Tarix ar-rusul val- mulk


II-bob. “TARIX AR-RUSUL VAL- MULK ” KITOBIDA KELTIRILGAN ISLOM TARIXIGA OID MANBALAR



Download 115,97 Kb.
bet8/10
Sana13.06.2022
Hajmi115,97 Kb.
#660561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy

II-bob. “TARIX AR-RUSUL VAL- MULK ” KITOBIDA KELTIRILGAN ISLOM TARIXIGA OID MANBALAR


2.1 Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning “Tarix ar-rusul val- mulk ” asari Islom tarixida tutgan o’rni

Xulosa qilib aytganda, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy Islom tarixida muhim o’rin tutgan olimlardan biri bo’lib, uning ilmiy merosini o’rganish bugungi kun uchun, ilm yo’lidagi toliblar uchun ham o’ta ahamiyatlidir.


Garchi bundan ming yildan avvalroq yashab o‘tgan bo‘lsa-da, hamon o‘z asarlari va yaxshi fazilatlari bilan qalblarni ta’sirlantiruvchi hamda ibrat bo‘luvchi olimlardan biri Tabaristonlik buyuk alloma Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariydir.
U zot hozirgi Eron mamlakati hududidagi Tabariston viloyatida hijriy 224 yilda tavallud topgan. Manbalarda aytilishicha, u kishi yetti yoshidayoq Qur’oni karimni to‘la yod olgan edi. Bu gap ba’zilarimiz uchun g‘ayritabiiy tuyuladi, aslida Islom dini madaniyati gullab-yashnagan davrlarda bolalarning hofiz ul-Qur’on bo‘lishlari oddiy hodisa edi. Aynan Qur’onni to‘la yod olgan bolalar kelajakda millat va dinning buyuk olimlariga aylanishar edi. Muhammad ibn Jarir to‘qqiz yoshlaridan boshlab o‘zi yod olgan hadislarni to‘plam tarzida yoza boshladi.
O‘n ikki yoshida esa, otasining ijozati bilan ilm olish maqsadida safarga jo‘naydi. Bu hijriy 236 yilga to‘g‘ri keladi.
Bugungi kunda to‘qqiz yoshli bolaning hadis yoza boshlashi va qalbida ilmga bo‘lgan muhabbat jo‘sh urib, safarga chiqishi yanada hayratlanarlidir. Aslini olganda ham shunday.
Chunki, Muhammad ibn Jarir yashagan davrda bugungi sharoit va imkoniyatlarning yuzdan biri ham mavjud emas edi. Safarga chiqqan odamlarning hayoti hamisha xavf ostida bo‘lgan. Ot, eshak yoki tuyada karvonga ergashib begona yurtlarga yo‘l olgan o‘n ikki yoshli o‘smir uchun faqatgina Allohning yordami o‘ta qudratli tayanch edi. To‘qqiz – o‘n ikki yosh... Bolaning o‘yin-kulgudan bo‘shamaydigan davri. Agar bu bola o‘yin-kulguni xayolining chekkasiga ham keltirmasa-chi?
U yod olgan hadislarini qo‘liga qalam olib, tunlari sham yoqib, sanadlari bilan yoza boshlasa-chi? Kechalarni ilm olish orzusi bilan bedor o‘tkazib, kunduzlari buyuk olimlarning suhbatini sog‘inib yursa-chi? Albatta, bularning barchasi Muhammadni kelajakda buyuk olim bo‘lib ulg‘ayishiga tayyorlaydigan va shundan belgi beradigan holatlar edi.O‘sha paytda ilm markazi bo‘lgan Bag‘dodga borgan Muhammad ibn Jarir mashhur olim Ahmad ibn Xanbal (r.a.) bilan uchrashish orzusida bo‘ladi, lekin Ahmad ibn Xanbal (r.a.) vafot etgan bo‘lib, u kishi bilan uchrasha olmaydi. Shundan so‘ng uning ilm olish yo‘lidagi safarlari boshlanib ketdi. Bu safar Xuroson, Iroq, Shom (hozirgi Suriya, Livan, Falastin, Iordaniya) va Misr bo‘ylab davom etdi.Muhammad borgan joyida ilm ahlining nazariga tez tushar, o‘zining dono fikrlari, bosiqligi hamda teran bilimi bilan olimlarning hurmatiga sazovor bo‘lar edi. Shuning uchun u hali yigit yoshida ekanidayoq imomlik uchun ijozat oladi va “Tirik manba” degan unvon bilan tanila boshlaydi.
Ilm o‘rganib, muayyan darajaga erishgan Muhammad ibn Jarir o‘z yurtiga qaytdi va shu yerda to umrining oxirigacha odamlarga ilm ulashdi. U haqda o‘z davrida va undan keyin mashhur olimlar tomonidan iliq fikrlar aytilgan, tarjimai holiga, odatlariga doir muhim ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Shulardan biri mashhur imom Abu Bakr al-Xatibga tegishli bo‘lib, u o‘zining “Tarixi Bag‘dod” kitobida shunday yozadi: “Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir Tabariy... shunday olim ediki, so‘zlari hukm o‘rnida qabul qilinardi, uning ra’yiga murojaat qilishardi. U o‘z asrida hech kim muvaffaq bo‘lmagan darajada ilm oldi va ularni yozdi.
U Qur’oni karimni to‘la yod olgan, qiroat turlarining barchasini chuqur o‘zlashtirgan, ularning ma’nolarini teran o‘rgangan olim edi.U hadis ilmida ham benazir bo‘lib, sahobalar, tobeinlarning hayotlari, haqida ham hammadan yaxshiroq bilar edi”.Imom Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad aytadi: “Agar kimdir Ibn Jarirning tafsiridan ilm olish uchun Xitoyga borsa, bu uning uchun ko‘p mehnat emas”.Imom Abu Bakr ibn Huzayma aytadi: “Ibn Jarirning tafsirini boshidan to oxirigacha o‘qib chiqdim. Bildimki, Yer yuzida undan olimroq odam yo‘q”.
Imom Tabariy mana shunday yuksak e’tiroflarga sabab bo‘lgan “Tafsir”ini yetti yil davomida shogirdlariga aytib turib yozdirgan.
Al-Xatib al-Bag‘dodiy shunday deydi: “Ali ibn Ubaydulloh as-Simsimiydan eshitdimki, ibn Jarir Tabariy qirq yil davomida har kuni qirq varaqdan kitob yozgan”.Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy o‘zining yoshlikdan hadislar yod olgani, Bag‘dodda Qur’on ilmlarini va she’r ilmini chuqur o‘zlashtirgani haqida yozib qoldirgan. U o‘zi olgan ilmlarni yozishdan va takror qilishdan, boshqalarga tushuntirib berishdan erinmas edi. Ilm talabi bilan musofirlikda yurgan chog‘larida ko‘p qiyinchilik va mashaqqatlarni boshdan kechirgan. Hatto, ochlik va yo‘qchilik zo‘rlik qilgan paytlarida, otasi yuborgan pul kechikkanida kiyib yurgan ko‘ylagining yengini kesib sotgan va shuning puliga non sotib olib yegan. Chekkan mashaqqatlari sababli u kishi zehni kuchli, fikrlashga salohiyatli olim bo‘lib yetishdi. Tarix, arab tili, mantiq, algebra, tib ilmlarida ham chuqur ma’lumotga ega edi. Uning o‘ta taqvodor va tavoze’li bo‘lgani manbalarda zikr etilgan. Ibn Jarirning go‘zal axloqi haqida “Adab an-nufus al-jayyida val axloq an-nafisa” asarida shunday deyiladi: “U hamisha band bo‘lardi. Odamlar uni umuman bo‘sh holatda topa olmas edilar. U o‘zi kitob tasnif qilishdan tashqari, talabalarga ham ilm o‘rgatar, ularga turli ma’lumotlarni yozdirar edi. Bundan tashqari har kecha uyquga yotish oldidan Qur’onning to‘rtdan bir qismini, balki undan ziyodrog‘ini o‘qir edi. Men ibn Jarirdan ko‘ra Qur’onni chiroyli, tajvid qoidalariga to‘la amal qilib o‘qiydigan odamni ko‘rmadim”.Abu Ali at-Tumariy bir voqeani hikoya qilishicha, u Ramazon oyida ustozi Abu Bakr ibn Mujohidning yo‘liga fonus tutib, tarovehga kelar edi.
Bir kuni ustoz Muhammad ibn Jarirni masjidda Qur’ondan “Ar-Rohman” surasini o‘qiyotganini eshitib qolib ancha vaqt tingladi va qiroat tugagandan so‘ng o‘z masjidiga kech qolib bordi, shogirdiga kechikkani sababini shunday izohladi: “Alloh taolo Qur’onni bu qadar chiroyli va ta’sirli o‘qiydigan odamni yaratib qo‘yganidan hayratlandim!”.Shogirdlarining aytishicha, Muhammad ibn Jarir at-Tabariy asr namoziga qadar o‘zi kitob yozgan, keyin asrdan shomgacha shogirdlariga aytib turib yozdirgan, shomdan xuftongacha ilm bergan va xuftonni ado etib uyiga kirgan. U zot vaqtini juda ham tartibli ravishda ilm olish va ta’lim berishga taqsimlab, shunga qat’iy amal qilgan.
U zot hijriy 310 yil shavvol oyida 86 yoshida vafot etdi.
Quyida Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning bir necha muhim kitoblarining qisqa ro‘yxatini keltiramiz.Tafsir at-Tabariy “Jame’ual-bayan an ta’vili aail-Qur’an” (Qur’on oyatlari majmuaviy izohlarining bayoni) – Ahli sunna val jamoa mazhabining eng katta va e’tiborli tafsirlaridan biri hisoblanadi.
Tarix at-Tabariy. “Tarix al umam val-muluk” (Xalqlar va malik (podsho)lar tarixi) bu asarda Odam alayhissalomdan o‘zi yashagan asrgacha bo‘lgan tarixni isnodlari bilan keltiradi, bu asar ham yetti yilda yozilgan. “Tahzib al-asar tafsil al-ma’oniy as-sabit an Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) min al-axbor” (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelgan to‘g‘ri xabarlarni ma’nolarining batafsil bayoni) – bu kitobning parchalari ba’zi davlatlarda, xususan, uch qismi Turkiyada, bir qismi Ispaniyada, bir bo‘lagi Oksfordda (Angliya) saqlanmoqda. Muallif bu kitobni tugatolmay vafot etgan. Imom Zahabiy bu kitob to‘g‘risida: “Agar tugatilganda, taxminan yuz jildni tashkil etardi” – deb yozgan. Imom ibn Kasir esa: “Eng yaxshi kitoblardan biri bo‘lib, agar tugatilganda shu kitobning o‘zi kifoya qilardi”,– degan. Ibn Jarirning go’zal axloqi haqida “Adab an-nufus al-jayyida val axloq an-nafisa” asarida shunday deyiladi: “U hamisha band bo’lardi. Odamlar uni umuman bo’sh holatda topa olmas edilar. U o’zi kitob tasnif qilishdan tashqari, talabalarga ham ilm o’rgatar, ularga turli ma’lumotlarni yozdirar edi.



Download 115,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish