Doston
Doston, poema — liro-epik janr; shu
janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki
ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng
tarqalgan. D.da muayyan voqea liro-epik
tasvir vositalari yordamida hikoya
qilinadi. Unda hayot, voqelik keng
koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita
bosh qahramon ishtirok etadi,
personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti
sertarmoq, rang-barang . Xalq ogʻzaki
ijodidagi D.lar nazm va nasrav., yozma
adabiyotdagi D.lar nazmda boʻladi, bunda
nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini
oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi D.larda
lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon
D.larida lirik asos yanada salmoqliroqdir.
Jahon mumtoz adabiyotidagi D.lar keng
qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib
chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy
muammolari, syujetining sertarmokligi va
dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining
koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar
markazida jamiyat va xalq takdiri turadi,
jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir
butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida
ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu
qahramon bilan tashki dushmanlar
oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan
yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi.
Ularda vatanparvarlik, qahramonlik,
insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik
va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari
ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda
paydo boʻldi. Ularda afsonaviy
qahramonlarning jasorati, xudolarning
karomati haqida kuylangan. Gomerning
"Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy
komediya", Firdavsiyning "Shohnoma"
asarlari D. janrining kad. namunalaridir.
D.lar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik
("Alpomish", "Farhod va Shirin"),
sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"),
ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli
va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va
Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-
memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax
qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"),
fantastik-allegorik ("Lison uttayr"),
didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi.
Qahramonlik D.larida xalq, jamiyat takdiri
tasvirlansa, ishqiy-romantik D.larda
oshiq-maʼshuklarning sarguzashti bosh
oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud
tarixiy-biografik D.larda biror tarixiy
shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib
tasvirlanadi. Umuman, D.larda
ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun
boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar,
hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar,
ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi
Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi.
Xalq D.lari baxshi, dostonchi va xalq
shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va
xalq cholgʻu asboblari joʻrligida ijro
etiladi. Folklordagi D.lar bilan yozma
adabiyotdagi D.lar shaklshamoyili
jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada,
yozma adabiyotdagi D.lar yozuvchining
dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi,
baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari,
orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida
farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar
D.lari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi
Iskandariy" asarlari asosida folklor
mavzui turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz
estetik qarashlari va badiiy niyatidan
kelib chiqib tubdan qayta yaratgan.
Oʻzbek D.chiligi asrlar davomida oʻsib,
kamol topib, shakli rang-baranglashib
bordi. Oʻrxun-Yenisey yozuvida,
Avestoyaa, "Devonu lugʻotit turk" dagi
qadimgi D. parchalarida, turkiy xalqlar
mulki boʻlmish "Kitobi dodam Qoʻrqut"da
va ayniqsa "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" turkum
D.larida oʻzbek D.chiligining taraqqiyot
yullari, davrlarini kurish mumkin. Navoiy
"Hamsa"si oʻzbek D.chiligi tarixida yuksak
choʻqqi boʻldi. "Hamsa"da, Gegel iborasi
bilan aytganda, "dunyoning qahramonlik
holati"ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-
axloqiy mazmuni chuqur, unda shaxs
barkamolligi, fozil in-son va adolatli
jamiyat targʻib etiladi, yaxshilik va
yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-asrga
kelganda, oʻzbek D.lari hajman toraydi,
lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va
inson ru-hiy olamini, ruhiy kechinmalarini
idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh
fazilat boʻlib qoldi (Mirtemirning "Surat"
dostoni). Hozirgi D.larga afsona, asotirlar
ham faol kirib keldi. E. Vohidovnit "Ruxlar
isyoni", A. Oripovning "Jannatga yoʻl"
D.larida ana shu yangiliklar yaqqol
kurinadi. Hozirgi zamon oʻzbek D.larida
drama janri belgilari (konflikt, dialog),
ayniqsa epik tasvir unsurlari faollashdi.
(E. Vohidov, "Istanbul fojiasi", O. Matjon,
"Paxlavon Mahmud" va boshqalar).
Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari,
taassurotlari, oʻymushohadalari,
kechinmalaridan iborat boʻlgan lirik D.lar
ham yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek
adabiyotida D.lar kamayishini roman janri
rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni
afsona, asotirlar va ertaklar asosida
bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik
sheʼriy asarlar yozishda ham D. janridan
foydalaniladi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Umarxon III tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Doston&oldid=2029509
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |