Yunon-Baqtriya davlati
Miloddan avvalgi III asr O`rtalarida Baqtriya Savlakiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilari xabar berishicha, Diodot – mingta Baqtriya shahri hukmdori o`zini podsho deb e`lon qiladi. Shu voqeadan Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Miloddan avvalgi 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga Sug`diyona va Marg`iyona ham kirgan edi. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o`tdi. Yevtidemning o`g`li Demetriy hukmronligi davridla (miloddan avvalgi 199–167-yillar) Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo`ldi. Hindiston yerlarining bir qismi bu davlatga qo`shib olingan edi.
Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo`liga o`tishi bilan Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur ediki, bu hol uning kuchsizlanishiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan ko`chmanchi yuejey qabilalari miloddan avvalgi 140–130-yil-larda Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar.
2. Qadimgi Yunonistonda zodagonlardan qarzdor bo`lib qolgan, o`z yer uchastkasidan ajragan ko`plab qashshoqlar, shuningdek, boshpanasiz yupun va och odamlar paydo bo`la
boshladi. Ular nima bilan mashg`ul bo`lishi kerak? Ro`zg`orni qanday boqish kerak? Ulardan ko`pchiligi vatanni tark etishga, yot o`lkalarda baxtini sinab ko`rishga majbur bo`lgan edi.
Yunon savdogarlari kemalarda dengiz ortidagi o`lkalarga tez-tez borib turardilar. Ular O`rtayer dengizi sohillarida egasiz yotgan serunum yerlar haqida zavq-shavq bilan hikoya qilib berardilar.
Kasodga uchragan dehqonlar safarga chiqishga hozirlana boshlaydilar. Bir necha yuzlab, asosan qashshoq va yersiz dehqonlar to`planishadi. Kemani tayyorlashda ularga davlatning o`zi yordam beradi, negaki oldinda olis va mashaqqatli yo`l turar edi.
Shahar ma`murlari ko`chib ketayotganlarga yordam berdilar. Ular yo`lga jo`nab ketayotganlarga sho`r baliq, un, zaytun yog`i, mehnat qurollari va zaxira yelkanlar berishdi. Shuningdek, dengiz yo`llarini yaxshi biladigan va ko`chib ketayotganlar boradigan joylarda bo`lib qaytgan yo`1 ko`rsatuvchi ham ajratildi.
Badavlat quldorlar norozi odamlarning hammasi Yunonistonni umrbod tark etishi uchun odamlarni ko`chirishga katta mablag` sarflashga qarshi emasdilar.
Jo`nab ketish oldidan yunonlar xudolarga qurbonliklar bag`ishlashgan. O`zlari bilan birga loy surtilgan qamishdan to`qilgan savatchalarda olov ham olishgan edi. Yo`l bo`yi uni asrab borishadi va unga yangi o`choq ham qurib berishadi. Bu jonajon o`choq olovi edi, bu olov ularni haddan tashqari uzun va sovuq qish kechalarida isitadi. Olov ayni mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi ham edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |