37-variant
1. Zid so‘zlar qo‘llangan gapni toping. A) Sovuq shamol o‘qtin-o‘qtin esib, to‘qayni allaqanday vahimaga to‘ldirdi. B) Bir no‘noqni bir epchil eplaydi. C) Sherali qo‘rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi. D) Yolg‘onchining so‘zi rost bo‘lmas.
2. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv harsanglarga urilib, shovullab oqyapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so‘zni yozishda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan? A) ravish B) fe’l C) ravishdosh D) ot
3. 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik; Berilgan ushbu so‘zlarning qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismda fonetik o‘zgarish bo‘ladi? A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 5
4. Nuqtalar o‘rnida bo‘g‘iz tovushi yoziladigan so‘zlarni toping. 1) xayr . . . ohlik; 2) xayr- e. . . son; 3) hoy-u . . . avas; 4) mav . . . um; 5) ma . . . fiy A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4
5. Qizlarning ichida shu egma qosh yoqadi. Ushbu gapda qatnashgan ma’no ko’chish turini belgilang. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
6. Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi yoshligidan ko‘p ijobiy xislatlarga ega edi. Berilgan gapdagi ismlar guruhiga kiruvchi so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kiradi? A) ot, sifat, ravish B) ot, sifat C) ot, sifat, fe’l D) ot, sifat, ravish, fe’l
7. Dunyoviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlarni tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir. Ushbu gapda yasama so‘zlar sonini toping. A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
8. Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi. Ushbu gapda nechta sifat qo‘llangan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
9. Qaysi gapda aniqlovchi shaxs nomi bilan ifodalangan?
A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog‘ ortiga jo‘nadi. B) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek. C) Mehmondo‘st, oqibatli, bolajon xalqimiz bor. D) Men pinak buzmayman, hadik tortmayman, Onamning duosi meni asraydi.
10. Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo‘llangan? A) Mevasi yetilib pishganda sershira bo‘ladi. B) Nomus jondan ham qimmatliroq. C) Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi. D) Uning nazarida bundan ham suyumliroq, bundan ham zavqliroq ish yo‘q edi.
11. Ayol qalbi tosh bo‘lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo‘ladi. Ushbu gapda gumon olmoshi qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) o‘rin holi B) to‘ldiruvchi C) ega D) aniqlovchi
12. Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan? A) o‘zlik, majhul, orttirma nisbatlar B) aniq, majhul, orttirma nisbatlar C) orttirma, birgalik, aniq nisbatlar D) majhul, birgalik, aniq nisbatlar
13. Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarning qaysi birida ko‘chirma gap qismi ergashgan qo‘shma gap shaklida berilgan? A) “Kitob - bir bog‘, yozuvlar esa uning gullaridir”, - deb yozadi Qayum Nozimiy.
B) “So‘z san’atining qudrati shundaki, - deydi Asqad Muxtor, - u hayotda aynan bo‘lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi”. C) “Tilingni o‘z ixtiyoringda asra, so‘zingni ehtiyot bilan so‘zla”, - deydi Alisher Navoiy. D) “Biz yagona daraxtning butoqlaridek butun bo‘lgan taqdirimizdagina kuch-qudrat kasb etamiz”, - deydi O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva
14. Qaysi maqolda mustaqil va nomustaqil kesim ishtirok etgan? A) O’ylamay qilingan ish, Boshga keltirar tashvish. B) Olim bo'lsang, olam seniki C) Maqtanma g'oz, hunaring oz D) O'roqda yo'q, mashoqda yo'q, xirmonda hozir.
15. O’g’limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir. Ushbu gapda so'zlar o‘zaro bog'lanib, necha o'rinda moslashuvli tobe bog’lanish hosil qilgan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5
Do'stlaringiz bilan baham: |