9. Qaysi javobda fe’l turkumiga oid so`z bilan paronim bo`la oladigan birlik berilgan?
A) urush B) azim C) yoqilg`i D)
undash
10. Quyida berilgan gapda qaysi so‘z turkumiga mansub yasama so‘zlar qo‘llangan?
Devor bo‘ylab yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning so‘nggi shu’lalari bilan oltinlanardi.
A) ot va fe’l B) ot, ravish, fe’l
C) ot, sifat, fe’l D) sifat va fe’l
11. O
`rik – ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg`ish.
Ushbu parchada necha o`rinda yasama so`zlar qatnashgan?
A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta
12.
“Ruhan kuchli bezovtalangan holda g‘amxo‘r bo‘lmoq” ma’nosini beruvchi ibora qaysi javobda ko’rsatilgan?
A) jon kuydirmoq B) ich-etini yemoq
C) ko‘ngliga qo‘l solmoq D) ko‘nglida kiri yo‘q
13. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi yasama fe’l qatnashgan?
A) U behuda so`zlarni haddan ortiq ko`p gapirdi.
B) Keyin dasturxonni yig`ishtirayotgan xotiniga ham o`shqirdi.
C) Maydonda ot o`ynatayotgan ikki chavandoz o`rindi.
D) Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib yotardi.
14. Berilgan gapda juft so‘z qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanib kelgan?
Mehnatkash odam fisq-fasod gaplarni bilmaydi.
A) kesimgan B) egaga
C) to‘ldiruvchiga D)
aniqlovchiga
15. Sifatdosh qaysi javobda berilgan?
A) Boshqa mayda ishlar ham bor.
B) Bir necha minutdan keyin otboqar chiqib ketdi.
C) Kirganlar bir-biriga qarab qolishdi.
D) Sen bu yog’idan tashvish qilma.
16. Biror predmet belgisining o‘xshash tomonini boshqasiga ko‘chirish asosida nom ko‘chishi nima deb yuritiladi?
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) kinoya
17. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur darsiga izzat-ehtirom bilan qadam qo’ymoq lozim. Ushbu gapda qo’sh va qator undoshli so’zlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta qo’sh undosh, 4 ta qator undoshli so’z
B) 2 ta qo’sh undosh, 1 ta qator undoshli so’z
C) 1 ta qo’sh undosh, 2 ta qator undoshli so’z
D) 2 ta qo’shu ndosh, 3 ta qator undoshli so’z
18 . Quyidagi parcha O‘tkir Hoshimovning qaysi hikoyasidan olingan?
«Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o‘shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim», – degan-dingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?», – degan edim. Xafa bo‘lmang, men ham hazillashgan edim. Mana o‘sha kitob». A) «Haqqush»
B) «Oq marmar, qora marmar»
C) «Iltijo»
D) «Gilam paypoq
19. «Sher bilan durroj» hikoyatida yirtqich sher dam olib yotsa, atrofida durroj bemalol uchib yurishini shoir qanday tasvirlaydi?
A) yerning ustida oq bulut aylanganday B) gadoyning tepasida
baxt qushi aylanganday
C) shamning atrofida parvona aylanganday
D) sultonning tepasida humo qushi aylanganday
20. "O‘zbekfilm" kinostudiyasida Anvar Obidjonning ssenariylari asosida qaysi filmlar suratga olingan?
A) "Oltiariq hangomalari", "Baloga qolgan futbolchi"
B) "Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi", "Pahlavonning o‘g‘irlanishi"
C) "Tilsimoy - g‘aroyib qizaloq", "Dahshatli Meshpolvon"
D) "Ajinasi bor yo‘llar", "Topsang - hay-hay
21. Nodar Dumbadzening dastlabki yirik asarlari qaysilar?
A) «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
B) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Quyoshni ko‘ryapman»
C) «Quyoshni ko‘ryapman», «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
D) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Qishloq bolalari»
22. Quyidagi fikrlar «Urushning so'nggi qurboni» hikoyasida qaysi qahramonning o’y-xayollari hisoblanadi? «Qora kunlar uchun ne umidlar bilan tishida tishlab yurgan g'unajinini o'g'irlagani uchun o'lim to'shagida yotgan ukasini oxirgi nasibadan mahrum qilgani uchun, non puli bo'lar deb yetishtirgan mevasidan judo qilayotgani
uchun shunday qasos olsinki, o'sha xudo bexabarlardan».
A) Xadichaning B) Umri xolaning
C) Shone'matninge D) Shoikromning
23. Xudoyberdi To‘xtaboyevning ≪Sariq devni
minib≫ romaniga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri
emas?
A) Hoshimjon biroz ishlab pul topish uchun
uyini tashlab ketib qoladi.
B) Hoshimjon brigadalarning birida
kompost
bilan kompotning farqiga
bormasdan rosa izza bo‘ladi.
C) Dono va Oysha Hoshimjonning singillari
bo‘ladi.
D) Hoshimjon o‘zi va do‘sti Qosimga yettita
fandan choraklik chiqarib qo‘yganligini
avval ona tili, keyin fizika o‘qituvchisi
bilib qoladi.
24. «Muzqaymoq» hikoyasida nomi keltirilgan Pavlik Morozov kim edi?
A) imperator zamonida o'z
onasini dushman sanab, askarlarga tutib bergan «qahramon»
B) sho'ro zamonida o'z onasini dushman sanab, qizil askarlarga tutib bergan «qahramon»
C) imperator zamonida o'z otasini dushman sanab, askarlarga tutib bergan «qahramon»
D) sho'ro zamonida o'z otasini dushman sanab, qizil askarlarga tutib bergan «qahramon»
25. «Shum bola» qissasida shum bola ko‘chmanchilar ovulida qanday ish qiladi?
A) O‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ qo‘yni so‘yib qo‘yib, rosa kaltak yeydi.
B) Kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi.
C) Qimmatbaho qushlarga qatiq, suzma ichirib, harom o‘ldirib qo‘yadi.
D) O‘lik yuvib sharmanda bo‘ladi.
26. «Shum bola» qissasida shum bola to‘qigan yolg‘onlar ketmaketligini ayting.
1) dandon
sopli pichoqning sinishi; 2) to‘riq qashqaning o‘limi; 3) tozi itning o‘limi; 4) omborning yonishi; 5) og‘ilxonaga o‘t tushishi; 6) qo‘rg‘onning yonishi; 7) bo‘riboyvachchaning o‘limi; 8) Adol opaning tug‘ishi;
A) 1, 3, 2, 5, 4, 6, 7, 8
B) 1, 2, 3, 5, 4, 6, 7, 8
C) 1, 3, 2, 4, 5, 6, 7, 8
D) 1, 3, 2, 4, 5, 6, 8, 7
27.Bu asarda ikkinchi jahon urushi yillaridagi Gruzin qishloqlaridagi ogir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga oxshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan. Gap qaysi asar haqida?
A) “Nido” B)”Ruhlar isyoni”
C) “Boston’’ D) “Quyoshni koryapman”
28. Alqiissa, ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarning o’ziniyoq yaxshilik qilganga yo’yadilar. Ushbu ibratomuz hikmat Ezopning qysi masala mazmuniga to’g’ri keladi? A),,Burgut, zag’cha, cho’pon’’ B),, Ustiga tuz ortilgan eshak’’ C),,Bo’ri bilan laylak’’ D),,Eshak bilan baqalar’’
29.Jamshid podsho tilidan aytilgan quyidagi misralar Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatida uchraydi?
Ko‘plar ham bu chashma boshiga yetdi, Suv ichdi, dunyodan ko‘z yumib ketdi. Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go‘rga o‘zi ketdi, olgani qoldi.
A) «Darvesh hikoyati»da
B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»da
C) «Ayb qidirmaslik haqida» hikoyatida
D) Astar va avra bo‘z kiyib yuradigan podsho haqidagi hikoyatda
30. Muqimiy qayerlarda ishlagan?
1) Yer qurilishi
mahkamasida mirzalik qilgan;
2) Bekvachcha mahallasida novvoylik qilgan;
3) Sirdaryo bo‘yidagi Oqjar paromida pattachilik qilgan;
4) «Hokim oyim» madrasasida xattotlik qilgan.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4
C) 1, 3 D) 1, 2, 4