Iqtisodiy sohada tarkibiy ozgarishlar
Istiqlol davrida iqgisodiy infratuzilmalar tarkibi tubdan ozgartirilib, mamlakatning ichki ehtiyojlari hamda tashqi integratsiyalashuv maqsadlari asosida-gi yaxlit ishlab chiqarish kompleksi vujudga keltirildi. Tarqoq, uzuq-yuluq, sobiq ittifoq manfaatlarini ifodalovchi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatlarini qayta qurish, yangilarini barpo etish asosida mustaqil davlatning yagona ishlab chiqarish tizimi barpo etildi. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatda sobiq ittifoq manfaatlariga yonaltirilgan koordinatsiyaga barham berilib, ichki va teng huquqli, foydali hamkorlik asosidagi xalqaro koordinatsiyalashuv jarayoni vujudga keltirildi. Shunday qilib, Ozbekiston mustaqillikka erishgach, uning iqgisodini chetdan turib boshqarishga chek qoyilib, ichki imkoniyatlardan kelib chiqib boshqariladigan yagona, mustahkam asoslarga ega tizim yaratildi. Ayni paytda jahon iqtisodiy tizimining muhim boginiga aylana borib, Ozbekiston xalqaro iqtisodiy koordinatsiyalashuv jarayoniga faol kirishdi. Uning uzviy va ishonchli bogini, keng imkoniyatli subektiga aylandi.
Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hammabop tavsiyalari, tayyor avdozalari bolmaydi. Ayniqsa, madaniy, marifiy, tarixiy tajribalari asrlar mobaynida shakllangan, mustahkam va barqaror ananalar mamlakati hisoblangan Ozbekistonday qadimiy makonda oziga xos va oziga mos yol tanlanganligi istiqbolni donishmandlarga xos bashorat qilishning yorqin namunasi edi. Zero, shu nuqtai nazardan Islom Karimovning «mustaqil Ozbekiston tugilgan kuniyoq oyoqqa turishga, ozi yurishga majbur edi», deyishida chuqur mantiqiy asos bor edi.
Binobarin, istiqlol yoli taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqish jarayonlarida Islom Karimov sobiq sovet tuzumidan meros qolgan tajribalarni, mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qilib, «soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yol bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga otish tanlab olingan yolning asosiy mazmun va mohiyatidir», degan xulosaga keladi.
Ayni chogda Islom Karimov «Ozbekiston ozi uchun tanlab olgan yol ijtimoiy sohaga yonaltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng kop darajada mos keladigan bozor iqgisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. Ayni mana shunday yol Ozbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqpari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy ananalari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida manaviy, axloqiy kamol topishini taminlashi mumkin», deb qatiy korsatib bergan edi.
Islom Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, Ozbekistonda milliy davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining ozagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani ortaga tashladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |