Milliy va umuminsoniy qadriyatlar.
Qadriyatlar togrisida Garbda keng tarqalgan aksialogiya (aksio qadriyat, logos fan, talimot manosini anglatadi) fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq huquqlariga doir kopgina tamoyillar amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bolgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi.
Qadriyat tushunchasi nihoyatda xilmaxil manoda, turli sohalarda qollaniladi. Qadriyatlarning kundalik hayotdagi manosi kishilar ortasidagi muloqotlarda ommaviy axborot vositalarning xabarlarida oziga xos tarzda namoyon bolmoqda. Kundalik hayotda kopchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho, buyumlar, taqinchoqlar, tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar jamiyatdagi talablar orzuumidlar anana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari odamlar ozlari ishonib gohida intilib, qiziqib, yoki orzu qilib yashaydigan maqsad orzu yoki ideallarga ham qadriyattushunchasini qollaydilar.
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bolishi mumkin. Lekin biror bir narsa va hodisa xoh, moddiy bolsin, xoh manaviy bolsin, qadriyatga aylanishi uchun muayyaan bir vaqt otishi muayyan bir tajriba ortirilishi va uning ahamiyatini kopchilik tomonidan tushunishi maqullanishi lozim. Narsa va hodisa qadriyatga aylanishi jarayonida u otish vaqt mobaynida u ozini ahamiyatiga ega bolishi va korsata olishi lozim.
Qadriyatlarning xilmaxil shakllari bor: moddiy va manaviy, umumbashariy, mantiqiy, umuminsoniy, jamiyat sohalari boyicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, hayotning ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan, milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar. Qadriyatlar dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga mos kelishi darajasining aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon boladi.
Ozbekistonning mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga etibor kuchaydi. Negaki milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan manaviy asoslardan biridir. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros bolib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ularning otmishi uch ming yildan ortiq davrni ozida mujassamlashtirgan. Orta Osiyo sivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz ana shu sivilizatsiyaga hos jihatlar: tugilgan makon va ona yurtga ehtirom, milliy urf-odat va avlodlar, xotirasiga sadoqat kattalarga hurmat muomalada mulozamat, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi.
Milliy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga oxshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusmlar, marosimlar va ananalariga oziga xoslik bor.
Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bogliq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari jamiyatda amalga oshirgan faoliyati boshqalarga va atrof muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoy xususiyatlarni ozlashtirib olganligi va ularni manaviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham korinadi. Inson bolasining shaxsga aylanishi oz qadrini va ozgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi.
Umuman uchinchi ming yillikda butun dunyoda qadrlash falsafasining umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qollashga ehtiyoj kuchaydi. Tassufki, inson zoti sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor bilganida, er yuzining zamonaviy manzarasi butunlay boshqacha tus olgan, kishilikni ekalogik bohronlar urush xavfi va manaviy tanazzul kabi umumbashariy muammolar kutib turmagan bolarmidi?
Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslini uygunligini saqlab qolish uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini anglatadi. XX asrning oxirgi va XXI asrning boshlanishining birinchi besh yilliklari BMT tomonidan Inson huquqlari on yilligi deya elon qilinganligi kishilik jamiyati esa yangi ming yilikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel boglab otganligi bejiz emas. Hozirgi Ozbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini royobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bogliq faoliyatlar butun jahonda bu oradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash harakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda. Insonning butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish oz qadrini kamolga etkazish, ozgalar jamiyat, zamon va unda sodir bolayotgan ozgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan iboratdir. Oz shaxsi va boshqalar qadrini aniqlab etish uchun insonning kamoloti davomida shakllangan manaviy qiyofasi ezgulikka xizmat qilishi yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bolishi uning ozi esa hayotning mohiyati va maqsadini togri anglaydigan darajada tarbiyalamogi lozim. Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish jamiyat qonun qoidalaridan togri foydalanish ozlarining hatti-harakatlarni ana shu manaviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Hozirgi davrda talaba va oquvchilarga qadrlash va qadrlanish jarayonlarining mohiyatini anglatish, mustaqillik elon qilgan qadriyatlarning ahamiyatini togri tushunishga erishish nihoyatda dolzarb masaladir. Yoshlar xususan talabalar va oquvchilarni manaviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuygusi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namayon bolish shakllari togrisidagi bilimlarning majmuasi bolgan zamonaviy aksialogiya, yani qadriyatshunoslikning asoslarini orgatish nihoyatda muhim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash meyorlari borasida toplangan yutiqlarni umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish talim-tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |