Agarda muallim bo`lsa beozor, Bolalar sinfni qilishar bozor



Download 28 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi28 Kb.
Agarda muallim bo`lsa beozor ,

Bolalar sinfni qilishar bozor

Muslihiddih Sa`diy Sheroziy sharq mumtoz she`riyatining yirik vakillaridan biri. Uning ajoyib asarlari o`zbeklar orasida ham keng tarqalgan.”Guliston va „“Bo`ston ”kabi axloqiy kitoblari eski o`zbek maktablarida darslik sifatida foydalanilgan.

Adibning „Guliston“ asari o`ziga xos pandnoma hikoyalar va she`riy afforizmlar to`plami hisoblanadi. Bu asar 8 bobdan iborat bo`lib shoir o`z hayotida ko`rgan ,bilgan voqealarni bayon etib, ulardan axloqiy xulosalar chiqaradi.Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda dunyo-dunyo ma`no bo`lgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin xazinasiga kirgan.Adabiyotshunoslarning nazarida fors-tojik mumtoz she`riyatida eng porloq asar “Shohnoma ”bo`lsa ,nasriy asarlarning ichida esa eng yaxshisi “Guliston”asari sanaladi.

Sa`diy o`z zamonasining yetuk pedagogi,dono insondo`st, murabbiy shoir va chuqur psixolog olimi bo`lgan.Uning qisqa hikoyatlari insonni mehnatga ,rostgo`ylikka ,bilim ,hunar o`rganishga ,ustoz va shogird munosabatlarini yaxshilashga chorlaydi.Quyida Sa`diy Sheroziyning bir hikoyatini sizning hukmingizga havola etishni joiz deb bildim.



Hikoyat

Mag`rib diyorida qosh-qovog`i osigan,tili achchiq ,badfe`l,dilozor ,gadoytabiat va fosiq bir muallimni uchratdim,uni ko`rgan mahalda musulmonlarni ta`bi tirriq bo`lar ,Qur`on o`qiganini eshitganda kishilarning dili siyoh bo`lar edi.Barcha pokiza o`g`lonlar va qizlar muallimning jafosiga giriftor bo`lar,na kulishga jur`at etar va na so`zlashga jasorat etardilar.Muallim birining nuqraday yuziga tarsaki tushirar ,goh boshqasining billurday oyog`iga iskanja solardi. Xullasi kalon bir kun eshitdimki ,ota-anaiar muallimning bu fe`lini aniqlab ,uni madrasadan urib haydadilar.Sundan keyin maktabni sofdil ,namozxon ,soda va muloyim tabiatli bir kishiga topshirdilar. Bu muallim zarurat bo`lmasa lom-mim demas,hech kimsaga ozor bermas edi.Bolalar muallimning farishtaday muloyimligini ko`rishgach.avvalgi muallimning qattiqqo`l va zolimligini unutdilar,devtabiat bo`lib ketdilar va ilm o`rganishni tark etdilar.Ular ko`p vaqtlarini o`yin-kulgu bilan o`tkazar va savod taxtalarini bir-birlarining boshlariga urib sindirar edilar.


Agarda muallim bo`lsa beozor ,

Bolalar sinfni qilishar bozor

Oradan ikki hafta o`tgach ,boyagi masjidga bordim.Ko`rdimki ,avvalgi muallimning ko`nglini ovlab keltirib,yana o`z o`rniga tayinlab qo`yibdilar.Bu holatdan ranjidim,beixtiyor:”Nega o`sha iblisni farishtalarga muallim qilibdilar ?”-dedim.

Ko`pni ko`rgan ,zaki ta`b bir mo`ysafid dedi:

“Yubordi o`g`lini maktabga podsho

Qilib qo`ynig`a nuqra taxtacha jo.

Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:

Ota mehridan afzal jabri ustoz ”



Ushbu hikoyat orqali Muslihiddih Sa`diy Sheroziy ilm o`rganish bilan birga unga amal qilish lozimligini ,shuningdek ustozlarning har bir o`gitlariga quloq tutish ,ularni hurmat qilish va qadriga yetish kabi maslahatlarni uqtirib o`tganlar.Zero, ma`naviyatli insonni tarbiyalash buyuk ustozlar qo`lidadir.

Safarova Nargiza Navbahor agroiqtisodiyot kolleji

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat