Tarixni xolsona organish masalasi.
I. Karimov tarixga munosabatni tubdan ozgartirish hayot taqozosi ekanligini dolzarb masala qilib kotardi. Yurtboshimiz otmishimizni qayta korib chiqib, uni butunlay yangi nazar bilan galvirdan otkazishni kun tartibiga qoymoqda, buning quyidagi asoslari bor.
Birinchidan, bugungi Ozbekiston jahon xaritasida endigina paydo bolgan tasodifiy mamlakat emasligini uning ildizlarini nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga korsatish va farzandlarimiz ongiga singdirish.
Ikkinchidan, sobiq shoro siyosati va kommunistik mafkura taziyqi bilan soxtalashtirilgan tarixni oz orniga qoyish, tarix haqiqatini ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash. Unga munosib baho berish lozim.
Uchinchidan shu asosda halqimiz, ayniqsa yosh, navqiron avlodimiz qalbida milliy gurur, milliy iftixor, oz ajdodlari bilan faxrlanish tuygularini kuchaytirish. Buyuk otmishga munosib buyuk millat bolish ertangi kunga katta ishonch va istiqlol goyalariga etiqod bilan yashashni turmush tarziga aylatirish.
Hammamizga malumki, shoro hukumati davrida xalqni ataylab savodsizlatirish oz otmishidan ajratib qoyish ajdodlari, naslu-nasabi va butun tarixidan bexabar qilish siyosati darajasiga kotarilgan kommunistik mafkuraning butun mazmun mohiyatini tashkil etgan edi. Shuning uchun ham yozilayotgan ilmiy kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bolib, malumotnoma tusini olgan edi. Ijtimoiy siyosiy jarayonlarga bunday yuzaki munosabat va tarixiy sanalargina sinab otish kabi tarix fani metadologiyasi yaratildi. Bu metadologiyaning asosiy maqsadi odamlar ongini zaharlash ularni fikrini chalgitishdan iborat edi. Natijada millatlarni yoq qilib tasdiqlash, fuqarolar qalbidagi milliy gurur milliy iftixor tugularini sondirish ularni dunyoqarashini chegaralab qoyish uchun harakat qilindi. Oziga ham otmishiyu kelajagiga ham befarqlik loqaydlilik bilan qaraydigan aholi qatlami tarbiya lab etishtirildi. Ana shunday noqobil va gayriinsoniy siyosat barbod bolgach, endi oz tariximizni qaytadan tiklash uni ilmiy, tarixiy va hayotiy haqiqat nuqtai-nazaridan turib yangitdan yaratishni davlatning ozi talab qilmoqda va bunga homiylik qilmoqda Ozbekiston Fanlar akademiyasi tarix insitutining Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarqatib yuborilishi va uni qaytadan tashkil etish togrisidagi siyosiy qadriyatni manaviy va ijtimoiy ahamiyatini alohida takidlash joiz. Hukumat qarori va shaxsan I.Karimov tashabbusi bilan Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida Ozbekistonning yangi tarixi markazining ochilishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |