8. Quyidagi qaysi so‘zlar bir asosdan yasalgan? 1. botiniy 2. botir 3. botiq 4. botqoq 5. Botartib 6. Botmon A) 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 4, 6
9. Qaysi qatordagi gapda sodda tub fe’l ishtirok etgan? A) Kunlardan bir kuni Durroj: “Men tuzoqqa tushdim!”- deb sherni aldadi. B) Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. C) Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik. D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko‘paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi
10. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini olgan so‘zlar gapda qanday bo‘lak vazifasini bajaradi? A) vositali to‘ldiruvchi, o‘rin holi, payt holi B) vositali to‘ldiruvchi, o‘rin holi C) faqat vositali to‘ldiruvchi D) vositali to‘ldiruvchi, o‘rin holi, vaziyat holi
11. Qaysi qatorda ko‘rsatish olmoshi gap o‘rnida qo‘llanilgan? A) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. B) U Saidiy bilan do‘st edi, bu do‘stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. C) Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin. D) Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz.
12. 1) Endi nima qilsam ekan, – deya Otabek o‘z-o‘zidan so‘radi. 2) Qizcha o‘z-o‘zidan raqsga tushib ketdi. 3) O‘z-o‘zidan, mamlakat taqdiri hammani qiziqtiradi. Berilgan gaplardagi o‘z-o‘zidan so‘zining qaysi turkumga mansubligini izohlang. A) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda kirish so‘z B) 1-2-gaplarda olmosh, 3-gapda kirish so‘z C) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda modal so‘z D) har uchta gapda ham olmosh qatnashgan.
13. Qaysi gaplarda orttirma darajadagi sifat kesim vazifasida kelgan? 1. Ish juda nozik, g‘oyatda qo‘rqinchli edi. 2. Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hammayoq suv quygandek jimjit edi. 3. Dunyoda o‘zbekdir eng orzumand xalq. 4. Mevasi tillarang, sershira. A) 1, 2, 4 B) 1, 2 C) 1, 4 D) 2, 3, 4
14. U ilonni aldagani uchun, ya’ni unga dunyodagi yeng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanligini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. Berilgan gapdagi vergullarning qo‘yilishini quyidagi qaysi qoidalar bilan
izohlash mumkin? A) uyushiq bo‘laklar ohang orqali bog‘lansa ular orasiga vergul qo‘yiladi B) aniqlov bog‘lovchisidan oldin doimo vergul qo‘yiladi; uyushiq bo‘laklar sanash ohangi orqali bog‘langanda ular orasiga vergul qo‘yiladi C) ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan vergul bilan ajratiladi; zidlash munosabati ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasiga vergul qo‘yiladi D) ya’ni bog‘lovchisi aniqlov bog‘lovchisi sanaladi; inson va qurbaqa so‘zlari uyushiq bo‘lak hisoblanadi
15. Qaysi bog‘lovchilardan oldin yozuvda vergul qo‘yiladi? A) biroq, chunki, agar, gar, toki, goh . . . goh B) lekin, ya’ni, balki, chunki, negaki, takror qo‘llanuvchi ayiruvchi bog‘lovchilar C) ammo, lekin, agar, gar, takror qo‘llanuvchi ayiruvchi bog‘lovchilar D) ammo, lekin, biroq, agar, gar, toki, basharti
Do'stlaringiz bilan baham: |