Kushon hukmdori.
Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug`orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Kushon davlati davrida suv tegirmoni, chig`ir turlaridan keng foydalanildi, yerga ishlov berish qurollari takomillashtirildi.
Xalchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa Kushon davri arxeologik yodgorluklaridir.
2. Mezolit davri (o`rta tosh asri) taxminan miloddan avvalgi l2-7 mingyilliklarda davom etgan. Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida o`zgarishlar bo`lishiga oilb keldi. Mezolit davrida inson o`qli kamon yasashni o`rganib oldi. Yoy va o`q kashf etilishi bilan insonda chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati paydo bo`ldi.
Mezolit davri oxirida inson hayvonlarni qo`lga o`rgata boshladi. Ovchilar itni qo`lga o`rgatishdi, itlar bilan birga ov qilinganda o`lja oldingisiga qara-ganda dehqonchilikka o`tish imkoniyatini vujudga keltirdi. O`roqlikka o`tilishi har xil buyumlar tayyoflash sohasi bo`lgan hunarmandchilik rivojiga zamin yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |