Hindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol hamda Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylaridagi bir qismini egallagan. Gang vodiysidagi tropik o‘rmonlar, ulkan daraxtlar va rang-barang o‘simliklarga boy bo‘lgan. Miloddan avvalgi 3- mingyillikda Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi. Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havzasining eng yirik shaharlari edi.
Xarappa shaharlari
Katta va chiroyli shahar – Moxenjodaro aholisi mohir hunarmandlar bo‘lgan.
Aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan.
Miloddan avvalgi 1500-yillarda Hindiston hududiga istilochilar bostirib kiradi. Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko‘pdan ko‘p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari qurg’oqchilikdan qo‘rqardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |