Tarix” fakulteti “Arxealogiya” yo’nalishi 2 kurs 202- guruh talabasi ning



Download 48,72 Kb.
bet5/5
Sana09.07.2022
Hajmi48,72 Kb.
#764086
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5204077268288149663

2.2 Qadimgi Suriya va Finikiva
Suriya va Finikiya O'rtayer dengizining Sharqiy sohilidagi qadimgi mamlakatlar hisoblanadi. Dengiz sohili bo'ylab Finikiya, undan sharq va janubi-sharqda Suriya joylashgan edi. Mamlakatlaming g‘arb tomoni dengiz suvlari bilan, sharq tomondan Suriya-Mesopotamiya dashti bilan o'ralgan bo'lib, Suriya va Finikiya yerlarining bir qismini Livan va Antilivan tog‘lari qoplab votadi. Tog'lar orasidan Iordan, Oront daryolari. ko'plab soy va jilg'alar oqib chiqadi. O‘lka iqlimi o‘ziga xos, g'arb tomoni iliq. yoqimli shuningdek seryomg'ir. Sharq tomoni dashtlik, issiq, kamyog'in va qurg'oqchil. Qishning harorati ham xilma-xil. Qishda tog'larga ko'p qor yog'ib. bahorda esa tog' yonbag'irlarida yog'ingarchilik ko'proq bo'ladi. Bir arab maqolida ,,
Mamlakatning boshida qish. kaftida kuz, oyog'ida esa doim bahordir”, deyilgan ekan. Finikiya va Suriyada odamlar o'ta qadim zamonlardan beri yashab kelganlar. Bu o'lkaning eng qadimgi aholisi hurriylar, amoriylar va “Sharq bolalari” deb atalgan qabilalar bo‘lishgan. Keyinchalik bu yerga xettlar, somiylar, eroniylar, yunonlar va rimliklar kelib joylashgan. Suriya va Finikiyada shahar-davlatlarining tashkil topishi. M.av. VIII-VII mingyilliklarda bu o'lkada o'troq dehqonchilikka asoslangan ilk qishloqlar paydo bo'ldi. M.av. VI-IV mingyilliklarda esa bu qishloqlar kengayib, xo'jaligi rivoj topdi. Aholi orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish shakllana boshlaydi. Keyinchalik esa ibtidoiy qishloqlar o'rnida Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon, Tir, Damashq, Ebla va Kadesh kabi shahar-davlatlar tashkil topadi. Bu shahar-davlatlarning har birining o‘z podshosi, qo'shini, soqchilari, qamoqxonalari, amaldorlari, qozilari va ma’muriy idoralari bo'lgan.
M.av. XX asrdan XVI asrgacha Firrikiya va Suriyaning ayrim shahar-davlatiari, xususan Bibl Misrga tobe boigan. M. av. XIV asr oxirida xettlar shimoliy Suriyaga bostirib kirib, uni o'zlariga itoat ettirganlar. M.av. XIV-XII asrlarda esa Misr fir’avnlari va Xett podsholari Suriya va Finikiyani talashib qonli janglar olib borgan. Bu jang m.av. 1280-yildagi Misr-Xett sulhi bilan tugagan. Sulhga ko'ra Suriya va Finikiya Misr va Xettlar tomonidan boiib olingan. Mamlakatning shimoli Xett podsholigiga, janubi esa Misrga qaram bo'lib qoladi. XIII asrda Suriya va Finikiyaga dengiz xalqlari hujum qilib, uning shahar qishloqlarini talab vayron etadilar. Uzoq davom etgan qonli janglar va ichki nizolar natijasida Misr va Xettlar davlati kuchsizlanadi. Bundan foydalangan Suriya va Finikiya shaharlari inustaqillik uchun harakat boshlaydilar. M.av. X I-X asrlarda Bibl, Sidon va Tir ancha yuksaladi. Xiram I (965-936) davrida TirSidon podsholigi kuchayadi. Shu davrda Finikiya dengizchilari Misr lir'avni Nexo taklifiga ko'ra Qizil dengiz bo'ylab suzib, 3 yil deganda Afrika qit’asini aylanib, Gibraltar bo'g'ozi, O'rtayer dengizi orqali vatanlariga qaytganlar. Finikiyaliklar O'rtayer sohilidagi ba'zi joylarda o'z manzilgohlarini barpo qilganlar. l iardan eng mashlruri Karfagen edi. Keyinchalik Finikiya va Suriya o'z mustaqilligini yo'qotib Ossuriya. Bobil. Eron. Yunon-Makedon. Salavka va Rim saltanati ta’siriga tushib qoladi
Yamxad va Geksoslar davlati. M. av. XVIII asrda amoriy qabilalarining katta guruhi Shimoliy Suriyaga bostirib kiradi. Ularning sardori Suniuepax Yamxad davlatini tuzib. o'zini hukmdor deb e'lon qiladi. U Karxemishdan Katnagacha boigan yerlarni bosib oladi. Sumuepaxning vorisi Yarmilim o'zini shoh deb e’lon qilib, Xalapni davlat markaziga aylantiradi. Yamxadliklar Mari va Bobil bilan qizg'in savdo-sotiq ishlari olib borib, ularga bug'day, zaytun moyi, musallas, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlari yetkazib beradilar. Ulardan esa qurol. qo'rg'oshin va zargarlik buyumlari keltiradilar. Ammo XVIII asr oxiriga kelib, Yamxad davlati kuchdan ketib, o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. M. av. XVIII asr oxiri XVII asr boshlarida Yamxaddan janubdagi bepoyon dashtlarda giksoslarning harbiy ittifoqi tashkil topadi. Ular Falastin va Janubiy Suriyadagi ko'pgina shahar-davlatlarni bosib oladilar. O'zlarining otliq qo'shini va jangovar aravalarida Shimoliy Misrga bostirib kiradilar. Nil daryosining quyi qismidagi Avaris shahrini mamlakat poytaxtiga aylantiradilar. Ular Misrda 120 yildan ortiq hukmronlik qiladi. M.av. 1580-yili giksoslar Misrdan quvib chiqariladi. Misrliklar Finikiya, Falastin va Suriyada o'z hukmronliklarini o'rnatgach, XV asrga kelib giksoslarning harbiy ittifoqi tarqalib ketadi. Aholining xo‘jaligi. O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi yerlar dasht-sahro va kichik-kichik unumdor vohalardan iborat bo'lgan. M.av. VI-IV mingyilliklarda aholi ekin maydonlarini kengaytirib, bug ‘dov, arpa, tariq, zig ‘ir ekib. sabzavotchilik va bog‘dorchilik bilan shugillangan. Ular donni yormatosh va qo'l tegirmonlarda maydalab un tayyorlaganlar. Bog'bonlar mevali bogiar va tokzorlar yaratish uchun tog' yonbag'irlaridagi yerlardan unumli foydalangan. Misr yozuvlarining birida o'lkadagi mo'l-ko'llik haqida shunday hikoya qilinadi: “Bog‘lar mevalar bilan to4ib-toshib yotibdi. Vino ezgichdan suv kabi oqadi.
Terassalarda to‘kilib yotgan donlar shunday m o‘l-ko‘lki, liatto qumdan ham ko'p”. Suriya va Finikiya yaylovlarida chorvachilik ham rivojlangan boiib, ular, qo‘y, echki, qoramol boqib, it va mushuk saqlaganlar. Chorvadorlar aholini go'sht, yog', teri va jun mahsulotlari bilan ta’minlagan. Suriya va Finikiyada hunarmandchilik qadim zamondan boshlab taraqqiy etgan. Livan va Antilivan togiaridan sifatli temir qazib olganlar. Ularda tog'- kon sanoati rivojlangan. Ustalar temirdan qurol-aslaha, qishloq xo'jaligi asboblari, uy-ro'zg'or buyumlari va boshqa narsalar yasaganlar.
Mamlakatda to'qimachilik ham rivoj topgan bo'lib, to'quvchilar jundan ajoyib gazlamalar tayyorlagan. Gazlamalarni dengiz mollyuskalaridan olingan qirmizi (to‘q qizil) va pushti rang bo'oqlarga bo'yaganlar. Mato va kiyim bo'yog'i, u yuvilganda ham o'chib, aynib ketmagan. Bu mahsulotlar sifatli bo'lganini ko'rsatadi. Finikiyaning Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon va Tir shaharlarida dengiz chig'anog'i ichidagi mollyuskalardan turli bo'yoq tayyorlaydigan ustaxonalar bo'lgan. Bu bo'yoqlar qo'shni mamlakatlarda yuqori baholatigan. Mitanni podsholari qizlarini misrlik shahzodalarga uzatar ekanlar, sovg'alari qatorida har turli bo'yoq, turli rangdagi kiyim-kechak, gazlamalar ham hadya qilar ekanlar. Shubhasiz, bu xil bo'yoqlar Mitanniga Finikiyadan keltirilgan bo'lsa kerak. Dengiz mollyuskalarini finikiyalik maxsus g'ovvoslar dengiz ostidan olib chiqqanlar. Suriya va Finikiyada shishasozlik, zargarlik, miskarlik, temirchilik, qurolsozlik, kulolchilik, me’morchilik va ayniqsa ketnasozlik yuksak darajada taraqqiy etgan edi. Finikiyaning Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon va Tir shaharlari sohilida kemasozlik ustaxonalari bo'lgan. Finikiya kemalari o'zining tezyurarligi va sifatliligi bilan shuhrat qozongan. Yunon tarixchisi Gerodot "Fors kemalari ichida finikiyaliklar yasab bergan kemalarjudayaxshi yurishi bilan boshqalarnikidan ajralib turadi”, deb yozgan edi. Finikiya o'sha zamondayoq o'zlarining jasur qo'rqmas dengizchilar va ishbilarmon savdogarlari bilan shuhrat qozongan. Ular m.av. XVI asrdavoq O'rtayer dengizi sohilidagi mamlakatlar bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Atlantika okeaniga chiqib. uning G'arbiy sohillari bo'vlab suzib, Вritaniyagacha yetib borganlar. Ular Shimoliy Afrikadagi Karfagenda o'z manzilgohlarini qurgan. Qora dengiz sohilidagi mamlakatlar bilan qizg'in-savdo ishlari olib borganlar.
Finikiyaliklar Bobil, Misr, Midiya bilan quruqlik yo'li orqali savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Suriya va Finikiyadan xorijiy oikalarga shisha. oyna. zaytun moyi, musallas, qimmatbaho gazlama, zargarlik buyumlari. sifatli qora yog‘och, turli bo‘yoq va boshqa narsalar chiqarilgan. Xorijiy mamlakatlardan esa mamlakatga ziravor, oltin. kumush, fil suyagi va boshqa buyumlar keltirilgan. Qadimgi Suriya va Finikiya madaniyati. Suriya, ayniqsa Finikiya Old Osiyodagi madaniyat rivojlangan mamlakat boigan. Bu mamlakat xalqi erishgan yutuqlardan biri bu yozuv alifboning ixtiro qilinishidir. Ular m.av. II mingyillik boshlaridayoq bobilliklar mixxati asosida alifbo tuzganlar. M.av. IX-VIII asrlarda esa Finikiyada 24 belgidan iborat yozuv kashf etilgan. Finikiya yozuvi o‘sha zamonlardayoq atrof oikalarga yoyiladi. Finikiya va Suriyada rassomchilik, haykaltaroshlik. xalq og'zaki ijodiyoti va adabiyoti ancha erta rivoj topgan. Ular tosh, fil suyagi. yog'och va turli ma’danlardan hayvon. odam va xudolarning haykallari va rasmlarini mohirlik bilan ishlaganlar. Suriya va Finikiyada matematika, geogratiya, dengizchilik, astronomiya, tarix, yer bilimi, kimyo va fizika fanlari rivoj topgan edi. Gerodot m aium otlariga ko’ra , m.av. VI asrda yashagan miletlik mashhur matematik. fizik, astronom va faylasuf Fales asli finikiyalik ekan. Sidonlik faylasuf M ox esa yunon faylasuf matematiklaridan ancha oldin atomlar haqidagi nazariyani ilgari surgan. Suriya va Finikiyada dastlabki ibtidoiy din shakllari - tabiat hodisalariga, qoyatoshlarga, hayvon va boshqa buyumlarga e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ularda yer va dehqonchilik bilan bogiiq e’tiqodlar ham kuchli edi. Ularning diniy e’tiqodida oiish vatirilish kabi tabiat xudolari Vaal va uning o‘g ii Alyaap alohida hurmatga sazovor ekan. Mot ularda o’lim xudosi hisoblangan. Molox ham hurmatli xudolaridan bo’lgan. Finikiyada bayram kunlari odamlarni xudolar sharafiga qurbonlik qilganlar. M. av. Ill asrda Finikiya manzilgohi hisoblangan Karfagenda xudo Molox haykali oldida bolalarni gulxanga tiriklayin tashlab. kuydirib qurbonlik qilganlar. Qadimgi Suriya va Finikiyaning tabiati va aholisi. Suriya va Finikiya O'rtayer dengizining Sharqiy sohilidagi qadimgi mamlakatlar hisoblanadi.
Dengiz sohili bo'ylab Finikiya, undan sharq va janubi-sharqda Suriya joylashgan edi. Mamlakatlaming g‘arb tomoni dengiz suvlari bilan, sharq tomondan Suriya-Mesopotamiya dashti bilan o'ralgan bo'lib, Suriya va Finikiya yerlarining bir qismini Livan va Antilivan tog‘lari qoplab votadi. Tog'lar orasidan Iordan, Oront daryolari. ko'plab soy va jilg'alar oqib chiqadi. 0 ‘lka iqlimi o‘ziga xos, g'arb tomoni iliq. yoqimli shuningdek seryomg'ir. Sharq tomoni dashtlik, issiq, kamyog'in va qurg'oqchil. Qishning harorati ham xilma-xil. Qishda tog'larga ko'p qor yog'ib. bahorda esa tog' yonbag'irlarida yog'ingarchilik ko'proq bo'ladi. Bir arab maqolida ,, Mamlakatning boshida qish. kaftida kuz, oyog'ida esa doim bahordir”, deyilgan ekan.
Finikiya shaharlaridan bir nechasini arxeologlar qazib ochdilar. Fransuz arxeologi Klod Shefer shimoliy Suriyada Finikiya shahri Ugaritni ochdi. Bu shaharda mil.avv. II ming yillik o‘rtalariga tegishli mixxat yozuvlar topilgan loy taxtachalar mifologik, diniy matnlar, xo‘jalik hujjatlaridan iborat. Yana bir Finikiya shahari Biblda 1921-yildan arxeologik qazishmalar olib borildi. Bu shahar orqali qadimda Finikiya mahsulotlari Misrga chiqarilgan.
Tavr tog‘laridan va Frot daryosining o‘rta oqimidan Misrgacha bo‘lgan Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i hududi va Suriyani qadimda yunonlar Finikiya, Falastin va Suriya cho‘llari deb atadilar.Qadimda bu hududning katta qismini Xanaan deb atalgan dengiz qirg‘og‘i tashkil etgan. Bu yerda katta suv havzalari bo‘lmay, mahalliy miqyosida uncha katta bo‘lmagan Falastindagi Iordan, Suriyadagi Oront daryolari mavjud edi. 
Suv havzalarining taqchilligi dehqonchilikning rivojiga imkon tug‘dirmadi. Livan tog‘lari Sharqiy O‘rtayer dengizini bir qancha tumanlarga bo‘lib, bir-biridan ajratgan. Cho‘l va sahro hududlarida ko‘chmanchi qabilalar joylashdi. Shu bilan birga, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i temir rudasi, keng o‘rmonlar, jumladan, mashhur Livan kedriga boy edi. Qadimda Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘ogida yashagan qabilalar va xalqlar to‘g‘risida qo‘shni davlatlar manbalari (Misrning Tell- Amarna arxivi, Xett hujjatlari, Osuriya ma’muriy yozishmalari) va mahalliy yahudiy dini yodgorligi bo‘lgan Bibliya (yunon tilida «kitoblar» ma’nosini bildiradi) ma’lumot beradi. Vetxiy Zavet yangi asr boshlarida rasmiylashdi. U an’anaviy 3 bo‘lim: qonun yoki ta’limot (Tora), payg‘ambarlar va yozuv (Pisaniya) dan iborat. Mil.avv. IV ming yillik oxirida Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlanadi. Dast lab shimol, so‘ng janubda kulolchilik charxi va sopol kuydirish uchun maxsus o‘choqlardan foydalana boshlangan. Metall ham keng ishlatilgan. Dehqonchilikda g‘alla, zaytun daraxti va uzum yetishtirila boshlandi.
XULOSA
Sharqiy o’rtayer dengizi hududini eng katta yutug’i alfavitli yozuvni yaratilishi 
edi. Er. avv. II ming yillikda Sharqiy o’rtayer dengizi shaharlarida savdo-
hunarmandchilik, dengizchilikni taraqqiyoti, barchani qondiradigan savdo ishlarini tez yuritishga imkon beradigan oddiy yozuvni yaratishni talab qildi. Er. avv. XV-XII asrlardayoq Ugaritda o’ttiz belgili mixxat alfaviti qo’llanilgan. Finikiya alfaviti yanada takomillashgan tizim bo’lib yunonlar tomonidan qabul qilinib, keyinchalik barcha zamonaviy alfavitlarga asos bo’ldi. 
Sharqiy o’rtayer dengizi xudolar panteoni tabiat kuchlarini aks ettiradi. Har bir 
shaharni o’z homiy ma’budi bor edi: Bal (hokim) yoki El (xudo), ba’zida Melek 
(“podsho”, boshqacha aytilishi Molox), Tir shahrida Mel’kart (“shahar podshosi”), ayol ma’buda Astarta (Mesopotamiyada Ishtar). Falastinda er. avv. VIII-VI asrlarda monoteistik ta’limot keng tarqaldi. Ugarit va Ebla shaharlarida hashamatli me'morchilik inshootlari saroylari bunyod qilingan. Dengizchilik kemasozlik sohalari yuksak darajaga ko`tariladi. Yog`och va toshdan podsho va ma'budalar haykallari yasalgan. Er. avv. 600-yillar atrofida firavn Nexo buyrugi bilan finikiyaliklarni dengizchilik tarixida ilk bor
Gibraltar orqali Atalantika okeaniga chiqib, Afrikani aylanib o’tishlari buyuk 
kashfiyot edi. Finikiyaliklar mohir kemasoz bo’lganlar. Ularning kemalaridan 
misrliklar va boshqa Old Osiyo xalqlari keng foydalandilar. 

Foydalangan adabiyotlar



  1. V. I. Abdiyev Qadimgi sharq tarixi Toshkent-1964

  2. A.Kabirov Qadimgi sharq tarixi Toshkent-2016

  3. J.Annayev Jahon arxeologiyasi “Innovatsiya-Ziyo” Toshkent-2020

  4. A.V.Arsxisovskiy Arxeologiya asoslari O’qituvchi nashriyoti Toshkent-1970

  5. Геродот. История в девяти книгах / Пер. Г. А. Стратановского. М.; Л., 1972. («Памятники исторической мысли»; репр. 1993).

  6. 3. Авдиев В.И. История Древнего Востока. Москва 1948 .

  7. История Древнего Востока. /Под ред. В.И. Кузищина. М., 2009.

  8. История Древней Греции / Под ред. В.И. Кузищина. М., 2008.

  9. История Древнего Рима / Под ред. В.И. Кузищина. М., 2008.

  10. История Древнего Востока. Москва 1988 13. История Древнего Мира, том I . Москва 1983.

  11. История Древнего Мира, том I I . Москва 1983. 15. История Древнего Мира, том III . Москва 1983

  12. Майоров Н.И. Введение в историю Древнего Востока. Учебное пособие. — Томск: Изд-во Томского университета. 2003.

  13. Флиттнер Н.Д. Культура и искусство Двуречья и соседных стран. М-Л., 1958 г

  14. Ражабов Р. Кадимги дунё тарихи. “Фан ва техника нашриёти ". Тошкент, 2009.

  15. Чеккосова Е.А, Редер Д.Г. Кадимги дунё тарихи. “Укитувчи “ нашриёти. Тошкент 1974.

  16. Этнография. Под редаксии Ю.В. Бромлея и Г.Е. Маркова. Москва «Высшая школа» 1982.

Internet saytlari

  1. Ziyonet.uz

  2. Ziyouz.com

  3. https://hozir.org/upload/download/id20591

  4. http://www.hozir.org/upload/download/id84336



1 A.Kabirov Qadimgi sharq tarixi Toshkent-2016

2 A.Kabirov Qadimgi sharq tarixi Toshkent-2016


Download 48,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish