11. Tarkibida portlovchi undosh nisbatan ko‘proq qatnashgan so‘zni toping.
A) komil B) halovat C) maqsad D) suvsiz
12. Bugun soat uchlarda kelaman. Berilgan gapdagi –lar qo‘shimchasi qanday ma’noni ifodalaydi? A) ko‘plik ma’nosi B) hurmat ma’nosini C) taxmin ma’nosi D) belgini kuchaytirish ma’nosini
13. Tarkibida portlovchi qatnashmagan so’zni toping. A) suvsiz B) maqsad C) halovat D) komil
14. Na muattar chamanzorlar, na muhtasham qo`shiqlar, na kumushlangan hovuzlar, na chiroyli qafasdagi qushlar – birortasi uni qiziqtirmadi. Ushbu gapda nechta yasama so`z bor? A) 4 ta B) 2ta C) 3 ta D) yo`q
15. Qaysi gapda narsa yoki shaxsning o'lchovini ifodalash uchun qo'llangan hisob so'z alohida olinganda predmet ma'nosini bildirmaydi? A) Yoinki bir asr zindonda yotmoq, nodon suhbatidan ko'ra yaxshiroq. B) Uyga kirmadingiz-da, aka. Bir payola choy ustida suhbatlashar edik. C) Bizning ikki nafar o'quvchimiz shahar olimpiadasida faxrli o'rinlarni egallashdi. D) Bizning uyimizdan yuz qadamcha yurilsa, "Oqmasjid" mahallasiga chiqiladi.
36-variant
1. Quyidagi so‘zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalash uchun qo‘yiladi? 1) qat...iy; 2) da...vo; 3) mo‘...jiza; 4) sur...at; 5) e...lon.
A) 1, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 5
2. Kongress so‘zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud? A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari B) 2 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari C) 2 ta til orqa, 3 ta til oldi undoshlari D) 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
3. Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim, bulbulimdan ayrildim; ko‘nglim sindi chil-chil; mening ozurda yuragimni bu kun so‘roqlamas hech kim. Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan nechta so‘z bor, ularning nechtasi fe’l so‘z turkumiga mansub? A) 5 ta so‘z, 3 tasi fe’l B) 5 ta so‘z, 2 tasi fe’l C) 6 ta so‘z, 3 tasi fe’l D) 6 ta so‘z, 2 tasi fe’l
4. Bir turkum doirasidagi shakldosh so‘zlar qaysi javobda keltirilgan? A) yoz, palla, rasta B) palata, soch, nor C) oq, savdo, oqibat D) savag‘ich, sandal, palla
5. Qaysi gapda uchta yasama so‘z ishtirok etgan? A) Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor bo‘lgani bilan sovuq. B) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bo‘lganday keskin gapirdi. C) Semizlikni qo‘y ko‘tarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi. D) U bolalikdan dorbozlarning o‘yinlarini yoqtirar edi.
6. Ota-bobolarimiz hamisha astoydil olg‘a intilganlar. Ushbu gapda qo‘llangan
ravishning ma’no turini aniqlang. A) o‘rin ravishi B) payt va holat ravishari C) holat, o‘rin va payt ravishlari D) o‘rin va payt ravishlari
7. Qanday so‘zlar vazifadosh bog‘lovchilar bo‘lishi mumkin? 1) ko‘makchilar; 2) yuklamalar; 3) modal so‘zlar; 4) taqlid so‘zlar; 5) bog‘lovchilar A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2
Do'stlaringiz bilan baham: |