Тарихшунослик фанидан


-MA’RUZA: MUSTAQILLIK YILLARIDA TARIX FALSAFASI VA TARIXIY DAVR



Download 1,65 Mb.
bet80/111
Sana28.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#514944
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111
Bog'liq
tarix falsafasi

11-MA’RUZA: MUSTAQILLIK YILLARIDA TARIX FALSAFASI VA TARIXIY DAVR


Tayanch iboralar: I.A.Karimovning asarlari. Barkamol insonni shakllantirishda tarixning tutgan o‘rni. Tarix – xalq xotirasi. Tarixning milliy g‘oya va milliy mafkuraning shakllanishida tutgan o‘rni. Tarix va milliy taraqqiyot masalalari. Mustaqillik va tarixga yangicha nazar. Tarixni xolisona o‘rganish masalalari. Milliy istiqlol va g‘oyaviy-siyosiy dunyoqarash. Vatanparvarlik g‘oyasi va tarix. Milliy o‘zlikni anglashda tarixni tutgan o‘rni. Tarixiy va falsafiy merosni o‘rganish masalalari. Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi. Tarix va ma’naviyat. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Insonparvarlik g‘oyasi va tarix. Dunyoviy tafakkur va milliy xavfsizlik.

XX asrning so‘nggi o‘n yilligi insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Totalitarizm, ma’muriy-buyruqbozlik va zo‘ravonlik g‘oyalariga tayangan sotsializm barbod bo‘ldi. G‘ayriinsoniy goyalar tashviqotchisi bo‘lgan kommunizm mafkurasi inqirozga uchrab, mustamlakachilikning so‘nggi qo‘rgonlari quladi. Bashariyat taqdirvda inson va jamiyatni ozod etishning yangi bosqichi, yalpi yangilanishlar jarayoni boshlandi. Bunday tarixiy o‘zgarishlar dunyo iqtisodiy, ma’naviy hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining ilgari misli ko‘rilmagan keng miqyosli yangilanishlar pallasiga kirganliganing ravshan ifodasidir.


Umumjahoniy yangilanishlar jarayoni avval muayyan mamlakat, keyin bir guruh davlatlar, oxir-oqibatda barcha mamlakatlar taqdiriga, jamiyatlar va jamoalar, alohida insonlar hayotiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsata boshladi. Dunyo yangilanishlari jarayoniga har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami, ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy saviyasi, kamoloti darajasidan kelib chiqqan holda qo‘shila boshladi.
O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar jarayonlari oqimida o‘zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim.
O‘zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo‘ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil etish, baholash hamda ilmiy-nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish O‘zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‘ziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg‘unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart-sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da’vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayoni boshlanishiga nazariy poydevor qo‘yidtsi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma’naviy dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.
O‘zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o‘zaro uzviy bog‘langan yo‘nalishlarda amalga oshirishga kirishdi. Birinchisi, mamlakatning ichki dunyosida, ya’ni iqtisodiyot, ma’naviyat, siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar majmuidan iborat bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish – xalqaro ijtimoiy muhit manzarasini takomillashtirish, ya’ni qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni barqarorlashtirish, kolliziya muhitidan murosa, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga o‘tish, millatlararo, davlatlararo, konfessiyalararo tolerantlik munosabatlarini chuqurlashtirish, insoniyatga umumiy xavf tug‘diruvchi terrorizm, narkobiznes, ekstremizmga qarshi xalqaro tashkilot tuzilmalariga asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi.
O‘zbekistonda yalpi yangilanishlar jarayoni Islom Karimovning qonunlar o‘zgarishlar jarayonlaridan avval yurishi kerak, degan metodologik ko‘rsatmasi asosida amalga oshirila boshlangandi.
Dastavval, O‘zbekiston mustaqilligining huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi. Mamlakatning istiqlol Konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an’anaviy davlatchilik g‘oyalari va jahon davlatchiligi ilg‘or tajribalarining sintezi shaklida barpo etildi. Boshqaruvda yangi usullar qaror totstsi. Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o‘zgarishlar yasaldi. Nodavlat tuzil-malar, jamoat tashkilotlari va o‘z-o‘zini boshqarish organlarining vakolatlari kengaytirildi.
Ko‘p partiyaviylik tizimi tarkib topishiga keng sharoit yaratiddi. Jamiyat hayotida sog‘lom demokratik jarayonlar muhiti vujudga keldi va chuqurlashdi. Inson haq- huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy asoslari vujudga kelmoqda. Sud hokimiyati mustaqillik mohiyati va hozirgi zamon xalqaro huquq tamoyillari negizida tubdan isloh qilindi.
Millatlararo totuvlikni ta’minlash choralari ko‘rildi. MILLIY xavfsizlik kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakat hududiy yaxlitligini va tinchligini ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy qurolli kuchlar tizimi yaratildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy tamoyillari doirasida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi.
Iqtisodiy islohotlarning «o‘zbek modeli» vujudga keldi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, pul-kredit siyosati tamoyillari ishlab chiqildi. Mulkchilik, mulkka egalik tushunchalari shakllandi. Mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi.
O‘zbekistonda ma’naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik an’analariga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatimizni ozod va obod jamiyatga aylantiruvchi, vatan ravnaqini ma’naviy ta’minlab beruvchi milliy istiqlol goyasi shakllandi.
Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g‘oyalarini anglashda tarixiy shaxslar, buyuk allomalar va sarkardalar, xususan, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, At-Termiziy, Imom Buxoriy, Al-Moturidiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning «yangi jamiyat qurishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va ta’lim-tarbiyaning roli oshirildi. Bu sohani tubdan isloh qilish va yangilash jarayonlari izchil amalga oshirilmoqtsa.
Mustaqil O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli va faol sub’ektiga aylandi. U Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘ringa ega bo‘lib, mintaqa taraqqiyotida muhim rol o‘ynay boshladi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik va qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqildi.
Bunday keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayoni chuqur asoslangan ilmiy-nazariy tahlilni, nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqarishni, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ijtimoiy-gumanitar fanlar oldiga dolzarb muammo sifatida qo‘ymoqda.
Darhaqiqat, yalpi o‘zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida ijtimoiy ong mazmunida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Odamlar tafakkurida, fe’l-atvorida, sa’y-harakatlarida yangi qadriyatlar qaror topdi. Hayotga munosabatlar tizimi o‘zgardi. O‘zbek mentaliteti, milliy xarakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa boshladi. Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohada tub yangilanishlarga, o‘zgarishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi.
Mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning o‘zbekona tamoyillari vujudga keldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshlandi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari uning o‘ziga qaytarildi. Dinga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi.



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish