3. Qaysi qatordagi juft so‘z tub+yasama so‘zlardan hosil bolgan?
A) erta-indin B) savol-so‘roq
C) cho‘l-biyobon D) esli-hushli
4. Keltirilgan gapda qo‘llangan tovush o‘zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri berilgan javobni toping. Bir yetimning boshini silasang, bir g‘aribning mushkulini oson qilsang, bir bechoraning ko‘ngliga malham bo’lsang, buning savobiga ne yetsin!
A) 3 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi
B) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi
C) 1 ta tovush tushishi
D) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi
5. Qaysi uslub ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lishlik, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega?
A) badiiy B) ilmiy
C) so‘zlashuv D) publitsistik
6. O‘zbekistonni o‘zbek xalqi o‘z mehnati, aql-idroki bilan yaratgan! Ushbu gapda qaysi bo‘lak uyushgan?
A) kesim B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) ega
7. Quyidagi keltirilgan gapda nechta yasama so‘z qatnashgan? Baxtni har kim o‘zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi. Kimlardir yeng uchida yashaydi. Ko‘ngli tinch.
A) 5 B) 4 C) 3 D) 6
8. -dek qo‘shimchasi qaysi ko‘makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi?
A) kabi B) asosan C) bo‘ylab D) yarasha
9. Otang mirob bo‘lsa ham, ariqni tozalab suv ich. Ushbu gapda so‘z birikmalarining tobe qismi qaysi so‘z turkum(lar)i bilan ifodalangan?
A) ot B) ot, sifat, ot C) ot, ravish, ot D) ot, fe’l
10. Qaysi qatorda o‘zlashtirma gap mavjud?
A) “Kitob - beminnat do‘st”, - dedi bobom.
B) Yaxshilikning belgisi saxiylikdir.
C) Deydilarki, oyda ham dog‘ bor.
D) Dugonasi uning maktabda qolganligini aytdi.
11. Ayol xonadon ravnaqidir, chunki u oila a’zolarini tushunadi, oqilona ish olib boradi, har doim hayotning achchiq-chuchuklariga chidab yashaydi. Ushbu matnda ravishning qaysi ma’no turi qatnashgan?
A) holat, maqsad-sabab
B) maqsad-sabab, daraja-miqdor
C) holat, daraja-miqdor
D) holat, payt
12. Berilgan javoblarlarning qaysi birida yosh belgisiga ko‘ra farqlanuvchi so‘zlar keltirilgan?
A) qizil - qizg‘ish - qip-qizil
B) qiz - juvon – ayol
C) yurmoq - chopmoq - yugurmoq
D) nam - ho‘l - shalabbo
13. Agar ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilsa, ko‘chirma gapdagi qaysi sintaktik birlik qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi?
A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi
C) undalma D) ega
14. Qaysi javobda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra farqlanuvchi tovushlar orqali paronim juftlik hosil qila oladigan so‘z(lar) ko‘rsatilgan? 1) afzal; 2) adib; 3) hiyla; 4) qayt; 5) darz; 6) tanbur.
A) 1 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 6 D) 2, 3, 4, 5, 6
15. Yordamchi so'zlar turkumiga xos birliklarning barcha turi ishtirok etmagan gaplarni aniqlang. 1. Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo’lib qolmay, buyuklik va insoniylikning ayni o'zidir. 2.Usmon Nosir nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi.
3.Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, gurullab yondi.
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 2, 3 D) 2, 3
16. Qaysi qatordagi fe’llarda nisbat qo’shimchasi mavjud emas?
A) Ko’ngli vayron bo’lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig’lardi.
B) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang!
C) Yomon qo’shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko’chirib yuborganini sezmay qolasan.
D) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi.
17. Yasovchi asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan sodda yasama ot qatnashgan gapni toping. A) Akasidan tepki yeb xunob bo’lgan Abdumalik kechgacha qovog’ini ochmadi.
B) Ko’klamga chiqib akangning boshini ikkita qilamiz.
C) Yozuvchilar ba’zan tushunib bo’lmaydigan darajada injiq bo’lishadi.
D) Ertakning boshlanmasi tinglovchining diqqatini jalb qilish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |