12. Tinish belgilarining qo’llanishi haqidagi bo’lim qanday nomlanadi?
A) punktuatsiya B) orfografiya C) morfemika D) grafika
13. Men bolalarni uyga taklif etdim. Qaysi javobda gapdagi so’zlarni tobe bog’lagan vositalar berilgan?
A) -lar, -ni, -ga, -di, -m
B) -ni, -ga, -di, -m
C) -ni, -ga, -m
D) -lar, -ni, -ga, -m
14. Qaysi qatorda ergashtiruvchi bog`lovchilar berilgan. A) ammo, lekin, biroq B) -u, -yu, -da, balki
C) chunki, agar, toki D) balki, hamda, va
15. Tildagi so`zlarning qanday paydo bo`lishini o`rgatuvchi lug’at
A) izohli lug’at
B) imlo lug’at
C) morfemik lug’at
D) etimologik lug’at
14-variant
1. Fe`lning noaniq shakli berilgan qatorni toping?
A) ishlamoqda B) o`qimoq
C) bilgan edi D) yozsa
2. Qaysi gapning egasi harakat nomi bilan ifodalangan?
A) Balandda yashash qiziq bo`lar ekan.
B) O`qiganlar kengroq fikrlaydi
C) Mehnat qilish va kurashishni o`rganing
D) Yuksak marralarni egallash uchun harakat qilishdan to`xtamang
3. Qaysi gapda fonetik yozuv asosida yozilgan undalma qatnashgan?
A) Keldingmi, do`ndig`im? – deb xomush jilmaydilar.
B) Menga qara, Sardor, birato`la kelib menikida yashab tursang-chi?
C) Bolajonim, axir sen hali yoshsan.
D) Singiljon, ekaver rayhonlaringni, Egasi bor yurtning ertasi border.
4. Tarkibida jarangli va jarangsiz undoshlar bir bo`g`inda yonma-yon kelgan so`zlarni toping.
1) kilometr; 2) fransuz; 3) sinfdosh; 4) mehribon; 5) fragment; 6) berkitmoq; 7) hamfikr; 8) harsillamoq.
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8 D) 1, 2, 3, 5, 7
5. Bosh gapning markazi murakkab ot kesim bo'lgan javobni aniqlang.
A) Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak.
B) Til millatning bebaho mulki, shuning uchun uni hamisha muhofaza qilmoq lozim.
C) Shuni bilingki, vaqning qadriga yetish, uni behuda o'tkazmaslik kerak.
D) Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma yog'i buzilib-yorilib ketib, yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi.
6. AYYOR, mug'ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog'uli, mo'ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston. Ushbu sinonimlar qatoridagi qaysi so'z folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi?
A) quv B) qilvir(i) C) maston D) dog'uli
7. Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so'z birikmasi bo'lib kela olmaydi?
A) yostig'ini quritmoq
B) qulog'iga quymoq
C) dilidan o'tkazmoq
D) ichini bo'shatmoq
8. Quyida berilganlardan shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan asosdan yasalgan yasama so'zlarni aniqlang.
1) bo'ychan; 2) chopiq; 3) ko'chmoq; 4) oqlamoq; 5) bog'li; 6) bo'g'moq.
A) 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5
9. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik bor?
A) Mening opam ham – tajribali shifokor.
B) Na qor, na yomg'ir va na to'fon – hech narsa ularni qo'rqita olmadi.
C) Aytiigan so'z – otilgan o'q
D) Qor yog'di – don yog'di.
10. Qizim, oyog'ingni chetroqqa yech, birov qoqilmasin. Ma’no ko'chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
11. Nutqning qaysi kommunikativ sifati so'zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo'llanishi, so'zning voqelikdagi o'zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladi?
A) nutqning jo'yaliligi
B) nutqning mantiqiyligi
C) nutqning aniqligi
D) nutqning ifodaliligi
12. Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan uyushiq hol mavjud?
A) U ko'chadan kiyimlari yirtilib, titilib kirdi.
B) Bola, shoshib kelganidan bo'lsa kerak, tutilib-tutilib gapirardi.
C) Biz topilgan, o'rganilgan barcha ma’lumotlarni jamlab hisobotga kirgizishimiz lozim.
D) Suv qahr bilan uning biqiniga urilib shovullar, boshidan oshib o'tguday bo'lar, lekin tog'day gavdasini qimirlata olmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |