O. Shpengler Yevropaning sonishi.
Osvald Shpengler 1880 yilning 29 mayida Gori yaqinidagi mojazgina Blankerburg shahrida tugiladi. 1887 yilda Shpingler oilasi Zost shahriga kochib otishadi. Shpengler bu erda gimnaziyaga oqishga kiradi. U yillar otgach yana Goriga kochib otishadi. Shpengler Latinadagi oquv bilim yurtida oqiydi. Bu oquv bilim yurti oz asoschisi ilohiyotchi, pedagog Avgust German Farnke nomida edi. Bu erda qadimiy tillar chuqur orgatilar edi. O.Shpengler nemis faylasufi va XX asr tarix falsafasi kontseptsiyasining namoyandasi hisoblanadi. 1904 yilda Shpengler Garida Geraklit falsafasining metafizik goyasi mavzusida imtihon topshirib, gimnaziyada tabbiy fanlardan, matematika, tarix va nemis tilidan dars berish huquqiga ega boldi. 1908 yildan 1911 yilgacha Gamburgdagi Genrix Gerts gimnaziyasida dars beradi keyinchalik u bu ishni tashlab yozuvchilik bilan shugillanadi.
Shpengler keyinchalik Myunxenga kochib borib, u erda hech kim bilan muloqotga kirishmay Evrpoaning sonishi nomli mashhur asarining qoralama variantini yozadi. Nihoyat bu kitobning birinchi jildi 1918 yilda nashr qilindi va u muallifga shonshuhrat keltiradi. 1919 yilda Prusschilikva sotsializm nomli uncha katta bolmagan asarini yozadi. 1922 yilda esa, Yevropaning sonishi asarining ikkinchi jildi nashrdan chiqadi.
1925 yilda Shpengler siyosatdan qatiy ravishda uzoqlashadi. U oz diqqatini ilmiy faoliyatga qaratadi. Shpengler falsafaning metafizik masalalari togrisida yakunlanmagan qisqa asarlar yozadi. Shu bilan bir qatorda Shpengler etnologiya, masalalari bilan ham shugillandi. Bu faoliyat uni dunyoning yangi tarixini ishlab chiqishga olib keladi. Uning bu goyasi bir necha maqolalarida oz aksini topadi: Amerika madaniyati, Falak gardishi va uning dunyo tarixidagi ahamiyati, Xristianlikning ikkinchi ming yilligida dunyo tarixi masalalariga oid lavhalarda bu maqolalar birlamchi savollarda nomli toplamda nashr qilinadi.
Shpengler falsafasining markaziy mavzusi tarix lekin tarix madaniyat orqali tushuntiriladi. Har bir madaniyat aylanma harakatga ega, yani tugiladi, ravnaq topadi va halokatga yuz tutadi. Yevropa madaniyati ham oxirgi uchinchi bosqichni oz boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga oxshamaydi. Har bir madaniyat oz qobigiga joylashgan boshqa madaniyatga oz yutuqlarini bera olmaydi. Shpengler ozining tarixiy kontseptsiyasini yaratganda kopgina falsafiy masalalrni kotaradi. Jumladan, ijtimoiy siyosiy muammolar ham oziga xos ravishda madaniyat tushunchasi orqali oz echimini topgan.
Yevropaning sonishi asari nashr etilishi nafaqat Germaniyaning turli qatlamlari orasida, balki rus ziyolilari orasida ham katta qiziqish uygotdi. Tarix falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayandi. Xuddi ana shu uslub unga katta muvaffaqiyat olib keldi. Yevropani sonishi asrida Shpengler etiborini Yevropa madaniyati taqdirini ochib berishga qaratilgan. Asarning boshlanishi u hali hech kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan, - deydi, u ozining tarixiy talimotini ozi bilgan talimotlarga qarshi qoydi. Lekin ayrim goyalarni Nitsshe va Gyotedan olganligini tan oladi. Shpengler tabiat haqidagi fanlarga ruh haqidagi fanlarni qarshi qoyadi. Tabiat va tarix faqatgina subektning ongidagina kechinmalaridagina oz voqeligini oladi. Mustaqil reallik sifatida ular mumkin emas, faqat ruhdagina mavjud, yani subektsiz obekt mumkin emas subekt umuman ongdir, dunyo asosida men yotadi, ana shu menorqali u ozini nomayon qildi. Men yakka ong emas, balki xalq, madaniyat, insoniyat va turli kechinmalar Shpenglerning asosiy goyasi tarix, alohida yashirin madaniyatlarning almashinuvidir. U tarixni uzluksiz jarayon sifatida inkor qiladi va tarixiy taraqqiyotni ham inkor qiladi. Shpengler fikricha, Garb odami uchun tarix butunlay ozgacha korinishga ega. Tarixning markazi dunyo tarixining bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qildi. Shu manzara, Shpengler takidiga mohiyatan, bizning uygoq ongimiz mahsulidir. Shu asosda Garb ruhi ozini anglaydi, shu zaruriy shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi.
Tarixni faqat his etish kerak, tarixda faqat yashash kerak. Shpengler uchun tarixni bilish uslubi oxshashliklardir (anologya) shunday qilib qarixiy voqealarni tahlil qilganda, ularning ichki qonuniyatlari, mantiqiy bogliqliklarini qidirmasdan balki, oxshashlikni paralellarini topishga harakat qilish ana shu asosda tarixni yaratish kerak.
Shpenglerning fikricha uni Hayot falsafasi namoyandalariga yaqinlashtiradi, lekin shu bilan bir qatorda farqi ham bordir, yani tabiat bilan tarix ziddiyati ularning obektlarida emas, balki bilish uslublarida farqlanadi. Tabiat va tarix deb yozadi Shpengler mana shu ikki qarama qarshi uslub, oziga borliqni tartibga solishga urinadi. Agar har bir vujudga kelayotgan jarayonni mavjudlik nuqtai nazaridan koradigan bolsak, borliq tabiatga aylanadi, imkoniy vujudni zaruriy vujudga (jarayonga) boysundirsak tarix boladi, deydi Shpengler. Jumladan tafakkur ishga solinsa, uning olik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni tushuntirishga harakat qiladi.
Ichki ishlarimizga, hissiyotimizga, intuitsiyamizga murojaat qilsak koz ongimizda tarix namayon boladi. Tabiat tafakkur faoliyati natijasidir, bilish oqibatidir. Tarix esa mushohada, intuitsiya natijasidir. Har bir madaniyatning hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni Shpengler fikricha his qilish kerak. Agar kim uni his qilmasa, tarix bilan shugillanmaslik, tabiatni bilishga organish mumkin lekin tarixchi bolib tugilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi.
Tarixning mazmuni uning ruhida namoyon boladi. Madaniyat ruhiyatning tashqi korinishidir. Shpengler sakkizta madaniyatni sanab otadi. Bular Xitoy, Bobil, Misr, Hind, antik, arab, garb va maya xalqining madaniyatidir. Rus madaniyati haqida alohida etibor bilan gapiradi. Har bir madaniyat qaytarilmas, oziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida oziga xos ruhiyat yotadi. Masalan antik madaniyatda Apollon ruhiyati arab madaniyatida mistik (afsungarlik) ruhiyati garb madaniyatida Faust ruhiyati yotadi.
Shpengler tarixchi va faylasuflarni butun dunyo tarixini Qadimgi va yangi davr tarixiga ajratishlarni tanqid qiladi. Bu ajratish faqat garb mamlakatlariga xosligini Shpengler yozadi va shu erda Garb tarixchilarining Yevropa markazchiligi tamoyilini tanqid qiladi.
Shpenglerning Yevropaning sonishi asari nafaqat tarix falsafasiga bagishlangan, unda siyosiy masalalar ham kotarilgandir. U soz boshida shunday yozadi: Bu kitobda kelajak tarixni aniqlashga harakat qilingan, vazifa shundan iboratki, nihoyasiga etayotgan er yuzasidagi yagona madaniyatning, yani Garbiy Yevropa madaniyatining taqdirini organishdir. Muammo Garb halokati sivilizatsiya masalasiga kelib taqaladi. U kohna tarixning asosiy masalalaridan biridir.
Har bir madaniyatning oz sivilizatsiyasi boladi. Sivilizatsiya eng oxirgi, eng suniy holatdir. Sivilizatsiya eng madaniyatli insonlarga xosdir. Shpengler sivilizatsiya haqida gapirib, shahar togrisida ham fikr yuritadi. Yani shahar ozlikni yoqotishlik sifatida ruhiyatning olishi sifatida paydo boladi.
Madaniyat ruhiyat, sivilizatsiya esa tafakkurdir deb yozadi Shpengler. Garbda madaniyatdan sivilizatsiyaga otish qadimda qadimda VI asrda sodir bolgan. Shahar sivilizatsiyaning oqibatidir. Madaniyatli insonda quvvat inson ichiga yonaltirilgan sivilizatsiya inikosida esa quvvat tashqariga yonaltirilgan. Hayot imkoniyatni amalga oshirishdir, tafakkurli insonlarda imkoniyat cheksiz kengdir. Shpengler qatiy ravishda umumdunyo tarixini inkor qiladi. U shunday yozadi: Insoniyat men uchun zoologik birlikdir. Men Garbiy Yevropa faylasuflarining fikrlarida insoniyat ravnaqi, maqsadi va yollarini kormayapman. Tarixni ananaviy tarzda qadimgi, orta va yangi davrga bolishni Shpengler juda tor doiradagi provintsializmga kiritadi. Uning uchun yagona insoniyat tarixi yoq, faqat alohida ajralgan madaniyatlar mavjuddir. Ular tasodifan paydo boladi, rivojlanadi va halok boladi. Misoli dalada osgan gul taqdirini boshidan kechiradi, osimliklar, hayvonot olamiga oxshash morfologik organizmlar bolgani kabi tarixda ham xuddi shunday organizmlar mavjud, bu tarix morfologiyasi har bir madaniy organizm uchun davr va bosqichlarni belgilaydi. har qanday madaniyat deb yozadi Shpengler, - insondek hayot kechiradi. Ularning oz bolaligi, osmirligi, orta yoshi va qariligi boladi.
Shpengler fikricha yagona falsafiy taraqqiyot yoli mavjud emas. Shu jumladan turli madaniyat mutafakkirlari uchun yagona masalalar ham yoq. Sanat asarlari, axloqiy tamoyillar kabi falsafiy masalalarni ham faqat oz dari ruhiyatida aks ettiradi. Shuning uchun ham, - deydi Shpengler tabiat bilan ruhning ziddiyati faqatgina bizning faylasuflarimizni qiziqtiradi. Boshqa madaniyat faylasuflari uchun bu masala qiziqish ham uygotmaydi, uni anglamadilar ham. Har bir masala oz davrining faqat oz davrining inikosidir. Har bir shunday falsafa - deb yozadi Shpengler - birinchi sozidan to ohirgi jumlasigacha mavhum mavzulardan oziga xos xususiyatlarigacha, tarixiy chegaralangan insoniyatning sof belgisidir, shuning uchun ham ular otkinchidir, ular oz hayotiy davriyligiga harakat tezligiga ega. Har bir davrning ozining mavzusi bor ushbu mavzu faqat shu davr uchun ahamiyatga egadir.
Paydo bolgan madaniyatning taqdiri qanday boladi? qanday yolni bosib otadi? Shpengler fikricha, bu yol uch davrdan iborat. Birinchisi, eng uzundir. Bu davr tayyorlov davridir, yani xaos (tartibsizlik) ning dastlabki holati, bolalik va va kuchning toplanishidir. Keyin madaniyat davri boshlanadi. Bu davr muayyan madaniyatning berilgan ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va amalga oshirishdir, suratli ijodiyotdir. Ana shu davrda hamma manaviy qadriyatlar shakllanadi, diniy etqodi mustahkamlanadi, metafizik tizimlar tuziladi, sanatning noyob sohalari, asarlari vujudga keladi.
Songra, madaniyat ozining uchinchi oxirgi davriga qadam qoyadi orqaga ketish davri, yani sivilizatsiya davri boshlanadi. Bu davrda manaviy hayot sona boshlaydi, diniy etiqod susayadi, falsafiy talimotlar yuzaki bolib qoladi, sanat ham oladi. Quruq ratsionalizm va materializm dunyoqarash asosini tashkil qiladi. Hayotning tashqi tomonlari ichki ruhiyatni engib boradi.
Har bir madaniyat davri, hayoti, Shpengler fikricha 1000 yilni tashkil qiladi, sivilizatsiyaning oxirgi davri 200-300 yilni tashkil qiladi. Har bir madaniyat, taqdir taqozosi bilan bir xil davrni boshidan kechiradi. Shpenglerning tarix falsafasini asosiy goyasi shulardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |