Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg`iyona, Baqtriya, Sug`diyona noyibi etib o`z o`g`li Antioxni tayinladi. Miloddan avvalgi 280-yilda Salavka vafotidan so`ng Antiox ulkan davlat hukmdoriga aylandi va 20 yilcha hukm surdi.
Yunon-makedon istilolari tufayli izdan chiqqan turmush tarzi Sug`diyona, Baqtriya va Marg`iyonada asta-sekin tiklana boshladi. Bu yerlarda yangi manzilgohlar, shaharlar bunyod etildi, savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlana boshladi. Baqtra, Maroqand, Antiox Marg`iyonasi (Marv), Termiz yirik shahar va madaniyat markazlariga aylandi.
Yunon-makedon istilolaridan keyin O`rta Osiyo viloyatilari tarixida antik yoki ellinistik davr boshlandi. Bu yurishlar pirovardida G`arb va Sharq O`rtasida madaniy munosabatlar va almashinuv kengayishiga olib keldi. Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og`irlik o`lchov birliklari, pul munosabatlari, hunar-mandchilik va san`at buyumlari tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |