Tarix” fakulteti “Arxealogiya” yo’nalishi 2 kurs 202- guruh talabasi ning


I BOB. O‘rtayer dengizining sharqiy sohilining qadimgi aholisi tarixi va davlatlari



Download 48,72 Kb.
bet2/5
Sana09.07.2022
Hajmi48,72 Kb.
#764086
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5204077268288149663

I BOB. O‘rtayer dengizining sharqiy sohilining qadimgi aholisi tarixi va davlatlari
1.1 lyerixon madaniyati. Miloddan avvalgi VIII-IV ming yillikdagi dehqonlar va chorvadorlar
Miloddan avvalgi VIII—VII ming yilliklarda O'rtayer dengizining sharqidagi hududlarda eng qadimgi o'troq dehqonchilik va chorvadorlar madaniyati vujudga kelgan. Bu Iyerixon madaniyati nomi bilan mashhur boigan qishloq-manzilgoh edi. Mazkur madaniyatga mansub qabilalar arpa va bug'doy ning ikki navini madaniylashtirganlar. G'allani kemiruvchilardan saqlash maqsadida ular mushukni qo’lga o’rgatgan. Qo'y, echki boqib ko'paytirganlar. M.av. VI-V ming yilliklarda kichik-kichik qishloqlarda istiqomat qilib, uy devorlarini paxsadan ko'targanlar. Ularning ba’zilari, shu qatori lyerixon atrofi ham xarsangtoshlar bilan o'rab olingan edi. Qo'shni qabilalar hujumidan mudofaa qilish va boyliklarini saqlash maqsadida qishloq atrofni mudofaa devorlari bilan о'rash zarurati mavjud edi. M.av. IV—II ming yilliklarda o'troq dehqonchilik madaniyati birmuncha rivojlanadi. Arxeologlar tomonidan Bibl, Ugaritning quyi qatlamlaridan dehqon va chorvadorlar madaniyatiga mansub qishloq xarobalari topilgan. lyerixonlik va uning atrofida yashagan qabilalar bug'doy va arpadan tashqari, tariq ekib uy echkilari, qo'y, cho'chqa va yirik shoxli qoramol ham saqlab ko‘paytirganlar. Yeyiladigan taom tayyorlash uchun ular turli sopol buyumlardan foydalanganlar. Bu sopol idishlar qizg’ish bo'yoq bilan bo'yalgan. Mazkur davrda O'rtayer dengizining sharqidagi mamlakat aholisining xo'jaligi va madaniyatiga Misr va Ikkidaryo oralig'i madaniyatining ta’sirini ko'rishimiz mumkin. M.av.V ming yilliklarda Shimoliy Suriya idishlarida xalaf shaklidagi guldor sopol buyumlar paydo bo'la boshlagan.1
M.av. IV ming yillikda esa Ikki daryo oralig'idagi ubayd madaniyati ta’sirini ko'rish mumkin. Mazkur davrda Iyerixon va atrofidagi qabilalar hayotida tosh qurollar bilan birga mis buyumlar keng tarqala boshlaydi. O'rtayer dengizining sharqiy sohillarida yashagan qadimgi qabilalar, etnik guruhlar va xalqlar tarixini o'rganishning asosiy manbalari qatoriga qo'shni Misrning El-Amama arxivi, xettlarning diplomatik hujjatlari, ossur podsholigining ma'muriy yozishmalari. shuningdek, mahalliy manbalar, yozma hujjatlar, adabiy-diniy yodgorliklar, shu jumladan. Bibliya kitobi kabilar ham katta ahamiyatga egadir. Dengiz bo'yi xalqlari tarixi va madaniyatini o'rganishda Ugarit arxividan topilgan Ras-Shamra hujjatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ras-Shamra matnlarida mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, diniy e'tiqodi bilan bog'liq, shuningdek, mahalliy ugarit yozuv tizimi haqida ma’lumot berilgan. O'rtayer dengizining Sharqiy sohilidagi ko'p joylardan juda ko'p qadimgi yozuvlar topilgan, hali ular o'qib chiqilganicha yo'q. Shimoliy Suriyaning epigrafik yodgorliklari orasida m. av. yashagan Xamat shohi. m. av. IX asrda yashagan Meshi shohining Iordaniyadagi yozuvlari ham mamlakat tarixini o'rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Falastindan m. av. IX asrga mansub dehqon taqvimi topilgan. Unda Iyerusalim (Quddus) va uning atroflaridagi suv tarmoqlari - inshooti haqidagi hujjatlar bor. 1974-1975-yillarda italiyalik arxeologlar Urning qadimgi Ebla shahri arxivini topishga muyassar bo'ldilar. Bu arxivda 16000 ga yaqin klinopis - ponasimon lavhalar bo'lib. ularning asosiy qismi shumer tilida. bir qismi qadimgi Xanaan yozuvida bitilgan bo'lib, uni olimlar eblait yozuvi deb nomlaganlar. Bu arxiv diplomatik, ma’muriy, xo'jalik, diniy va maorifga oid matnlardan iborat bo'lgan2
Qadimgi shoh arxivi m. av. III mingyillikning 2-yarmiga mansubdir. Sharqiy O'rtayer dengizi sohilidagi mamlakatlardan moddiy madaniyat yodgorliklari ham ko'plab topilgan. Bu jihatdan nemis arxeologi Sellinning 1907-yilda Iyerixondagi qazish ishlari juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. 30-50-yillar orasida Kenion boshliq amerikalik arxeologlar Iyerixonda qazish ishlarini olib bordilar. Sellin ekspeditsiyasi madaniy yodgorlikdan qadimgi Xanaan va Isroil qatlamlarini ochgan bo'lib, arxeolog olimlar ularda Xett me’morchiligining ta’sirini payqaganlar. Kenionning yangi qazishmalari natijasida u yerdan Iyerixonning eng qadimgi tarixiga oid juda boy arxeologik buyumlar topganlar. Bular Iyerixonning sopolsiz neolit, so'nggi neolit va eneolit davriga mansub ashyoviy buyumlar edi. Qadimgi Megiddo, Gezyer va Laxishdagi qazishmalar vaqtida m.av. II mingyillikka oid ashyolar topilgan. Bu buyumlarning aksariyati Misrdan topilgan buvumlarga juda-juda o'xshaydi. Keyingi villarda arxeologlar Finikiya, Damashq yaqinidagi Tela-Ramat, Bibl. Tir va Sidondagi yangi qazishmalari natijasida juda ko'p arxeologik buyumlarni qo'lga kiritdilar.
XX asrning 70-yillarida Akko shahri yaqinidan m.av. XIV— XIII asrlarga mansub “savdogar-jangchilarning” mozorlari topib o'rganildi. Bu yodgorlikning madaniy qatlamlaridan, Egey dunyosi, Misr, Kavkazorti, Mesopotamiya va Kiprdan keltirilgan juda boy buyumlar majmuasi topilgan. O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar tarixi va madaniyatini o'rganishda Bibliya - Tavrot, Zabur kitoblari ham muhim manba hisoblanadi. Unda bu yerda hukmronlik qilgan shohlar Dovud, o'g 'li Sulaymon haqida ham ko'p m a’lumot olish mumkin. Qadimgi Bibliya. Tavrot haqida XVII asrda yashagan faylasuf Spinoza (1632-1677) va Y. Belgauzen (1844-1918) kabilar tanqidiy mulohazalar bildirgan. O'rtayer dengizi sohilidagi qadimgi davlatlar va Bibliya o'zgarishga N. M. N ikolskiy. A. B. Ranovich, chet el olim laridan P. Monte. M. Dyunan, L. Vulli va boshqalar katta hissa qo'shganlar. Bu o'lkaning qadimiy yozuvlarini o'qib chiqish bilan G. Bauer, Sh. Virollo va E. Doromlar shug'illanishgan. h O'rtayer dengizining sharqidagi qadimgi davlatlar tarixi va madaniyati bilan U. F. Olbrayt, A. Ollisted, P. Xitti, S. Moskati, D. Mellart, R. de Vo va boshqa olimlar shug'illangan O'rtayer dengizining sharqidagi qadimgi davlatlarning tarixi va madaniyati bilan X. A. Kink, V. V. Struve. B. A. Turayev, V.I. Avdiyev va boshqa mashhur olimlar ham shug'illanganlar. Keyingi vaqtda bu mamlakatlar tarixini o'rganishda V.I. Kuzishinning ham xizmatlari katta ekanligini qayd etish kerak


Download 48,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish