Ko‘lbuloq makoni. Ko‘p madaniy qatlamli Ko‘lbuloq paleolit yodgorligi CHatqol tog‘ tizmasi janubiy-sharqiiy qismi (41°00’31’’ shimoliy kenglik, 70°00’22’’), Angren daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, Obliq qishlog‘idan 5 km shimoliy-g‘arbda joylashgan. Ohangaron daryosi o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Mazkur yodgorlik 1962 yili O.M.Rastovsev tomonidan ochilgan bo‘lsada, unda asosiy qazilma ishlari M.Qosimov tomonidan ba’zi tanaffuslar bilan birga 1963-1985 yillarida amalga oshirilgan. YOdgorlikda 600 metr kvadratdan ortiq maydonda 19 metr qalinlikdagi tuproq qatlamida madaniy qatlam tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida (pastdan yuqoriga qarab) 22 ta madaniy qatlam ilk paleolit, 24 ta madaniy qatlam o‘rta paleolit va 3 ta madaniy qatlam so‘nggi paleolit davri jamoalariga tegishli ekanligi aniqlangan. SHu asosda M.Qosimov yodgorlik paleolit davri taraqqiyoti bosqichlari barchasida odamzodning uzluksiz yashash makoni bo‘lgan degan xulosaga kelgan. M.Qosimov yuqori uchta qatlamdan topilgan 11124 ta tosh buyumlarning tipologik tahliliga asoslanib, ularni so‘nggi paleolitning oxirgi bosqichlariga mansub deb hisobladi va bu madaniy qatlamlar tosh industriyasida muste davriga xos tosh qurollariga ishlov berish uslublari kuzatilishini alohida ta’kidlagan(3-rasm). Haqiqatdan ham bu yodgorlik Vatanimiz sarhadlari paleolit davri jamoalarining moddiy madaniyatini o‘rganishda tayanch, ko‘p madaniy qatlamli bo‘lganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Ko‘lbuloq yodgorligi 1994-1995 yillari Rossiya-O‘zbekiston xalqaro arxeologik ekspeditsiyaning N.K. Anisyutkin boщchiligidagi arxeologik guruhi tomonidan qayta tadqiq etildi. Asosiy qazilma ishlari yodgorlikning yuqori 4 ta madaniy qatlamlarida amalga oshirilib, N.K. Anisyutkinning ko‘rsatishicha 1 va 2 - madaniy qatlamlar M.Qosimov tomonidan ochilgan 2 va 3- madaniy qatlamlarga to‘g‘ri keladi va ular so‘nggi paleolit davriga mansub. Tosh buyumlar to‘plami teshgich, qirg‘ich, keskich, ponosimon qurollar, payraqa qurollari, tishsimon, o‘ydum chuqurchali ish maydonlariga ega bo‘lgan tosh qurollari hamda turli tosh o‘zaklari, ishlab chiqarish chiqindilaridan iborat. Yodgorlikda yana 2007-2011 yillari maboyinida Markaziy Osiyo paleolit guruhi xodimlari tomonidan qayta tekshiruv, qazilma ishlari stratigrafik ma’lumotlarni, tabiiy fanlar asosida madaniy qatlamlar xronologik sanasini oydinlashtirish maqsadida amalga oshirilgan. Uchta qazilmaning 2 tasida o‘rta paleolit, 1 tasida so‘nggi paleolit madaniy qatlami o‘rganildi. Tadqiqotlardan 2.1. madaniy qatlam uzoq muddat odamzod tomonidan yashalganligi, 2.2 madaniy qatlam, garchi qisqa muddat odamzodga makon bo‘lsada, biroq unda qizg‘in hayot bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. 2009 yili 2.1 madaniy qatlamdan «Hozirgi zamon qiyofasidagi odamzod» ga taalluqli tish qoldig‘ining topilishi va uning so‘nggi paleolitga oid tosh qurollari tosh industriyasi bilan omuxtali muhim ilmiy ahamiyat kasb etdi. Ushbu tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar Kulbulak, Kыzыl-Alma-2, Dodekatыm-2, SHugnou yodgorliklari tosh buyumlarini dastlab uchirib olish, qurollar yasash va ishlov berishning texnologik, texnik-tipologik jihatdan o‘xshashliklari ularni so‘nggi paleolit davri Ko‘lbuloq madaniyatiga birlashtirish imkonini bergan. Ko‘lbuloq yodgorligining qo‘shni, tevarak-atrof joylaridan Kыzыl-Alma-2, Dodekatыm-2, Maybulaq kabi so‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklarning topilishi va ular tadqiqotida qo‘lga kiritilgan arxeologik materillar so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatini yoritishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Shu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, garchi yodgorlikning yuqori madaniy qatlamlari so‘nggi paleolit davri jamoalari madaniyatiga taalluqli bo‘lsada, uning pastki madaniy qatlamlari o‘rta va ilk paleolit davriga tegishli hisoblanadi. SHu bois, tadqiqotchilar so‘nggi paleolit davri jamoalari madaniyati genezisini Huji (Tojikiston), Obirahmat, Ko‘lbuloq (23-madaniy qatlam) yodgorliklarining o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolitga o‘tuvchi payraqali industriyasi bilan bog‘lashgan.
Jarsoy ilk paleolit davri topilma joylari Ko‘lbuloq yodgorligidan shimoliy-sharqiy tomon chamasi 1 kilometr masofada Jarsoyning yon qirg‘og‘i terrasasida joylashgan bo‘lib, 1994 yili K.A.Kraxmal tomonidan topilgan. Birinchi topilma joyidan o‘ttiz atrofida tosh buyumlar topilgan bo‘lib, tosh qurollarining tipologik tahliliga ko‘ra ular o‘rta paleolit davriga mansub bo‘lib chiqdi. Ikkinchi topilma joyi birinchi topilma joyidan 100 metrlar chamasi masofada joylashgan. Bu erdan topilgan tosh buyumlari arxaik ko‘rinishli bo‘lib, ular orasida kliver, bifaslar uchratilgan. SHu bois K.A.Kraxmal bu qurollarni Tojikistonning ilk paleolitga oid Xuji yodgorliklari qurollari bilan o‘xshash deb topgan va topilma joyini ilk paleolitga to‘g‘ri keladi degan xulosani bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |