II BOB. O‘rta yer dengizining sharqiy sohilidagi qadimgi davlatlar arxeologiyasi
2.1 Qadimgi Falastinning arxeologik tarixi
Falastin O‘rta yer dengizining sharqiy sohilida joylashgan qadimgi mamlakat. Uning hududlari tekislik va yassi tog'liklardan iborat. U yerdagi daryolardan biri Iordan bo'lib, u O'lik dengiziga quyiladi. Iyerixon va Saron yerlari juda hosildor bo‘lib. Saronni “Jannat bog’i "ga qiyos qilishadi. Bu unumdor yerlar Kelt va mayda soy suvlari bilan sug‘orilgan. Bu joylar mis va temir rudalariga ancha boy. Falastinning sharqiy tomoni issiq va quruq, dengizga qaragan g'arb tomoni esa yumshoq dengiz iqlimiga yaqin. Mamlakat o'simlik va hayvonot dunyosiga u qadar boy emas. Falastin serqatnov karvon yo'llari chorrahasida joylashgan edi. Kichik Osiyo. Ikki daryo oralig'i va Misrga boradigan katta savdo yo'llari Falastin yerlaridan kesib o'tganligi muhim ahamiyatga egadir. Arxeologlar Falastin hududidan 80-90 mingyillar ilgari yashagan odamlarning manzilgohlarini topishgan.
Mezolit va neolit davrlariga kelib Falastinda aholi birmuncha ko'payib, ular tertnachilik. ovchilik bilan shug'illanib, ayni paytda ilk dehqonehilik va chorvachilikka ham asos solganlar. M.av. Ill mingyillikda bu joyda mahalliy hisoblangan Xanaanliklar yashaganlar. Falastinning O'rtayer dengiziga tutash joylarida egey qabilalari - filistimlar joylashgan edi. Falastin nomi qadimgi yahudiycha peleshet so'zidan olingan ekan. Mamlakatning Sharqiy va Suriyaga tutash yerlarida amoriy qabilalari istiqomat qilishgan. Mamlakatda yahudiylar ham keng tarqalgan edilar.
Falastinda xo'jalikning rivojlanishi va shahar-davlatlarning tashkil topishi. M.av. IV mingyillik oxiri va III mingyillik boshlaridan Falastinda ishlab chiqarish xo'jaligi rivojlana boshlaydi. Mamlakatning g'arbiy qismidagi unumdor tuproqli joylarda yashagan aholi asosan sug'orma ziroatchilik bilan shug'ullangan. Ular bug'doy, arpa, tariq, suli ekib. sabzavotchilik bilan mashg'ul bo'lganlar. Ziroatchilar uzum, anjir, anor, zaytun, olma va boshqa mevali daraxtlar ekib bog'dorchilikka ham katta e'tibor berganlar. Sohibkorlar maxsus ezuvchi uskunalar yordami bilan uzumdan musallas, zaytundan esa zaytun moyi olganlar. Ular yerni dastlab motiga-ketmoncha bilan yumshatib. keyinchalik omoch bilan haydab so‘ng ekin ekkanlar. Ziroatchilar suvli joylarda sug'orma. suvsiz joylarda esa lalmikor dehqonchilik bilan shug‘illangan. Aholining bir qismi dasht va togiarda yashab, qoramol, qo'y -echki, ot-eshak boqib, chorvachilik bilan ham shug'iilanganlar. It ham chorvador aholining eng yaqin doimiy yordamchisi boigan. Falastinda qadim zamonlardan boshlab hunarmandchilik. kulolchilik, qurolsozlik. to'qimachilik, zargarlik taraqqiy etgan edi.
Falastinliklar bundan 5 ming yil muqaddam jezni ixtiro qilib. undan pichoq, nayza, kamon o'qlari paykonlari, xan jar, bolta va boshqa ro‘zg‘or buyumlari yasaganlar. Bundan 3-3,5 ming yil muqadda esa u yerda temir kashf etilgan. Fhmarmandlar temirdan qishloq xo‘jaligi qurollari, yarog‘-aslaha va boshqa buyumlar yasaganlar. temir qurollarni qoilash xo'jalikning hamma tarmoqlari rivojlanishi uchun katta imkoniyat bergan. Falastin ustalari ishlagan to'qimachilik. zargarlik, kulolchilik buyumlari savdo-sotiq rivojlanishini yanada tezlashtirgan. M. av. Ill ming yillik oxiri va II ming yillik boshlariga kelib Falastinda Gezer, Megiddo, Laxish, Iyerusalim (Quddus) kabi shahar-davlatlar qadkoiargan. Bu shahar-davlatlarning o'zhokimlari, podsholari, ruhoniylari, amaldorlari, soqchi va qo'shini bo'lgan. Shaharlar qalin mudofaa devorlari, minoralari bilan o‘rab olingan edi. M.av. XIX-XVIII asrlarda Falastin shaharlari gullab-yashnagan. Shahar-davlatlar Misr, Yunoniston, Bobil. Xett. Finikiya, Karfagen kabi mamlakatlar bilan qizgin savdo-sotiq ishlari olib borganlar.
Falastinning qo'shni mamlakatlar tomonidan istilo qilinishi va Isroil-Yahudiy podsholigining tashkil topishi. Falastin shaharlarining boyliklari qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa Misr fir’avnlari, ossuriylar, eroniylar va sargoniy podsholari diqqatini o'ziga tortib kelgan. Ular ayniqsa, Falastin shaharlariga bostirib kirib uning boyliklarini talab qaytganlar va uni o‘zlariga tobe qilib olganlar, aholisini qul qilib olib ketganlar. M.av. XIII asrda esa Frot daryosi ortida yashagan ko'chmanchi yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirgan. Uzoq davom etgan qonli janglardan so‘ng Yahudiy tar Falastinni bosib oladilar va Saul degan kishini podsho qilib saylaydilar. U Isroil podsholigini tuzib, filistimlarga qarshi kurash boshlaydi. Janglarning birida Saul qo'shinlari yengilib, uning uch o'g'li ham jangda halok bo'ladi. Bu noxush xabarni eshitgan Saul o'zini qilich tig'iga tashlab halok bo'ladi. Saul vafotidan so'ng Falastinni birlashtirishni uning kuyovi Dovud (1000-965) davom ettiradi. U Saulning o'g'li Ishvaa’lamga qarshi 7 yil kurashib uni yengadi va Isroil-Yahudiy podsholigiga asos soladi. Dovud qo'shinlari Gat shahri yaqinidagi jangda filistimlarni engadi va ularni Isroildan haydab chiqaradi. U Quddusni egallab, uni birlashgan podsholikning markaziga aylantiradi. Dovud mamlakatda osoyishtalik o'rnatib, obodonchilik ishlariga ham katta e’tibor qaratadi. U filistimlar bilan sulh tuzib, ulardan yollanma qo'shin ham tuzadi. Janubda Akab qoitig'igacha boigan yerlami podsholikka qo'shib oladi. Dovud davrida Isroil-Yahudiy podsholigi kuchayib ravnaq topadi va mamlakat xo'jaligi rivojlanadi. Isroil-Yahudiy podsholigining ravnaq topishi va yemirilishi. Dovud vafotidan so'ng taxtga uning o'g'li Sulaymon (965-935) o'tiradi. Sulaymon davrida Isroil-Yahudiy podsholigi gullab-yashnaydi.
Mamlakat xo'jaligi har tomonlama rivoj topadi. U Tirdan temirchilarni, Bobildan duradgorlarni chaqirib, qurilish ishlarini avj oldirib vuboradi. Kilikiyadan ajoyib otlarni keltirib, sottirishga kirishadi. Ofir mamlakatidan esa qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, fil suyagi, maymun va tovuslar keltirilgan. Mamlakatdagi qurilish ishlariga katta mablag' kerak edi. U mablag' to'plash uchun yangi soliqlar joriy qiladi. Bu hoi xalq ommasining noroziligiga sabab bo'lib isroilliklar Sulaymonga qarshi Iyerovoarn boshchiligida qo'zg'olon ko'taradilar. Qo'zg'olon Sulaymon askarlari tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilib, Iyerovoam Misrga qochib ketadi. M. av. 935-yilda Sulaymon vafot etgach, taxtga uning o'g'li Rovoarn o'tiradi. Bu davrda mamlakatdagi ahvol yomonlashib Iyerovoam Misrdan katta qo'shin bilan qaytib kelib. Rovoarn qo'shiniarini yengib Isroil podsholigini qayta tiklaydi. M. av. 930-yili Misr fir’avni Falastinga bostirib kirib shahar va qishloqlarni vayron qiladi. Shu davrda Ossuriya qo'shinlari ham Falastinga bostirib kirib Isroil podsholigini tor-mor etadilar. Saigon II m. av. 722-yili Samariya shahrini bosib olib.
Isroil podshosi Osiyani va 27290 isroillikni asir olib, ularni Midiy a va Mesopotamiyaga joylashtiradi. Shundan so‘ng Isroil podsholigi barham topadi. Keyinchalik Yahudiy podsholigi o'zini tiklab oladi. M.av. Vll asr oxirlarida Falastin Misr fir’avnlari ta'siriga tushib qoladi. M.av. 597-586-yillar orasida olib borilgan janglar natijasida Falastin Bobil podshosi Navoxodonosor II tomonidan bosib olinib, Quddus shahri vayron qilinib, aholining katta qismi Bobilga asir qilib haydab ketiladi. Keyinchalik falastinliklar dastlab eroniylar. so‘ng yunon-makedonlar va nihoyat Rim saltanati ta'siriga tushib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |