Тарихшунослик фанидан


Demokratiya haqida mulohazalar



Download 1,65 Mb.
bet85/111
Sana28.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#514944
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111
Bog'liq
tarix falsafasi

Demokratiya haqida mulohazalar.
Milliy istiqlol bilan bog‘liq bo‘lgan butunlay yangi tarixiy-ijtimoiy voqelik, demokratiya deganda domlalarimiz uqtirgan, falsafa fanida aniq mazmunga ega bo‘lgan «xalq hokimiyati» degan ancha sodda va yuzaki tushuncha mohiyatini xiyla chuqurlashtirdi. Darhaqiqat, bungacha uning asl mazmuni, jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, inson haq-huquqlarini belgilashdagi vazifasi xususida ko‘p ham o‘ylamaganmiz. Chunki bizda bunday sharoit ham, zarurat ham yo‘q edi.
«Qizil imperiya» demokratiyani o‘zicha tushundi va bizni ham o‘z tushunchasi doirasida tarbiyaladi. Qarashlarimiz uning ta’sirida shakllandi. Ongimiz va tafakkurimizga inson manfaatlariga, uning yashash huquqiga zid bo‘lgan g‘oyalar singdirildi. Inson o‘ylamaslik, fikrsizlik qobig‘ida qolib ketaverdi.
Demokratiya – kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab, uning erk-irodasini, xohish-istagini belgilaydigan mezon bo‘lib kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati shakllanish davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va shu asosda ma’lum tartib- qoidaga kirib qolgan aniq yo‘nalishlar o‘rtasida katta farq bor. Chunki asrlar mobaynida odamlar dunyoqarashi o‘zgarib, talab-ehtiyojlari oshdi. Hayotga munosabatlari yangicha tus oldi. U har bir davrning o‘ziga xos mahsuli sifatida yangidan-yangi shaklga kira boshladi.
Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huquqiy, ma’naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tashkil etgan aholi umumiy dunyoqarashini o‘zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda, aholining turmush tarzi, an’analari va urf-odatlari asosida shakllangan ma’naviy-ruhiy olami jamiyatda qaror topadigan demokratik jarayonlar mazmunini belgilaydi. Aks hodda, demokratiya davlat mafkurasi asosida qurilsa, uning o‘z manfaatlariga mos keladigan siyosatiga xizmat qiladi. Agar demokratiya siyosiy «o‘yin»lar holatiga kirsa, mamlakatda parokandalik, anarxiya vujudga keladi. Zero, har qanday davlat o‘z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga boshqaruvdagi aniq tamoyillariga ega bo‘lmasa, fuqarolar esa o‘z haq-huquqlarini himoya qilish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi, o‘z mamlakati istiqboli yo‘lidagi vazifalari va burchlarini to‘la anglab olmagan taqdirda demokratiya o‘zining tom ma’nodagi mazmuniga va jahon tajribasida tan olingan mohiyatiga ega bo‘la olmaydi.
Jahon davlatchiligi tarixi turli davrlarda turlicha davlat tizimlarini va boshqaruv yo‘nalishlarini ko‘rgan. Demak, inson va jamiyat, davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlar turli davrlarda turlicha tus olgan. Ana shundan kelib chiqib er sharining turli mintaqalarida xalqlar dunyoqarashi, turmush tarzi, an’analari va urf-odatlari asosida turlicha siyosiy rejimlar, tartib-qoidalar va rusumlar dunyoga kelgan.
Jahon davlatchiligi tajribalari tobora boyib, xalqning o‘zligini anglash jarayoni tobora tezlashib borgani sayin demokratiyaning shakli, mazmuni va uning jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni xususidagi munozaralar avj oddi. Ayniqsa XX asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. Er kurrasida ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tuzumning paydo bo‘lishi dunyo davlatchiligi tajribasida va jahon xalqlari tafakkurida turlicha bir-biriga zid bo‘lgan g‘oyalarni keltirib chiqardi. Ana shu g‘oyalar, tabiiy ravishda, o‘zlari hukmron bo‘lgan hududda odamlar ongini o‘zgartirib yubordi. Aniqrog‘i, ular tafakkuriga singib ketdi. Ikki lager o‘rtasidagi bunday siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va mafkuraviy raqobat kuchayib, bir-birini mahv etishga urinishlar inson huquqlarini ma’lum bir tartibga solib turish, uni himoya qilish maqsadiga yo‘naltirilgan bir qator xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishiga ehtiyoj tug‘dirdi.
Totalitar tuzumda inson huquqlarining cheklanganligi, mafkuraviy yakkahokimlik jamiyat ma’naviy taraqqiyotini cheklab qo‘ydi. Bu–birinchidan. Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ozodlik uchun kurash, milliy davlatchilikka zamin yaratish va shu asosda inson huquqlarini himoya qilish, har tomonlama barkamol demokratik jamiyatni vujudga keltirishga intilish kuchaydi. Natijada ana shu qit’alarda milliy ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar zamirida insoniyatning azaliy orzu-umidi–ozodlik va hurriyatga erishish, erkin yashash ehtiyoji yotardi.
Qadim Sharqda azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va fuqarolik jamiyatining turli elementlari mavjud edi. Bunga uzoq o‘tmishimizdan qoraxoniylar, Xorazmshoh, temuriylar va boshqa qator sulolalar davlatchiligini misol keltirish mumkin. Bu davrlar haqiqat va adolat g‘oyasi nihoyatda baland ko‘tarilgani va butun mamlakatda aniq tartib-intizom o‘rnatilgani natijasida inson hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Agar ana shu davrlarda so‘z va fikr erkinligi, g‘oyalar xilma-xilligi mavjud bo‘lmaganda edi, bu qadimiy makonda fan, madaniyat va ma’naviyat rivojlanmagan, jahon taraqqiyotiga bu darajada kuchli ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lur edi.
Sharq uyg‘onish davri va keskin yuksalish paytlarida dunyoviy ilmlar bilan islom madaniyati nazariyasi va falsafasi uyg‘un holda taraqqiy topdi. Uning natijasida vujudga kelgan ma’naviy-axloqiy an’analar turmush tarzimizga aylanib qoldi. Aks holda islom dinining buyuk namoyandalari, ulamo va fuzalolarining dunyo tan olgan asosiy ko‘pchiligi qadimiy Turon zaminida etishib chiqmas edi. Bu bizga «din – af’yundir» deb o‘rgatib kelgan, bizni xudosizlikka, imonsizlikka va e’tiqodsizlikka da’vat etgan, jaholat yo‘lini tutgan yolg‘on mafkuraning yolg’on umridan darak berganidek, islom dini va Sharq turmushi falsafasining abadiyatini, haqiqati va qadriyatlarining boqiyligini ham ko‘rsatadi. Sohibqiron Amir Temurning birgina «Kuch – adolatda» degan shiorida huquqiy demokratik davlatning ham, fuqarolik jamiyatining ham ayrim belgilari, insonning yashash huquqi, uning barcha erkinliklari ham mujassam bo‘lgan. Ayni paytda xuddi ana shular hozirgi zamon demokratik harakatlar ilg‘or tajribalarining o‘q ildizini, bosh yo‘nalishini tashkil etadi.
Albatta bu ancha-muncha munozarali masala. Mamlakatimizda yangi tarixiy sharoitlarda yangicha davlatchilik qaror topayotgan bir paytda demokratiya, fuqarolik jamiyati, aholi va jamiyat, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlar turli soha mutaxassislari o‘rtasida turlicha talqin etilmoqda. Biroq har qanday xulosalardan qat’i nazar, shu narsa aniqki, qadimiy Sharq davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko‘p jihatdan himoya qilingan hamda o‘z davriniig talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, inson ozodligi va hatti-harakatlari erkinligi ta’min etilgan edi. Bu ayni demokratik jamiyatning muhim va asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Endi biz butunlay yangi tarixiy sharoitlarda yashayapmiz. Jahon demokratik jarayonlari tobora chuqurlashgan, uning imkoniyatlari ancha kengaygan, odamlarning onglilik darajasi birmuncha oshgan bir paytda yashayapmiz. Jahon voqealaridan va ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridan xabardor bo‘lish va bu jarayonlarning mamlakatlararo, mintaqalararo va qit’alararo ta’siri tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda kun kechiryapmiz. Bularning barchasi inson ongi, tafakkuri va qalbini hech qachon chetlab o‘tmaydi. Endi demokratiyaning shunchaki oddiy «erkinlik», «hurriyat», «ozodlik» degan tushunchalari va ayni paytda «xalq hokimiyati» degan mazmuni ham birmuncha o‘zgarmoqda. Odamlar ongi va tafakkuri kengaygani sayin, ularning demokratiyaga munosabatlari ham o‘zgarmoqda. Ayni paytda demokratiya imkoniyatlari tobora kengayib, miqyosi oshib bormokda.
Bizning yaqin o‘tmishimizda «qizil imperiya» demokratik harakatlar tamoyillariga mos keladigan inson erki va yashash huquqini ancha-muncha chegaralab qo‘ygan edi. G‘oyatda zo‘ravonlikka tayangan siyosat tabiatan ozodlikni yoqtirmas va tom ma’nodagi demokratiyani tan olmas edi. Amerikalik siyosatchi Diana Revich ta’biri bilan aytganda, «Totalitar siyosiy tuzumlar sustlik va loqaydlik kayfiyatini rivojlantiradi. Tuzum itoatkor va labbaygo‘y fuqarolarni shakllantirishga intiladi. Bundan farqli o‘laroq, demokratik jamiyatning fuqarolik madaniyati alohida shaxslar va guruhlarning erkin ravishda ixtiyor etgan faoliyati tufayli shakllanadi. U mushtarak manfaatlar zamirida birlashgan guruhlarni boshqalar bilan muzokaralar olib borish, kelishuvga erishish va konstitutsion tizim doirasida ish olib borishga o‘rgatadi. Ittifoq tuzish sari intilar ekan, o‘zaro farqlar mavjud guruhlar tinch yo‘l bilan munozara olib borish, o‘z maqsadlariga demokratik yo‘l bilan erishish va pirovardida xilma-xilliklar mavjud dunyoda qay tariqa yashash kerakligini o‘rganadilar».
Demokratiya bir yo‘la qurilgan bino yoki doimiy bir xil tarzda o‘zgarmay turadigan buyum emas. Balki, u doimiy harakatdagi jonli hodisadir. Ayni paytda u jamiyat taraqqiyoti va mavjud siyosiy rejim ta’sirida o‘zini o‘zi to‘ldirib, boyitib, yangi tarixiy sharoitlarda yangicha mazmun kasb etib boruvchi voqeliqdir. Muxtasar qilib aytganda, demokratiya tajribaga asoslangan va doimiy mazmunan boyib, shaklan barkamollashib, mohiyatan chuqurlashib boradigan uzluksiz harakatdagi faoliyatdir.



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish