10. Biroz qor yog`di // sovuq bo`lmadi. Ushbu gapda // belgisi o`rniga qaysi tinish belgisi qo`yiladi?
A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 11. Kelasi zamonning qaysi shakli ko`proq publitsistik uslubga xos bo`lib, unda tantanavorlik ta’kidi mavjud.
A) -a B) -gusi C) -ajak D) -ar
12. Qaysi javobda omonim so‘zlar berilgan?
A) asil, yod B) asr, uch
C) alfoz, dunyo D) davo, qavoq
13. Voqealar mantig‘i Otabekningsofdilligi, irodaliligi, „asl yigitligi”ni bo‘rttirishga, uning xarakteri mantig‘ini asoslashga, ishonchliligini ta’minlashga, jonli tasavvur etishga xizmat qilmoqda. Ushbu gapda qaysi bo‘lak uyushgan?
A) aniqlovchi B) hol C) ega D) to‘ldiruvchi 14. Berilgan misollardan nechtasida fonetik o’zgarishlar faqat turlovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida sodir bo’lgan?
1. Qanday bo’lsang shunday azizsan menga, Mening davlatim bu sening borliging.
2. Ayriliq o’tiga bag’rini dog’lab, Borayotir Qalmoq elni so’roqlab…
3. Eliboylar bundan ko’chib boradi, Qoldi endi o’ynab o’sgan elim deb.
4. Dudog’ing guldan xushbo’y, yuzlaring undan xushro’y A) ikkitasida B) to’rttasida
C) uchtasida D) bittasida
15. Qaysi qatordagi gaplarda vazifadosh ko'makchi qatnashgan?
1. Siz bilan hamsuhbat bo’lmasdan avval boshqacha xayolda edim.
2. Usmon she’rlarida jimjimadorlik ko’rinmas, fikr-tuyg'u sodda til orqali harorat bilan bayon etilar edi.
3. Sizni ovqat ustida bezovta qilayotganim uchun uzr so'rayman.
4. Shunday qilib, ish borgan sari katta bo'lar va ish katta bo'lgan sayin Said Jalolxonning kallasi og'irlashar edi.
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 4
11-variant
1. Qaysi gapda jarangli undoshlar berilgan?
A) k, t, ch B) b, z, h C) l, m, sh D) r, j, v
2. Ko‘chma ma’noli so‘z berilmagan javobni belgilang. A) achchiq xotira B) qattiq odam
C) tez yurmoq D) ayb yog‘dirmoq
3. Qaysi javobda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z qatnashgan?
A) O‘tloq bo‘ylab yo‘lga tushdik.
B) Gunohi ne edi porloq quyoshning.
C) Ikki ko‘zi har nav mollar bilan to‘la xurjunni yelkaga tashlab, inqillab kirdi.
D) Kechgacha tuz totmadi.
4. Yetakchi qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qaysi javobda berilgan?
A) ”Lolazor” romanini o‘qib chiqdim
B) Tezda hal qilish kerak, Talabgorlar ko‘p
C) Shunday o‘ylasangiz yanglishasiz, – deb e’tiroz bildirdi Abdukarim.
D) U do‘stini ancha vaqtlargacha qo‘llab yurdi.
5. Kesimi ravish so‘z turkumi bilan ifodalangan ergash gapli qo‘shma gap qaysi javobda berilgan?
A) Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda qut-baraka bo‘ladi.
B) Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo‘ladi. C) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, so‘rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi.
D) Yaxshilar jamiyatda ko‘pdir, yaxshilik bo‘lsa uning asosidir.
6. Qaysi qatorda quyidagi gapda qo‘llangan ko‘makchi morfemalar haqida noto‘g‘ri hukm berilgan? Kechasi ochilur, osmonga sochilur.
1) 3 ta ko‘makchi morfema sintaktik munosabat ifodalaydi; 2) 4 ta ko‘makchi morfema sintaktik munosabat ifodalaydi; 3) 2 ta ko‘makchi morfema lug‘aviy shakl yasagan;
4) 3 ta ko‘makchi morfema lug‘aviy shakl yasagan;
5) barcha ko‘makchi morfemalar lug‘aviy shakl yasovchi bo‘lib kelgan
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 5 D) 2, 4, 5
7. Ega ergash gapli qo’shma gamni belgilang
A) Kimki bo‘lsa dilozor,undan el-u bulak yurt bezor.
B) Toliyim shuki, jahonda bir guliston tanladim.
C) Shunisi aniqki, ahvol yomon.
D) Dutor chalib o‘tirsam,tori uzilib ketdi.
8. Qaysi javobda ortirma nisbat qo‘shimchasi bilan omonimlik hosil qiluvchi so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan?
A) Tushida katta bir yig‘in emish.
B) Idishlarni yangi suvlar bilan to‘lat.
C) Ushbu boshqotirmaga berkitilgan kirish so‘zlarni toping.
D) O‘zbek imlosi va tinish belgilari, fonetika va grammatikasi bo‘yicha asarlar yozildi.
9. Imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan so‘z qaysi gapda ishtirok etgan?
A) Tamagirlik – kishining boshiga bitgan balo.
B) Ismoil polvon yurish-turishi, avzoyidan osonlikcha jon beradiganga o‘xshamasdi!
C) Balki bu unga taqiqlanmagandir, ammo u taqiq haqida ham hech qayerda lom-mim demagan.
D) «Ilm – insoniyat qudrati» mavzuyi uchun epigraf tanlang.
10. Quyidagi gapda nechta turkumga oid so‘z ishtirok etgan? Shavkat onasini qo‘yib yubordi-da, chopqillab narigi uyga kirib ketdi
. A) 4 ta B) 6 C) 5 D) 3
11. Qaysi javobda harakat nomi uyushgan hol vazifasida kelgan?
A) Qush goh ko‘tarilib, goh pastlab bir joyda uchib turdi. B) Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham uni qo‘liga olar, suyar va gaplariga, qiliqlariga zavq bilan kular edi.
C) Bilim o‘qish va takrorlash mevasidir.
D) Erta bahorda daraxt ekish, yerlarni yumshatish eng yaxshi odatimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |