1. Miloddan avvalgi 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U yaratgan imperiya uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo`linib ketdi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkar boshilari tomonidan boshqarilgan.
Uzoq davom etgan o`zaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil (Mesopotamiya) davlati hukmdori bo`ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, Sug`diyona, Marg`iyona kirar edi.
O`z davlati tarkibiga kirgan O`rta Osiyoni Salavka satrapliklarga bo`ldi, ularning har biriga satrap hukmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo`shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug`ullanar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |