40. Fuzuliyning turkiy tildagi devonidan qancha ruboiy o’rin olgan?
A) 75 ta B) 42 ta C) 27 D) 300 ga yaqin
41. “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida “Belimga boyladim zarli po’tamni, Firoqimda bolamlatdim otamni” deya nido qilgan shaxs kimning farzandi?
A) Ravshanbek B) To’liboy
C) Odilxon D) Qovishtixon
42. “Shum bola” asarida “so‘kkani-so‘kkan edi. Unga na Xudo, na payg‘ambar, na Shohidoyat hoji-yu Orifxo‘ja eshon – baribir so‘kaverar
edi” deya kim ta’riflangan?
A) Mayramxon B) Karim jinni
C) Ovoz jinni D) Eshon oyi
43. Kimning otasi qal’a savdogari bo‘lib besh-olti yillab Qashqarda, Irbitda savdogarlik qilar edi?
A) Solih B) Abdulla
C) Po‘latxo‘ja D) Miraziz
44. Asardagi mast qilingan fil bilan kurashgan qahramon kim?
A) Muhammad said B) Molon
C) Amir Mo'g'ul D) Nizomulmulk
45. Bo’yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilgan kishilarga vafo qil. Baytda qo’llangan she’riy san’atlarni va baytning muallifini toping.
A) tajnis, ishtiqoq, Xorazmiy
B) tashbeh, tajnis, Xorazmiy
C) tazod, tashbeh, Lutfiy
D) talmeh, tajnis, Lutfiy
3-variant
1. Qaysi gapda qo’shma fe’l qo’llangan?
A) Men aytgan gaplarni beixtiyor ularga aytib qo‘yishlari mumkin.
B) Shoir Toshkentga ishga taklif etildi.
C) Ayrim namunalar misolida shoir she’rlarining badiiyati darajasini ko‘rib chiqish mumkin.
D) Deyarli har bir baytda mana shunday yorqin obraz bor va u davomiy hamda izchildir.
2. Sinekdoxa usulida ma’no ko’chishi berilmagan javobni toping.
A) Kechgacha tuz totmadi
B) Besh qo‘lini og‘ziga tiqmoq
C) Yuzlar, ko‘zlar boqar edi biztomon
D) Pushkinni o‘qidim
3. Uyushiq ega qo’llangan javobni toping
A) Endi qizlar charchashib, terlashib... tog‘ning ustiga chiqib olishdi.
B) Shu payt hovliga Davron aka bilan Iskandarov kirib kelishdi.
C) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bo‘g‘otlarda chumchuqlar chirqillashadi.
D) Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo‘yardi.
4. Qaysi qatorda -lan qo‘shimchasi orqali yasalgan so‘zlar berilgan?
A) shaklan, xayolan B) tinchlan, ikkilan
C) uylan, o‘ylan D) tayyorlan, oziqlan
5. Ma`noviy sinonimlar berilgan qatorni aniqlang. A) ho`l, shalabbo
B) respublika, jumhuriyat
C) tilshunoslik, lingvistika
D) doston, poema
6. Orttirma nisbat shakllari berilgan qatorni aniqlang.
A) ishlatmoq, kirgizmoq B) bitirmoq, aytmoq
C) anglamoq, asramoq D) o‘tkazmoq, topmoq
7. Qaysi paronim juftliklar tarkibidagi fonemalar tovushlarning fiziologik tomoni jihatdan farqlanmaydi?
A) mart-mard B) xirs-hirs
C) taxt-baxt D) qand-pand
8. Shahrimizda baland binolar hamda go‘zal bog‘lar ko‘p. Ushbu gapda qanday bog‘lovchi
qo‘llanilgan?
A) ayiruv bog‘lovchisi
B) biriktiruv bog‘lovchisi
C) inkor bog‘ lovchi
D) zidlov bog‘lovchisi
9. x va h undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi qaysi tasnifda namoyon bo‘ladi?
A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
B) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
C) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
D) tarkibiga ko‘ra
10. Inson umrining hisobli ekanligini hamisha kech anglaydi. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish kuzatilgan?
A) tovush almashishi
B) tovush tushishi
C) tovush D) tovush tushushi va almashishi
Do'stlaringiz bilan baham: |