Tarix // Sahodilla Rahimboyev


Juft sifat ishtirok etmagan gapni belgilang. A) Qo’llari ketmon, o‘roq, ayri ushlayverganlaridan g‘adir-budur



Download 3,05 Mb.
bet39/181
Sana06.07.2022
Hajmi3,05 Mb.
#750601
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   181
Bog'liq
test mavzulashtirilgan kitob 2 ta

80. Juft sifat ishtirok etmagan gapni belgilang.
A) Qo’llari ketmon, o‘roq, ayri ushlayverganlaridan g‘adir-budur, haqiqiy dehqon edilar.
B) Ba'zan plitka shokoladmi, arzon-garov qo‘g‘irchoqmi olib keladi.
C) Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoladi.
D) Qolgan-qutganlarini yig’ishtirib ol-da, bu yerdan tuyog’ingni shiqirlat.
81. Takroriy sifat qaysi gapda mavjud emas?
A) O‘z onamni elas-elas xotirlayman.
B) Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi.
C) Qishloq obod bo’lsa, katta-katta ko‘chalar tushsa, kim qarshilik qiladi.
D) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti.

82. Ot turkumiga mansub so’zlardan tarkib topgan takroriy sifat qaysi gapda mavjud?
A) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko‘kni savalay ketdi.
B) To‘p-to‘p daraxtlar tag‘in lipillab orqada qolib ketdi.
C) Ko‘chani sho‘x-sho‘x bolalar to‘ldirib o‘tishdi.
D) Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko‘tarila boshlashdi.

83. Qaysi gapda ham asliy, ham nisbiy sifat qo’llangan?
A) Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina, g‘ishtin uycha bor.
B) Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo‘lgan buyuk shaxs edi.
C) Uning jussasi kichkina bo‘lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o‘tkir, ovozi esa jarangdor.
D) Daraxtlar siyrak, onda-sonda pakana daraxtlar uchrab qoladi.

84. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi. Ushbu gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to'g'ri hukmlarni aniqlang. 1) asliy sifat; 2) nisbiy sifat; 3) tub sifat; 4) yasama sifat.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3

85. Uning jussasi kichkina bo‘lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o‘tkir, ovozi esa jarangdor.Berilgan gapda nechta asliy sifat mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

86. Uning jussasi kichkina bo‘lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o‘tkir, ovozi esa jarangdor. Berilgan gapda nechta yasama asliy sifat mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

87. Sarsonboy oltmishlarga borib qolgan bo‘lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg‘ayrat va tavakkalchi odam edi.
Berilgan gapda nechta asliy sifat mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

88. Qaysi gapda sifat turkumiga mansub so’z ishtirok etmagan?
A) Matnni o‘qing, asliy va nisbiy sifatlarni toping.
B) Sadafbibi qoramag‘izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko‘zlari qop-qora.
C) Go‘yo ko‘chaga chiqishingizni kimdir bilgan-u yo‘lingizga gilam to‘shab qo‘ygan.
D) Hamma yoq top-toza.

89. Qaysi gapdagi sifat turkumiga mansub so’zlarning barchasi yasama?
A) Shu sayrdan, tabiatning go‘zalligidan nash'a va safo tuygan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko‘zlarida xushnudlik ifodasini ko‘raman.
B) Tog‘ etaklarida ko‘m-ko‘k maysalar uzra nafis gullar, turli xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi.
C) Uning jussasi kichkina bo‘lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o‘tkir, ovozi esa jarangdor.
D) Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina, g‘ishtin uycha bor.

90. So’z birikmalarining qaysi birida darajalana olmaydigan sifat ishtirok etgan?
A) aqlli bola B) shirin ovqat
C) mazali qovun D) gulli mato

91. Nisbiy sifat ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Xalqimiz qadimdan shu, zaminga kuchli mehr, yuksak madaniyat ila munosabatda bo‘lganlar.
B) Kampirning bu so‘zlarida cheksiz mehr, allaqanday nozik ichki bir dard bor edi.
C) Elchi o‘rnidan turib, yuzlari cho‘zinchoq, ko‘zlari katta, novchadan kelgan Siparganizga ta'zim qildi.
D) Shu sayrdan, tabiatning go‘zalligidan nash'a va safo tuygan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko‘zlarida xushnudlik ifodasini ko‘raman.


Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish