Tortinchidan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarni ayni demokratik jarayonlarning faol ishtirokchisi, uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash. Bu ota murakkab, vaqt talab etadigan hodisa. Chunki mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish azobini, fikrlab yashash, aql-idrok yorigi bilan kun korish mashaqqatini engish uchun insonda ichki iroda, manaviy qudrat kerak. Ana shu iroda va qudratni uygotish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish oson ish emas.
Ozbekiston fuqarolik jamiyatini barpo etish yolini tanlagan ekan, ana shu inson ongi va qalbi bilan bogliq bolgan, uni isloh qilish, tirik, mavjud insonni «yangi»lash, manaviy-ruhiy «tamirlash» kabi sermashaqqat yoldan bordi. Bu har qanday davlatdan juda katta siyosiy qudrat, siyosiy madaniyat va siyosiy iroda talab etadigan buyuk hodisadir.
Siyosiy madaniyat, siyosiy ong va tushunchalar darajasi jamiyat hayotida inson ishtirokining qandayligini belgilaydi. Zotan, siyosiy madaniyat va siyosiy ong yuksak bolgan joyda odamlar hokimiyat ishida faolroq ishtirok etishadi. Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi qanday nazorat qilinayotganligini kuzatib borishadi, munosabat bildirishadi. Oz hayotlariga daxldor bolgan mamuriy tadbirlarga befarq qarashmaydi. Aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok etishadi, natijada qarorlar ijrosi uchun ozlari manfaatdor sifatida masuliyatni his qilishadi.
Islom Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar ortasida muvozanatni taminlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga alohida etibor beradi. Bu mexanizm eng avvalo jamiyatni erkinlashtirish orqali odamlarning saylovlarga munosabatini ozgartirishni, yaqin otmishimizda dunyoqarashimizda ornashib qolgan soxta saylovbozlik va siyosiy oyinlardan voz kechishni taqozo etadi. Odamlar oz manfaatlarini va maqsadlarini amalga oshirish, haq-huquqlarini himoya qilish uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglamogi lozim. Saylash va saylanish huquqi ayni har bir fuqaro siyosiy faolligini, jamiyat taraqqiyotiga daxldorligini belgilovchi omil sifatida ozini korsatmogi darkor.
Ozbekistonda saylovlar otkazishning demokratik tamoyillari mavjud. Bu tamoyillar jahon saylov otkazish tajribalari asosvda dunyoga keldi va shakllanmoqda. Fuqarolar esa uni tola-tokis qollab-quvvatlamoqda.
Inson haq-huquqlarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini qondirishda davlat qurilishi, boshqaruv tizimi va jamiyatni erkinlashtirish alohida ahamiyatga ega. Bunday siyosat xalq taqdirini, turmushi va kelajagini kafolatlagan, uning yashash erki va butun ozodligini taminlagan boladi. Zotan, uning zamirida sof umuminsoniy qadriyatlar va shaxs barkamol turmush tarzining tola kafolati mavjuddir.
Taniqli davlat va siyosat arbobi Cherchill demokratiya «hokimiyat boshqaruvining eng yaroqsiz shakli, lekin insoniyat hozircha undan maqbulroq shaklini topa olganicha yoq», deb aytgan edi.
Siyosatshunoslarning ayrimlari buni paradoks sifatida tushunishadi. Biroq, demokratiyaning bunday Cherchillcha talqinining ham mantigi bor.
Xalqimizda «qars ikki qoldan chiqadi» degan naql bor. Yoki odatda ikki va undan kop goyalar mavjud joydagina ozaro kurash, fikrlar xilma-xilligi va qarama-qarshiligi yuz beradi. Deylik, er yuzidan sotsialazmning emirilishi bilan kapitalizm oz qiymatini yoqotdi. U umrini otab bolgan eski mafkuraga aylanib qoldi. Ikki qarama-qarshi tomonning biri yoqolsa, ikkinchi tomon oz muvozanatini yoqotishi tabiiy hodisa. Ana shu mantiqan kelib chiqib ham aytish mumkinki, hozir hech qanday «izm»larning qiymati qolmadi.
Xosh, totalitarizm ham, diktatura ham butunlay barbod etilgach, inson ozodligi va yashash erki tola tamin etilgach, u qonunlar bilan kafolatlangach, demokratiyaga ehtiyoj qoladimi? Demokratiya bunday sharoitda odamlarning ham, jamiyatning ham qon-qoniga singib ketgan boladiku. Ana shu xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, demokratiya bu umuminsoniy qadriyatlar tantanasining ostonasidir!
AQShda demokratiya milliy, ananaviy ramzga aylangan. Bu haqdagi munozaralar tor ilmiy doiralardagina dunyoning boshqa mintaqalari bilan qiyosiy tarzda organiladi, xolos.
Shunday hayotiy haqiqat borki, faqat toza havoga muhtoj odamgina toza havo etishmasligini muammo qilib kotaradi. Olamga jar soladi. Oziga oxshagan odamlar orasidagina munozaralar, asabiy tortishuvlar avj oladi. Unga etishgach, kishini hayratga soluvchi osoyishtalik paydo boladi va u kundalik turmushning oddiy holatiga aylanib qoladi.
Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hamma vaqg yangilikning yolini tosadi, unga gov boladi. Islom Karimov «Eski sarqitlardan judo bolish dunyoqarashlar, psixologiyalar, turli davolar ortasidagi kozga korinmaydigan, lekin tinkani quritadigan kurashlar bilan birga bormoqda. Hayotning ozi ana shu dunyoqarashlar, psixologiyalar, davolar orasidan otishga majbur qilmoqda», deydi. Darhaqiqat, bugun Ozbekiston ana shunday murakkab, ziddiyatli bir davrni kechirmoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin bolmasin, eskicha tafakkurni sindirish, yangilikni qabul qilish qanchalik mashaqqatli bolmasin, ayni paytda u millionlab kishilarni oziga ergashtirib olmoqda. Kelajakka qatiy ishonch bilan qaralmoqda.
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi holatga otkazishdek tub islohotlar hech qachon oson kechmagan. Ana shunday tarixiy jarayonlarda Ozbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish va jahon tajribasini boyitishda yangi «ozbek modeli» vujudga kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |