Tarix 6-sinf 1-bilet


Ishlab chiqaruvchi xo`jalik



Download 82,32 Kb.
bet21/65
Sana31.12.2021
Hajmi82,32 Kb.
#229538
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
6-sinf Tarix javobi 2021

Ishlab chiqaruvchi xo`jalik – ancha vaqt urug`ni o`simlik va hayvon yegulik mahsulotlari bilan ta`minlab kelgan ziroatchilik va chorvachilikdir. Ziroatchilik termachilikdan boshlangan, chorvachilik esa ov va hayvonlarni qo`lga o`rgatishdan kelib chiqqan.
10-BILET

1. Afinada davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring.

2. Yunon-fors urushlari haqida ma’lumot bering.


1. Erkak jinsiga mansub barcha fuqaro lar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo`lmagan hunarmandlar, savdogarlar, kunbay ishchilar, dehqonlardan iborat edi. Xalq majlisida omma uchun foydali bo`lgan qarorlar qabul qilinar edi.

Navbatdagi majlis bo`ladigan kun oldindan e`lon qilinardi. Majlis ertalab barvaqt tayinlanar, negaki mehnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi. Qorinni to`yg`azishga yegulik ishlab topish kerak edi.

Podsho tomonidan mansabga tayinlanuvchi amaldorlardan farqli o`laroq Afinada mansabdor shaxslar Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylanar va majlisga hisobot berishar edi. Mabodo mansabdor shaxs o`z majburiyatlari ijrosini uddalay olmasa, Xalq majlisi bu odamni muddatidan oldin lavozimidan bo`shatar edi.

Xalq majlisi yangi qonunlarni tasdiqlar, eski qonunlarni bekor qilar, boshqa qarorlar, masalan, yangi inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag` ajratish to`g`risida qaror qabul qilar edi.

Har yili saylanadigan Beshyuzlar kengashi kundalik joriy masalalarni hal qilardi. Uning qarorlari Xalq majlisida tasdiqlanardi. Beshyuzlar kengashiga strateg rahbarlik qilgan.

Xalq sudi ham Afinada muhim davlat organi bo`lgan. 70 yoshga to`lgan fuqarolar uning faoliyatida ishtirok etar edilar. Sudda ayblanuvchi shaxs o`zini-o`zi himoya qila bilishi yoki chiroyli so`zlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yol-lashi shart edi.

2. Miloddan avvalgi V asrda Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I hukmronlik qilayotgan Eron yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilar edi. Forslarning Yunonistonga harbiy yurishlari yunon-fors urushlari nomini olgan, ular miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom etgan.

Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo`lishdi, ular: «Bizning hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha odamlarning birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir», deb baralla aytishardi.

Yunon-fors urushlari miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom etgan.

Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisi forslarga qarshilik ko`rsatishning sira iloji yo`q deya hisoblashar, shahanshoh Doro I ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar. Afina va Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Eron elchilari Afinaga kelganda, shahar aholisi g`azabdan ularni o`ldirib, qoyadan otib yubordilar. Elchilarni chuqur quduqqa tashlab yuborgan spartaliklar esa zaharxanda bilan: «Yetarlicha suvni ham, yerni ham quduq tubidan topasizda!» deyishgan ekan.


Download 82,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish