Buyuk yunon koloniyalashtirishi miloddan avvalgi VIII–VI asrlarda davom etdi.
Koloniyachilarning yangi mamlakatlar bilan tanishuvi yunon madaniyatini boyitdi. Masalan, miloddan avvalgi VIII asrda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi. Alifbo 24 ta harfdan iborat bo`lgan. Ular orasida unli harflar paydo bo`ldi. Koloniyalar va yunon shaharlari O`rtasidagi tovar ayirboshlash va savdo-sotiq, hunarmandlik va savdo ravnaq topishiga maydon yaratdi. Elladaga g`alla, metallar va qullar keltirilar edi. Koloniyalarga esa sotish uchun vino, zaytun yog`i, kulolchilik buyumlari, temirchilar va zargarlar yasagan buyumlarni keltirar edilar.
9-BILET
1. Kushon davlati haqida ma’lumot bering.
2. Mezolit davri haqida ma’lumot bering.
|
|