10. -ov, -ala qo`shimchasi qaysi songa qo`shilmaydi?
A) o`n B) uch C) yeti D) yigirma
11. Qaysi gapda narsalarning tartibini bildirgan son mavjud?
1. Ikki soatlar eshakda yurib, tog’dan tog’ga o’tib andak toliqqan edim.
2. Yetimlik nimadir, bizlardan so’ra, O’ninchi yillarning sargardonligi…
3. Globusda bo’lgan har kichik nuqta, Millionlab qondoshga Vatan, albatta.
4. Beruniy Amerika qit’asining borligini Kolumbdan 450 yil avval taxminlagan.
A) 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2 D) 2, 4
12. Bulbulning maqomlari, kuylari to’qqiz yuz to’qson to’qqiz emish. Gapdagi sonning ma’no turini aniqlang.
A) kasr son B) sanoq son
C) chama son D) jamlovchi son
13. Saidiy kelganda Murodxo’ja domla, to’rt…gina sigirni sog’ib eplamagan xotinining palpisligidan koyib urishmoqda edi. Nuqtalar o’rniga sonning qaysi ma’no turi yasovchi qo’shimchasi qo’shiladi?
A) taqsim son B) dona son
C) chama son D) jamlovchi son
14. Ibrohim Lo’diy shu fillari va askarlari bilan bultur Dehli bo’sag’asida Olamxon, Dilovarxon va boshqa dushmanlarining qirq ming kishilik qo’shinini tor-mor keltirgan edi. Gapdagi sonning turini aniqlang.
A) dona son B) chama son
C) sanoq son D) jamlovchi son
15. Qiyshayib yotgan uchinchi aravada faqat dekcha-yu, belkurak-u ketmonlar qolibdi. Gapdagi sonning turini aniqlang.
A) dona son B) sanoq son
C) tartib son D) jamlovchi son
16. Hisob so’z mavjud gapni aniqlang.
1. Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to’rt piyola choy ichdi.
2. Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.
3. Olti so’tix maydonda 2500 tup pomidor bo’ladi.
4. Abdulla qovunchiga o’sha va’da qilingan 50 gektar yer berildi.
A) 1, 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) faqat 4
17. Qaysi gapda otlashgan son mavjud?
A) Qani, bolam, yur! Nariroqda yana bittasini yoqib qo’yaylik.
B) Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga to’rt tup yong’oq ekyapman,
C) Cho’ponlar har kuni tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi.
D) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’i tushguncha loy tashishdi.
18. -lab, -larcha qo’shimchasi qaysi sonlarga
qo’shila olmaydi? 1) bir; 2) to’rt; 3) yuz; 4) o’n; 5) qirq
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 1, 4, 5
19. Jamlovchi sonlar sanoq songa -ov, -ala, -ovlon qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil bo`ladi. Shu qo`shimchalarning qaysi biri sonlarning eski shaklini hosil qiladi?
A) –ov B) -ala C) -ovlon D) barchasi
20. Tartib sondan keyin qaysi holatda chiziqcha qo’yiladi?
A) Rim raqamidan keyin
B) harfda yozilsa
C) arab raqamidan keyin
D) har qanday holatda
21. Quyidagi gaplarning qay birida birinchi so’zi tartib o’rni ma’nosida ifodalangan?
A) Ota majlisda birinchi so’zga chiqishi ekan.
B) Navoiy ko’chasidagi birinchi uy bizga qarashli.
C) Birinchi qor atrof manzarasini o’zgartirib, ularga yangi o’yinlar keltirgan.
D) Dovruqda birinchi edi.
22. Quyidagi gaplarning qay birida chama son mavjud?
A) Saidiy kelganda, Murodxo’ja domla to’rttagina sigirni sog’ib eplamagan xotinning palpisligidan koyib urishmoqda edi.
B) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi.
C) Barvasta, yoshi ellikda bo’lsa ham, qomati sambitdek tik.
D) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi.
23. Ma’no jihatidan jamlovchi sonlar qaysi so’z turkumiga oid so’zlarga yaqin bo’ladi?
A) olmoshlarga B) sifatlarga
C) otlarga D) ravishlarga
24. Ma’no vazifasiga ko’ra tartib sonlar qaysi so’z turkumiga oid so’zlarga yaqin turadi?
A) otlarga B) olmoshlarga
C) sifatlarga D) ravishlarga
25. Hozirgi vaqtda bir yilda dunyo bo'yicha taxminan sakkiz yuz ming tonnadan bir million tonnagacha choy yetishtiriladi, shuning uchdan bir qismi Hindistonga to'g'ri keladi. Berilgan gapda son turkumiga mansub nechta birlik qo'llangan?
A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 3 ta
26. Ma’nosi toraygan o’lchov so’z ishtirok etgan gapni toping.
A) Hosilning sakson foizi birinchi navga qabul qilindi.
B) Yettovlon bir oromgohda dam oldik.
C) Uzoqdan birovning qorasi ko’rindi.
D) Qizlar hash-pash deguncha uch etakdan paxta terishdi.
27. Qaysi qatordagi gapda bir so’zi gumon olmoshi ma’nosini ifodalaydi?
A) Sizni ko’chada bir kishi chaqiryapti.
B) Darsga bir Karim kelmadi.
C) Bir qor yog’adi, bir yomg’ir.
D) Ertaga bir dam olsam deyman.
28. Qaysi qatordagi gapda bir so’zi faqat yuklamasi ma’nosini bildirgan?
A) Bir yomg’ir yog’di, aslo qo’yaver.
B) Bugun bir charchadim.
C) Vazifani bir men bajarmadim, xolos.
D) Bir qor yog’adi, bir yomg’ir.
29. Qaysi qatordagi gapda bir so’zi ayiruv bog’lovchisi vazifasida kelgan?
A) Sizni ko’chada bir kishi chaqiryapti.
B) Bir yomg’ir yog’di, bir yomg’ir yog’di aslo qo’yaver.
C) Quyosh bir ko’rinadi, bir bulutlar orasiga yashirinadi.
D) Darsga bir Nodir kelmadi.
30. Qaysi gapda qo'llangan o'lchov so'zi alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o'lchov ma'nosini bildiradi? A) Shahargacha hali uch chaqirim bor.
B) Uygacha yuz qadam qoldi.
C) Uyning orqasida 4 sotix ekin maydoni bor. D) To'rt nafar talaba darsga qatnashmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |