7. Tabassum shunday qurol sanaladiki, maxsadlar unga nishon erur. Ushbu qo‘shma gapning imloviy xatolik kuzatiladigan qismi qanday bo‘laklardan tashkil topgan?
A) ____ ~~~~ ____ ====
B) ____ _ _ _ ____ ====
C) ____ _ _ _ ====
D) ____ ~~~~ ====
8. Qaysi qatorda ravish qo‘llanmagan? A) Bir yil avval o‘g‘lining og‘zidan birdan shu gap chiqib ketdi.
B) O‘sha voqeadan so‘ng biz ahil, ajralmas do‘stlar bo‘lib qoldik.
C) Xabar yetgach, kampir darrov kalishini kiyib yo‘lga otlandi.
D) Toshmurod haqiqatan ham anchagacha o‘zini ko‘rsatmadi.
9. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirganda qaysi tinish belgisi yo‘qolib ketmaydi?
A) ko‘chirma gapning boshi va oxiridagi qo‘shtirnoq
B) ko‘chirma gapdan keyingi tire
C) muallif gapidan keyingi ikki nuqta
D) muallif gapidan keyingi so‘roq
10. Tuyaga o‘yna desang, hamma yerni payhon qilar. Ergashgan qo‘shma gap qismlari qanday vosita orqali bog‘langan?
A) nisbiy so‘zlar
B) shart mayli qo‘shimchasi
C) shart bog‘lovchisi
D) ko‘makchili qurilma
11. Asosiga bir tovushdan iborat ayni qo‘shimchani qo‘shish orqali fe’l yasash mumkin bo‘lgan ikki so‘z qaysi gapda qo‘llangan?
A) Eski do‘stlar qayg‘ungga ham, shodligingga ham do‘stdir.
B) O‘yinga sarf etgan kuchni bilimga bag‘ishlaganingda edi…
C) Gapni boyga qo‘ygin-u, ishni o‘z qo‘lingga ol.
D) Qoralarning harakati ancha sust.
12. Qaysi qatorda yasama so‘zlar soni uchta? A) Yaqinlashma! Miltig‘im o‘qlangan. Otib tashlayman!
B) Shirali ovoziga, mohirona ijrosiga tan berdim lekin.
C) Kamtar kishilarni qadrlayman: ular kun sayin kamayib bormoqda.
D) Siz sog‘ingan tarona jarang sochishni boshladi.
13. “Bu xabarni eshituvchi — Kumushbibining qora ko‘zlari jiq yoshga to‘lib, kipriklari yosh bilan belandilar”. (Abdulla Qodiriy)
Ushbu gapda tasvirga erka bir ohang bergan vosita qaysi?
A) egalar tarkibidagi ko‘plik qo‘shimchasi
B) kesim tarkibidagi shaxs-son qo‘shimchasi
C) ajratilgan qaratqich aniqlovchi
D) “qora” va “jiq” so‘zlari
14. Qaysi gapda “yasama so‘z + fe’l” qolipida hosil qilingan qo‘shma fe’l ishtirok etgan?
A) Aziza birdan ajinani ko‘rgandek dodlay ketdi.
B) O‘sha jiyaningiz ketma-ket sakkiz marta aksa urar edi.
C) Ortiqcha gapni yig‘ishtiring va ochiqroq gapiring.
D) Charchagan dehqon beozorgina xurrak otardi.
15. Qaysi gapda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) Senga aytyabman: joyingdan jilma!
B) Qorovulbozor tumaniga yo‘limiz tushdi.
C) “Oltin Yulduz” medaliga sazovor bo‘lishdi.
D) Bizni afv eting!
16. Biz, ya’ni ko‘ngillilar sizni deb hech bir xavfli ishga, hatto qum o‘g‘irlashga ham qo‘l urmaymiz.
Yordamchi so‘z turkumiga mansub birliklar sonini aniqlang.
A) 4 ta B) 3 ta
C) 2 ta D) 5 ta
17. Qaysi qapda balki bog‘lovchisi qo‘llangan?
A) Siz, balki, uni ham tanirsiz?
B) Ostonada turib qolgan Qorasochda yurishga ham mador qolmagandir, balki.
C) Yo‘l nafaqat gavjum, balki notekis ham edi.
D) Bu ko‘rgiliklar, balki, yaxshilikkadir.
18. Kelishikli boshqaruv usulida birikkan otli birikmani toping. A) uyga tomon ketmoq
B) kelmaganlarga jazo
C) yolg‘ondan kulib qo‘ymoq
D) film ko‘rmaslik
19. Qaysi qatorda ravish holi qo‘llangan?
A) Sobira ukasini ancha kutdi.
B) Ular bizni yuqoridan kuzatib turishibdi.
C) Homid xatni diqqat bilan o‘qidi.
D) Abituriyent endi ko‘zini ochdi.
20. Qaysi qatorda ikki nuqta noto‘g‘ri qo‘llangan? A) Anvar: “Keta qolay”, – deb turib oldi.
B) Pastroq gapir: eshitib qolishadi.
C) Bir aybing bor: kulishni bilmaysan.
D) Unutmaginki: seni yolg‘iz qo‘ymaymiz.
21. Quyidagi qaysi malumot Rasul Hamzamatov haqida emas?
A) Deyarli barcha asarlari yozilishi bilan rus tiliga o‘girilgan.
B) “Erta ona tilim agar yo‘qolsa, Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo” satrlari bilan tiliga bo‘lgan muhabbatini ifodalagan.
C) “Oq kema”, “Qiyomat”, “Asrga tatigulik kun” asarlari bilan mashhur.
D) “Tog‘ qo‘shig‘i”, “Mening qalbim tog‘larda”, “Tog‘ qizi”, “Dog‘istonim” kabi kitoblari nashr etilgan.
22. Erini bozorga chiqarmaslik uchun otlarni dalaga qo‘yib yuboradigan ayol obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) “Yulduzlar mangu yonadi” (Tog‘ay Murod)
B) “Yovvoyi yo‘rg‘a” (Ernest Seton-Tompson)
C) “Qiyomat qarz” (O‘lmas Umarbekov)
D) “Do‘nan” (Turob To‘la)
23. Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida nima “xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir” deya ta’riflanadi?
A) safar
B) sabr
C) saxovat
D) hilm
24. “Farzandlar o‘zlari minayotgan mashinaga o‘xshaydi”.
Yuqoridagi mulohaza qaysi asar qahramoni tilidan aytilgan?
A) “Chinor” (Asqad Muxtor)
B) “Oq kema” (Chingiz Aytmatov)
C) “Yulduzlar mangu yonadi” (Tog‘ay Murod)
D) “Muzqaymoq” (Odil Yoqubov)