28. Rasmdagi tasvir qaysi asarlar uchun xos?
1) Kecha va kunduz
2) Tanho qayiq
3) Oq kema
4) Hellados
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 3,4 D) 4
29. Mirkarim Osimnining dastlabki asarini toping.
A) Astrobot B) Yangi ariq
C) Badarg'a D) Navoiy
30. Boshiga tushgan falokat natijasida shohga aylanga asar qahramoni uchraydigan asar muallifi kim?
A) Erkin Vohidov B) Xoja
C) Navoiy D) Cho'lpon
10-variant
1. Nutq odobi haqida bildirilgan quyidagi fikr kimga tegishli? "So`zingga ehtiyot bo`l, boshing ketmasin, Tilingga ehtiyot bo`l, tishing sinmasin".
A) Navoiy B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy D) Mahmud Qoshg`ariy
2. Nutqning ifodaliligini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblangan o`xshatishlar nechta unsurdan tashkil topadi?
A) 4 ta B) 3 ta
C) 2 ta D) 5 ta
3. Qaysi gap(lar)da qismni ifodalovchi kelishik shakli o`rnida butunni ifodalovchi kelishik shaklini qo`llash mumkin ?
A) Bu gapni ukasidan eshitdi.
B) Ona qizining peshonasidan o 'pdi.
C) Mehmonlar goh qovundan, goh uzumdan tatib ko'rishdi.
D) B, C.
4. Ot va sifatdoshdan iborat bo'lgan ibora bilan ifodalangan sifatlovchi qatnashgan gapni belgilang.
A) Osmon o'pgan tog'larning muammosini, Biringiz geolog, erta qilur hal.
B) Hayotdek go'zal, ilhombaxsh, musaffo tilimizni sevaylik va ardoqlaylik
C) Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.
D) U juda ko`p o`qigan, aqli raso yigit edi.
5. Shu hovli-joy // mana shu daraxtlar // kursi // so`ri // hammasi // meniki. Mazkur gapda // belgilari o`rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi?
A) tire, vergul, vergul, ikki nuqta, tire
B) vergul, vergul, vergul, tire, tire
C) tire, vergul, vergul, vergul, tire
D) ikki nuqta, vergul, vergul, tire, tire
6. Egalik, kelishik va ko'plik shakllari quyidagi qaysi so z turkumlariga xos? 1. ot; 2. olmosh; 3. sifat; 4. son; 5. harakat nomi; 6. sifatdosh; 7. ravishdosh; 8. taqlid so‘zlar; 9. ravish; 10. fe’l
A) 1,2,5
B) 1,2,3,4,5,6,8
C) 1,2,3,4,5,6,7,8, 9
D) sanalganlarning barchasi
7. O`xshatish-qiyoslash ma’no munosabatini ifodalagan bog`langan qo`shma gapni toping.
A) Qarayman-u, ko'zim tinadi.
B) Dunyo yorug' edi va yaltirardi soyda qora suv.
C) Ko'ngil yig'laydi-yu, ko'zimda nam yo'q.
D) Olim atar meni muallif, seni bo`lsa atar tirik qahramon.
8. "Hayot mushkulotlaridan tushkunlikka tushmaslik kerak " degan dalda Alisher Navoiyning qaysi fardiga nisbatan aytilgan?
A) " Yuqar yomonliq angakim, kirar yomon el aro"
B) " Men- sinuq, ko'nglim - sinuq"
C) " Ulki , sanga eldin erur aybg'o'"
D) " Muruvvat boricha bermakdur - yemak yo'q "
9. Nazarlari qursin u kishining? Hadeb tusha berar ekan-da… (Cho`lpon) Ushbu gapda inversiya qaysi gap bolak(lar)iga oid?
A) to`ldiruvchiga B) aniqlovchiga
C) egaga D) kesimga
10. Mirtemir qaysi she’rida tabiatning bag‘oyat nozik va go‘zal hodisasini faqat tasvir, o‘xshatish, qiyoslash, jonlangan tasavvurlar orqali sarlavhadan boshqa she'rning biror misrasida nomini qo’llamay aks ettiradi?
A) «Shu'lalar qo‘ynida» B) «Bulut»
C) “Shudring» D) «Baliq ovi»
11. “Ya'niki yaxshi odamning uyida yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir. Bunday xotin bilan yashamoqdan Yaratganning do‘zaxi olovida yonmoqni afzal bilaman”.
Ushbu fikr Sa’diyning “Guliston” asaridagi qaysi hikoyatda keltirilgan?
A) Darvesh hikoyati
B) Daryo ko’rmagan qul hikoyati
C) Hikoyat
D) Hunar o’rganmoq haqida
12. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilgan «Hikoyat»dan olingan quyidagi parcha kimning tilidan aytilgan?
«Xudoga qasam ichib aytamanki, agar har bir bug‘doy doni o‘rniga bir donadan marvarid bo‘lganida edi, u kishidan ayamagan va ularning hammasini tortiq qilib, o‘z shahzodamning qalbiga mehr va muhabbat urug‘ini ekkan bo‘lardim».
A) Husayn Boyqaroning B) Alisher Navoiyning
C) Mo‘min Mirzoning D) Mavlono Lutfiyning
13. “Musibatnoma” asarining muallifi kim?
A) Derjavin B) A.P.Chexov
C) G. Narikatsi D) Dubrovskiy
14. «Qutadg‘u bilig» asaridagi Kuntug‘di ismiga berilgan to‘g‘ri izohni toping.
A) Kun – Quyosh hammaga bir xil yorug‘lik beradi. Hammani birdek isitadi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
B) Kun – Oy hammaga bir xil yorug‘lik beradi. O‘zi ham shu (oy) sifatlidir, goho paydo bo‘ladi, goho mahv bo‘ladi.
C) Kun – Yer hammaga bir xil joy beradi. Hammani birdek ko‘radi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
D) Kun – Ezgulik hammaga bir xil oqibat ko‘rsatadi. Hammani birdek ko‘radi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
15. To`liqsiz gaplarda qaysi bo'lakning tushirilishini nima (yoki kim) belgilaydi?
A) nutq sharoiti B) so'zlovchi
C) tinglovchi D) matn hajmi.
16. Holning o`rin va maqsad ma'no turi qaysi gapda berilgan?
A) Joni halqumiga kelgan Sattor baqirib yig'lab
yubordi.
B) O'quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi.
C) Bir chimdim uxlash uchun ko'zini yumdi.
D) Bugun jo'rttaga qilganday yomg'ir ham sira tinmadi.
17. Hoy, nima balo bo‘ldi? — deb alangladi Inoyat oqsoqol. (Said Ahmad)
Ushbu gapda undov so’zning qaysi turi qo’llangan?
A) his-hayajon undovi
B) buyruq-xitob undovi
C) nutqiy odat undovi
D) ko’rsatish-ta’kid undovi
18. Qaysi so’z fikrning tartibini bildiradigan modal so’zlar sirasiga kirmaydi?
A) avvalo B) avvalambor
C) xullas D) Barchasi fikrning tartibini ifodalaydi
19. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasiga ma'nodosh ko‘makchilarni aniqlang.
A) tomon, yarasha
B) qarab, ko‘ra
C) bo‘ylab, tomon
D) qaraganda, qarab
20. Hay, biroz sekinroq yursalaring-chi? Butunlay toliqib qolayozdim-ku? Ushbu gapda ravish turkumiga oid nechta so’z qo’llangan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
21. O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi?
Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko’ra qaysi turi mavjud emas?
A) sodda tub
B) sodda yasama
C) qo’shma
D) sanalganlarning barchasi mavjud
22. Avval ular bizga yetib olishsin // keyin birga jo'naymiz. (X. To 'xtaboyev)
Ushbu qo’shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
A) ikki nuqta
B) vergul
C) nuqtali vergul
D) tire
23. To‘kib ko‘z yoshlarin armonda ketmish,
Necha Furqatlar-u Bobur Vatan deb. (Qodir Dehqon)
Ushbu she’rda qo’llangan –lar qo’shimchasining ma’nolari qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) birinchisi ko’plik, ikkinchisi umumlashtirish ma’nosida
B) har ikkalasi ko’plik
C) birinchisi kuchaytirish, ikkinchisi umumlashtirish ma’nosida
D) birinchisi kuchaytirish, ikkinchisi ko’plik ma’nosida
24. Qaysi gapda bosh gap ergash gapdan keyin joylashgan?
A) Hali qish tugamagan, lekin bahor nafasi seziladi.
B) Bolalar chiniqsin deb, turli musobaqalar o`tkazildi.
C) Shuni unutmangki, rostgo`ylik har bir odamni to`g`ri yo`lga boshlaydi.
D) Yaxshi oshini yer, yomon – boshini.
25. Qaysi qatordagi so`zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?
A) qat'iy, jur'at B) shu'la, ba'zan
C) mo'jiza, mo'tadil D) is'hoq, as`hob.
26. Qaysi qatordagi turg'un birikmalar so'z birikmasi bo'la oladi?
A) ketiga tushmoq, oq ko'ngil, po'stagini qoqmoq
B) qo`l ko`tarmoq, kavushini to`g`rilab qo`ymoq, to`nin teskari kiymoq
C) ko'nglidan o'tkazmoq, barmog'ini tishlamoq, ichi qora
D) kapalagi uchib ketmoq, bo'yniga qo'ymoq, dili xira
27. O. Yoqubovning mustaqillik yillarida yozgan asarlarini sanab bering.
1. “Olma gullaganda” 2. “Adolat manzili” 3. “Bir koshona sirlari” 4. “Izlayman” 5. “Qanot juft bo`ladi” 6. “Muzaffar Temur” 7. “Ko`hna dunyo”
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3. 6, 7
C) 2, 3, 6 D) 3, 5, 6
28. “O`tkan kunlar” romanida “…oltmish yoshlar chamasida, cho`ziq yuzlik, do`nggiroq peshonalik, sariqqa moyil, to`garak qora ko`zlik, oppoq uzun soqollik”,- deb ta`riflangan obraz qaysi?
A) Ziyo shohichi B) Rahmat
C) Homid D) Hasanali
29. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi so‘zlarni Xoljuvon qanday maqsadda aytadi?
Yangi olamday qilganman o‘zimni,
Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni.
Sen qanday bemazasan, yo‘lovchi,
Qo‘yib yubor, mahkam ushla qizimni!
A) o‘ch olish maqsadida
B) Rayhon arabdan qo‘rqqani uchun
C) Zaydinoyning ko‘ngli undan qolmasligi uchun
D) o‘z yurtiga tezroq ketish uchun
30. “Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davrining tipik
hukmdori, mard va tadbirkor odam bo’lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko’rardi”, - deya Boburni kim ta’riflaydi?
A) Javoharla’l Neru
B) Hasanxo`ja Nisoriy
C) Monstyuart Elfinston
D) R. Goden
Do'stlaringiz bilan baham: |