1.2 Abu Ja’far at-Tabariyning ba’zi asarlari yozgan kitoblari
“Jomi’ al-bayon fiy tafsir al-Qur’on” (Qur’on tafsirida bayon qilish to’plami). Qur’oni karimning mazkur tafsiri yirik hajmda – 30 jildli bo’lib, tafsiri bi-l-ma’sur (hadis rivoyatlariga asoslanib tafsir qilish) uslubiga kiradi. Mazkur asar naqliy tafsirlar orasida eng mashhuri va eng ishonchlisi bo’lishi bilan birga, aqliy tafsirlar orasida ham eng ishonchli va mo’’tabar tafsir hisoblanadi.
“Tarix ar-rusul va al-muluk” (Podshoh va payg’ambarlar tarixi). Yirik hajmli mazkur tarixiy asar arab tilida yozilgan bo’lib, bizgacha uning forsiy tarjimasigina etib kelgan. Biroq, ushbu tarixiy asarning yozilish uslubi va bayon qilish usuli keyingi tarixiy asarlarga namuna bo’lgan. Shu sababli uni “Musulmonlar tarixining otasi” deb tan olingan.
3.“Basit al-qavl fiy ahkomi sharoyi’ al-islom” (Islom shariati hukmlari borasida kengroq gap). Mazkur asarida at-Tabariy o’zi tuzgan mazhabiga muvofiq ijtihod qilib fiqhiy mas’alalarni bayon qilgan.
4.“Latif al-qavl fiy ahkomi sharoyi’ al-islom” (Islom shariati hukmlari borasida go’zal gap). Mazkur asarida at-Tabariy o’zi tuzgan mazhabiga muvofiq ijtihod qilib fiqhiy mas’alalarni qisqacha bayon qilgan va oldingi asarining muxtasari hisoblanadi.
5.“Adab an-nufus” (Ruhlar odobi). Mazkur risola tasavvufiy-axloqiy mavzuda bo’lib, unda ma’naviy xulqlar bayon etilgan.
6.“Odob al-manosik” (Haj rasm-rusumlari odobi). Mazkur risolada at-Tabariy hajning shart-sharoitlari, bajarish qonun-qoidalari haqida so’z yuritgan.
7.“Kitobu sharhi sunna” (Sunnatga sharh). Mazkur asari hadisshunoslikka oid bo’lib, Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning hadislarini at-Tabariy o’z mazhabiga muvofiq izohlagan.
8.“Kitobu ixtilof al-fuqaho” (Faqihlarning ixtiloflari kitobi). Mazkur asarda at-Tabariy fiqhiy mazhab faqihlarining turli qarashlari, birbiridan farqlari, ixtilof va qarashlari haqida so’z yuritgan, lekin asarini oxirigacha etkaza olmagan.
9.“Kitob al-qiroat” (Qiroatlar kitobi). Mazkur risolada muallif Qur’oni karim qiroatlari, ularning turlari, qiroat olimlari haqida bahs yuritadi. Qur’on qiroatlarining bir-biridan farqlari borasida batafsil to’xtalgan.
10.“Tarix ar-rijol min as-sahobat va at-tobi’in” (Sahoba va tobi’inlar ulug’larining tarixi). Mazkur asarda muallif sahoba va tobi’inlarning bibliografiyasiga to’xtaladi.
11.“at-Tabsir fiy usul ad-din” (Din asoslariga chuqur nazar). Mazkur asar kalom ilmiga bag’ishlangan.Abu Ja’far at-Tabariyning mazhabi faoliyati ko’pga cho’zilmagan bo’lsa-da, lekin uning asarlari asrlar davomida musulmon mualliflari uchun asosiy manbalar bo’lib kelgan va bu asarlar uni mujtahid va mujaddid sifatida namoyon qilib turgan. At-Tabariy asarlarining ahamiyati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |