgi tosh davri), mezolit (o‘rta tosh davri) va neolit (yangi tosh davri) kabi tarixiy taraqqiyot bosqichlaridan iborat bo‘lgan tarixiy davr hisoblanadi. Jumladan, uning paleolit davri 3-2 mln. - 12 000 yilliklarni o‘z ichiga olib, o‘z navbatida ilk, o‘rta (mute) va so‘nggi paleolit kabi taraqqiyot bosqichlaridan iborat.

Ilk paleolit davri (3-2 mln -100 ming yilliklar) umum tarix fanida odamzodning paydo bo‘lishi va uning ilk Vatani, insoniyat ilk jamiyati shakllana borishi va rivojlanishi kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga olganligi bilan xarakterlanadi. Bunda odamzodning hayvonot dunyosidan ajralganligi to‘g‘risida ilmiy yondoshuv mavjud va uning tarafdorlari ko‘proq. Lekin, masala shundaki, bu tarixiy voqeilik qanday sharhlanadi. Bu ilmiy yondoshuv tarafdorlari odamzod odamsimon maymun turidan kelib chiqqan deb hisoblashadi va uni tosh qurollarining yasashganliklari bilan asoslashadi. Aniqrog‘i, ular odamzod hayvonot dunyosidan qachon ajraldi degan savolga, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan hatti-harakati bilan tosh quroli yasagan vaqtdan deb javob berishgan. Tosh quroli qachon yasaldi va uni qanday asoslay olamiz degan savolga, arxeolog olimlar shunday javob berishdi- er shari bo‘yicha yonidan tosh quroli topilgan eng qadimgi odam qoldig‘ining yoshi necha bo‘lsa, shu sanada odamzod paydo bo‘lgan va bunday topilma topilgan joy odazodning ilk Vatani bo‘lgan. L.Liki tomonidan yonida tosh quroli bo‘lgan eng qadimgi odamzod qoldig‘i SHarqiy Afrikaning Oldovay darasidan topilishi va unig yoshi 3- 2 mln yil bilan belgilanishi ushbu masalaning hozircha ilmiy echimi bo‘lib turibdi. Demak, hozircha odamzod bundan 3-2 mln. yil muqaddam paydo bo‘lgan va uning ilk Vatani Afrika, Osiyo qit’alari hisoblanadi. Tosh qurollarining yasalishi bilan odamzod paydo bo‘ldi, kishilik tarixi boshlandi, madaniyati shakllana bordi. Bu inson tarixining taraqqiyoti so‘zsiz insonning o‘zining biologik jihatdan takomillashuvi va uning jamiyati rivoji bilan chambarchas bog‘lik jarayondir. Ta’kidlash joizki, inson paydo bo‘ldiki, to hozirgi kungacha o‘z taraqqiyotida biron-bir jamiyat bag‘rida, u bilan uyg‘unlikda yashab keldi, jamiyat rivojida inson faktori, uning iqtidori, qobiliyati asosiy omil bo‘ldi va hozirgi biz yashayotgan jamiyatda ham shunday. Masalan, tosh quroli ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan inson hatti harakatining mahsuli hisoblanadi va mazmuniga ko‘ra o‘z davrining innovatsiyasidir.

Ma’lumki, Yer tarixi to’rtta taraqqiyot bosqichlariga bo’linadi. Jumladan, yer tarixi mutaxassislar tomonidan geologik jihatidan arxey, paleozoy, mezozoy va kaynazoy eralariga bo’linishi e`tirof qilinadi. Bu eralar tarixida ma`lum taraqqiyot o’zgarishlari sodir bo’lganligini ko‘ramiz. Masalan, arxey erasining so’nggi davrida yerda juda oddiy tuzilishga ega bo‘lgan jonivorlar, paleozoyda suvda hamda quruqlikda yashovchi hayvonlar, mezozoy erasida esa sudralib yuruvchi jonivorlar paydo bo’lgan. Yer tarixining kaynozoy erasida esa qisman sifat o’zgarishlari sodir bo’lib, suv emizuvchi jonivorlar tarqala boshlaganini ko‘ramiz. Bu erani o’z navbatida geologlar hamda arxeologlar ikki taraqqiyot bosqichida ifodalab, uchlamchi va to’rtlamchi davrlarga bo’lishadilar. Shulardan, uchlamchi bosqich bundan 50-60 million, to’rtlamchi bosqich esa 3,5-3 million yillarni o’z ichiga oladi. Yer tarixidagi eng buyuk voqea odamzodning paydo bo’lishi edi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, odamzotning dastlabki ajdodlari to’rtlamchi geologik bosqich boshlarida, ya’ni bundan 3-2 mln. yillar muqaddam paydo bo’lgan. Bu davrlar odamzod yashashi uchun nisbatan qulay ekologik, iqlimiy sharoitga ega bo‘lganligi bilan xarakterlanadi.

Ilk paleolit davri odamzod endigina hayvonot dunyosidan ajralgan davri bo‘lib, uning turmush tarzi hayvonlar tarziga yaqinligi bilan xarakterlanadi. Odamzod hali biologik jihatdan takomillashmagan bo‘lgan. SHu bois, o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit, tabiat sirlarini bilishmagan, tushunishmagan Mehnat qurollari ham juda sodda, qo‘pol bo‘lgan va ular tabiiy holatdagi nisbatan qulayroq joylarda yashashgan (daraxt ustlari, shamoldan to‘silgan joylar). Tabiatga to‘la qaram bo‘lishib, sodda usuldagi termachilik va ovchilik bilan shug‘ullanishgan. YAshab qolishligi uchun beixtiyoriy ravishda kichik-kichik guruhlarga birlashishgan va ular ibtidoiy to‘da, poda deb yuritiladi. Vaqt o‘tishi bilan asta-sekin odamlar tabiiy olovdan foydalana boshlashgan, tosh qurollarini takomillashtirib, ularning yangi turlarini yasashgan.



Aytish joizki, odamzotning paydo bo’lishi muammosi birgina biologiya, antropologiya fanlarining vazifasi bo’lmay, balki bu masalada arxeologiya fani ham muhim manbalar beradi. Buni O‘rta Osiyo sarhadlaridan topilgan ilk paleolit davriga oid yodgorliklar, xususan, Farg’ona vodiysidagi Selung’ur, Ohangaron vohasidagi Ko’lbuloq, Tojikistondagi Quldora, Laxuti, Qoratov 1 Qozog’istondagi Babtak kabi madaniy qatlamlari saqlangan makonlar ko‘rsatib turibdi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysidagi Selungur g’or makonining arxeologik, antropologik manbalar bu masalaga oydinlik kiritishda ahamiyatli bo‘ldi. Bu antropologik topilma mintaqada sinantroplarning zamondoshlari ilk bor makon topganligi, vatanimiz sarhadlari dunyo miqyosida antropogenez jarayoni sodir bo‘lgan mintaqalar jumlasiga kirganligini bildiradi, asoslaydi.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish