A.Toynbi kontseptsiyasi
Arnold Toynbi 1889 yilda dunyoga kelgan. U ham XX asr falsafasining yirik vakillaridan biri hisoblanadi. U 33 yoshida Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi mahkamasida katta lavozimda ishlaydi. U shu paytda tarixiy jarayonni tadqiq qilish dasturini tuzadi va tarix davrlari nomli 12 jilddan iborat asosiy asarini yozadi.
Toynbi dunyoviy tarixni harakatga keltiruvchi kuchli sivilizatsiyani tugdiruvchi va halokatga olib keluvchi imkoniyatlarni ochib berishni oz oldiga maqsad qilib qoyadi. XX asrning boshlarida esa sivilizatsiyalar ham yoq bolib ketuvchi xususiyatga egaligi aniq bolib qolgan edi. Jumladan birinchi jahon urushi, kimyoviy qurollarning qollanilishi, suv osti va samo urushlari, Xirosima va Osventsim hodisalari fikrimizning dalili bola oladi. Shunday davrda madaniyatning tugilishi, rivojlanishi va halokati dolzarb masalaga aylanadi. Toynbi oz tadqiqotini rivoji va halokati dolzarb masalaga aylandi. Toynbi oz tadqiqotini tarixiy jarayonning predmet chegarasini (hamma uchun tushunarli tilda) aniqlab olishdan boshlaydi. U Angliyaning tarixiy yolini organadi, va shunday xulosaga keladiki, bunday birlik milliy davlat bola olmasligini tasdiqlaydi. Buning sababi, Angliyaning tarixi boshqa mamlakatlar tarixi bilan minglab sotsiomadaniy rishtalar orqali chambarchas uzviy boglanib ketgan edi, uni bu munosabatlardan uzib olib, xolis organish bajarib bolmaydigan vazifaga aylanadi. Shuning uchun ham tahlil sifatida tarixchi yuqoriroq birlikni olishi zarur.
Toynbini tushunish uchun uni diniy faylasuf ekanligini xotirada tutish lozimdir. Diniy xristianlik ongi uchun esa haqiqat mezoni tafakkurini ham, ilohiy anglashni ham oz ichiga oladi. Shuning uchun Toynbi oz ijodida qatiy ilmiy bilish hamda ratsional intuitsiya uslublaridan foydalangandir, u inson orqali amalga oshadi, shu jihatdan uni bilish ilohiy anglashni talab qiladi. Ilohiy anglash bolganligi uchun tarix mazmunga egadir. Inson ana shu mazmunni egallashi shart.
Toynbi butun tarixni egallashni istaydi, shuning uchun ham xuddi shifokor bemorining alohida organizmini organgandek, tarixni tashkil etuvchi qismlarini tahlil qilishga kirishadi tadqiqotning maqsadi esa sotsiogenezning mexanizmini ochib berishdan iboratdir. Bu mexanizm yuqori darajada umumiylikka ega bolishi kerakki, alohida sivilizatsiyalarni ham jumladan butun tarixni ham qamrab olsin. Toynbi sotsiogenezisni harakatga keltiruvchi umumiy kuchni topish mushkulligini anglab etadi. U ana shu kuchni qanday ishlash mexanizmini ochishga intiladi.
Toynbi sivilizatsiya genezisini uch komponentdan iborat deydi. Ular universal davlat, dunyoviy cherkov va qabila harakati. Ana shu tuzilmaning mavjudligi sivilizatsiyani tashkil qiladi. Biroq sivilizatsiyalar oz-ozidan shakllanmaydi. Uning rivoji uchun oziga xos tarixiy davr bolishi shart. Bunday davrni Toynbi Chaqiruv va javob deb belgilaydi. Garchi sivilizatsiya genezisida uch komponentning xammasi mujassam bolib, chaqiruv bolmasa, u holda javob xam bolmaydi, natijada sivilizatsiya taraqqiy etmaydi.
Chaqiruv davri shunday davrki, bunda jamiyat qandaydir xavf ostida boladi. Chaqiruv turlicha bolishi mumkin. Chaqiruv davrini qadimgi Yunoniston shahar davlatlari oz boshlaridan kechirganlar ular aholi soni osib ketishi oqibatida ozuqa maxsulotlarining kamayib ketishi va eroziya natijasida hosildor erlarning qisqarib ketishidan azob chekkanlar. Shahar davlatlar (polislar) bu chaqiruvga turlicha javob berganlar: ayrimlari (korinf, Xolkida) Orta er dengizi qirgoqlarida yashovchi mahalliy aholini kaloniyalarga aylantirganlar: ayrimlari (spartaliklar) harbiy yurishlar uyushtirib qoshni aholini bosib oldilar va va ozlariga boysundirdilar, uchinchilari (Afina) qishloq xojaligi mahsulotlarini import qilib, hunarmandchilikni jadallik bilan rivojlantirishga kirishdilar. Shunday qilib bitta chaqiruvga uch hil javob berishdi. Buning natijasida bir biridan tubdan farq qiladigan uch xil jamiyat va madaniyat tashkil boldi.
Jumladan, Avstriyaning rivoji, Toynbi fikricha, Turkiyaga qarshi turishga olib keldi, Yevropaning forportiga aylandi. Daryolar ortasidagi sivilizatsiyaning va Misrning rivoji tabiat chaqiruviga javob tarzida shakllanadi bu vaqti-vaqti bilan daryoning toshib turishi bilan boglanadi. Demak, yangi sivilizatsiya genezisining asosi uchun chaqiruv davrining bolishi majburiydir, usiz sivilizatsiyaning spontan taraqqiyoti mutlaqo mumkin emas.
Shunday qilib, chaqiruv va javobning ozaro munosabatidan iborat bolgan tarix yoli abadiy ravishda turgunlik yoki halokat ortasida harakat qiladi. Chaqiruv va javob har bir madaniyatning tarixiga oiddir, ular doim bir birlari bilan orin almashdi. Toynbi madaniy genezisning universal kalitini topishga intilmaydi, u ana shu genezisning ishlash mexanizimini oziga xos mazmun bilan toldiradi. Toynbining sivilizatsiyasi bazi kamchiliklardan ham xoli emas. Unda qilingan xulosalar yaxlitlikni tashkil qilmaydi. Shunday bolsa ham, Toynbining tarix falsafasi ochiq tizimdir va insoniyat dunyo hayotining har bir chaqiruviga javob berishga qodirdir.
Demak, Toynbi madaniyat va insoniyat tarixini tsikllik (davriy) rivoji goyasini ilgari suradi. Uning fikricha, yagona dunyoviy tarixiy jarayon mutlaqo bemanilikdir. Dunyoviy tarix, alohida mustaqil sivilizatsiyalar tarixidan iborat. Sivilizatsiyalar esa oziga xos madaniy tuzilmadir.Ular oz hayot yollarida uch davrni bosib otadilar : shakllanadi, unib osadi, gullaydi va nihoyat halok boladi. Boshqasining tuzilishi uchun oz ornini boshatib beradi.
Shpinglerdan farqli ravishda Toynbi shuni takidlaydiki, yani sivilizatsiyalarni birlashtiruvchi holqa mavjuddir. Bu holqa insoniyatning manaviy kamol topishini oz ichiga oladi. Shunday bolsa ham, Toynbi Shpinglerning kopgina goyalaridan foydalanadi. Lekin u professional tarixchi sifatida aniq yorqin dallilarga suyangan holda oz nazariy umumxulosalarini bayon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |