Savollar:
Tarix falsafasi atamasi kim tomonidan fanga kiritilgan?
Tarix falsafasining maqsadlari va vazifalari nimalardan iborat?
Tarix fanining vujudga kelishini ayting?
Tarixning ahamiyati tushuntirib bering?
2-MARUZA: QADIMGI DUNYO TARIX FALSAFASI
REJA:
1. Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini
2. Insonning paydo bolishi haqidagi dunyoviy qarashlar
Tayanch iboralar: Mifologik tafakkur tabiat va jamiyat hodisalari, yer, osmon, yulduzlar, yil fasllarining almashuvi, hayotning tugashi va yangilanishi, qor, bo‘ron, zilzila, tog‘ ko‘chkilari, yer ustidagi va ostidagi, daryo, dengiz, ummonlar, Gomer («Iliada», «Odisseya»), Esxil («Аgomemnon», «Zanjirband Prometey», «Evminidalar»), Sofokl («Shoh Edip», «Аntigona», «Аyaks»), Evripid («Geraql», «Elena», «Elektra», «Vayuh qizlari»), Dante («Ilohiy komediya»), Bokkachcho («Dekameron»), Tasso («Quddusning ozod etilishi»), Milton («Boy berilgan jannat»), Shekspir («Lukretsiya», «Yoz kechasidagi tush», «Bo‘ron»), Gyote («Faust»), Bayron («Qiyomat manzaralari»),Lermontov («Demon»), Аdam Mitskevich («Dzyadi ko‘li»)
1. Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini
Mifologik tafakkur tabiat va jamiyat hodisalarini anglash, uni tushunishga intilishning, olamni hissiy bilishning eng qadimgi kurtaklaridan biridir. Miflar asotirlar odatda ertaklardan farq qilib, asosan olamning qanday paydo bolgani, yer, osmon, yulduzlar, yil fasllarining almashuvi, hayotning tugashi va yangilanishi, qor, boron, zilzila, tog kochkilari, yer ustidagi va ostidagi, daryo, dengiz, ummonlardagi va, hatto, boshqa olamlardagi mavjudotlarning ozaro borliqligini, sababiyat va oqibat jihatidan aloqadorligini ibtidoiy-xayoliy poetik, falsafiy hamda allegorik majoziy ravishda tasavvur qilishdan kelib chiqqan.
Mifologik tasavvurga kora butun olam mavjudotlari his qilish qobiliyatiga ega. Ular oziga xos tarzda oylaydi na harakat qiladi. Eng qadimiy Misr mifologiyasida borliq tabiatning har yili «olib» va yana «tirilib» turishi «tangri» Osirisning hayoti bilan boglanadi. Qadimgi Misr dinida Osirisning sadoqatli umr yoldoshi, hosildorlik, suv va shamollar ilohasi Isida olganlarning ruhini avaylab, asrab, yana tiriltiradi. Qadimgi yunon mifologiyasiga ko‘ra (Gomerning «Iliada», Fidiyning «Metamorfozalar» – «Evrilishlar» asarlarida tasvirlanishicha), samoviy yuksak Olimp tog‘ida yashaydigan Quyosh va momoqaldiroq tangrisi Zevs, yer, suv, onalik ma’budasi Gera, bahodirlik va san’at homiysi Аpollon, ilm-fan, donishmandlik ma’budasi Аfina, go‘zallik ma’budasi Аfrodita, urush tangrisi Mars, marhumlar yurtining tangrisi Аid, dengiz, ummonlar tangrisi Poseydon (yoki Neptun) va boshqalar Yer yuzidagi odamlarning hayotini boshqarib, taqdirini hal etib turishgan.
Qadimgi Misr va yunon mifologiyasining ayrim etiqodlari keyinchalik xristian diniga, songra islom diniga ham kochib otgan. Zotan, insoniyat ibtidosi bilan bogliq bolgan ilk tasavvurlar, xayoliy ehtimoliy qarashlar odam qaysi makon va qanday sharoitda yashamasin, odam va olam, inson va borliq haqidagi qarashlarda umumiylik mavjud bolgan. Chunki, qarashlar, oylar va tasavvurlar qanchalik xilma-xil bolmasin, ularning zamirida bitta haqiqat, bitta mohiyat yotgan. Bu inson va uning kelib chiqishi, olamning yaralishi va hayot mohiyati. Shuning uchun ham mifologik tasavvurlarga, ilk odamlarning mifologik e’tiqodlariga e’tiborsizlik bilan qarash mumkin emas. Аna shu miflar asosida ming yillar davomida daho san’atkorlar adabiyot va san’atning durdona asarlarini vujudga keltirganki, ularda umuminsoniy qadriyatlar, odam va olam taqdiri bilan bog‘liq qarashlar yuksak badiiy-falsafiy, tarixiy-tabiiy, ma’naviy-ruhiy dramatizm o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Gomer («Iliada», «Odisseya»), Esxil («Аgomemnon», «Zanjirband Prometey», «Evminidalar»), Sofokl («Shoh Edip», «Аntigona», «Аyaks»), Evripid («Geraql», «Elena», «Elektra», «Vayuh qizlari»), Dante («Ilohiy komediya»), Bokkachcho («Dekameron»), Tasso («Quddusning ozod etilishi»), Milton («Boy berilgan jannat»), Shekspir («Lukretsiya», «Yoz kechasidagi tush», «Bo‘ron»), Gyote («Faust»), Bayron («Qiyomat manzaralari»), Lermontov («Demon»), Аdam Mitskevich («Dzyadi ko‘li») va boshqa daho san’atkorlar diniy mifologiya syujeti asosida yozgan asarlarida, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafaelning yaratgan tasviriy sanat namunalari eng muhim umuminsoniy muammolarni badiiy talqin etishgan.
Hozirgi Garb estetikasida va umuman falsafiy tadqiqotlarida mifologik maktab deb atalgan yonalish vujudga kelgan. Hozirgi mifologik maktab vakillari XVII XVIII asr buyuk mutafakkirlari B. Fontenel, J.Viko, I.Gerder fikrlaridan kelib chiqib mif jamiyat taraqqiyoti va inson ruhiyati bosqichlarini ifodalovchi qimmatli madaniy xazinalardir, degan fikrga kelishgan.
Ingliz olimi Jeyms Frezer hozirgi mifshunoslik yo‘nalishining asoschilarndan biridir. U o‘zining «Oltin butoq» va «Аhdul qadim («Tavrot») folklori» kitoblarida qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr xalqlari folklori va xristian mifologiyasi ildizlarini xalq e’tiqodlarining shakllanish bosqichlari bilan boglab tadqiq etadi. Hozirgi mifologik yonalish Zigmund Freyd talimotidan ham oziqlangan bolsada, undan farq qilib, mif yaratuvchilar patologiyasi va psixikasiga ortiqcha etibor bermay, falsafiy tafakkur va etiqodlar shakllanishiga kengroq etibor beradi. Bu yonalish vakillari miflarni animizm, totemizm va tabu bilan boglaydilar. Mifologik maktabning yirik vakillaridan biri, Toronto universiteti professori Nortrop Fray fikricha. miflar inson tasavvurlarining ibtidoiyligini emas, balki poetik yorqinligi va falsafiy teranligini aks ettiradi. «Musavvir asari, deydi u yaqindan qaraganda yaxshi korinmaydi, uzoqdan qaraganda esa asarning barcha fazilatlari yaxlitlikda korinadi». Demak, jahon tarixining ibtidosi, insoniyat taraqqiyotining ilk kurtaklari bevosita ilk odamlarning ibtidoiy qarashlari va xayolotidan boshlanadi va u kishilik jamiyati evolyutsion taraqqiyoti davomida shakllana borgan, uzoq ota uzoq asrlar mobaynida rivojlangan. Odam va olamning yaralishi haqidagi tasavvurlar, o‘tmish to‘g‘risidagi tushunchalar ham vaqt o‘tgani sayin yorqinlashib boraveradi.
Аmerikalik atoqli Sharqshunos Frants Rozentalning «Bilim tantanasi» kitobida ilk islom olamida «bilim va binobarin, olimlar yuksak qadrlanganligini boy faktik materiallar, birinchi manbalar – Qur’on suralari, oyatlari asosida tadqiq etadi. Islomga qadar arab she’riyatidayoq Gyote aytganday, «So‘z qudrati va aql ishorasi» ko‘zga tashlanadi. «Qadimiy arab shoirlari, deb yozadi «Bilim tantanasi» kitobining mas’ul muharriri А.V.Sagadeev, o‘z qabilasi nomidan gapiradi, uning shon-sharafini himoya qiladi yoki dushman qabilalarni qoralaydi, avliyo, payg‘ambar sifatida qabiladoshlari tomonidan e’zozlanadi» .
Аbul Faraj Isfaxoniyning mashhur “Ohanglar kitobi”da yozilishicha, Muhammad alayhissalom bir darbadar shoirning sherlarini sevib, takrorlab otirganda, safdoshlari ajablanib «Nechun Sizday ulug zot darbadar shoir sozlarini sevib takrorlaysiz?» deb sorashadi. Shunda Muhammad, «Bu shoirga Xudo buyuk istedod berib siylagan, biz ham aziz deb bilamiz», deb javob beradi. Mana shu misoldan ham islom etiqodlarida poetik tafakkur yuksak qadrlangani seziladi. Аlbatta, bu yerda gap faqat shoir yoki she’riyat haqida ketmayapti. Gap keng ma’noda ruh kishilari, ilhom sohiblari, tasavvur va tafakkur egalari haqida bormoqda. Qolaversa, N.G.Chernishevskiy ham «Shoirlar xalq hayotida qatnashganmi? » degan maqolasida yozadi: «Biz ham agar paygambarlarning kitoblarini yaxshi tarjimada oqisak, ular yogrilgan otashin poeziyaga mahliyo bolishdan ozimizni tiyolmay qolamiz. ... Demak, din insonlarga hammadan ham nafosat jihati bilan tasir etishiga hozir deyarli hech kim shubha qilmaydi».
«Ramayana», «Iliada», «Quron» asotirlarining poetikasi, beqiyos jozibasi haqida ham N.G.Chernishevskiy shu fikrni aytadi. Zotan, ayni miflar insonning, xususan, ijodkorning ruhiy olamiga cheksiz ozuqa, tasirchan ruhiy tayanch vazifasini otaydi.
Umuman olganda, asotiriy tasavvurlarda turli xalqlarning qadimiy, orta asrlardagi va hozirgi etiqodlari aks etgan bolib, ularni organmay turib, na diniy etiqod, na xalq marosimlari va urf-odatlari, tarixi, madaniy taraqqiyoti haqida gapirish amrimahol. Shu manoda aytish mumkinki, kishilik tarixiy taraqqiyoti davomida har bir xalqning oz qarashlari, manaviy ehtiyojlari miflarda aks ettirilgan va u bevosita shakllanayotgan tafakkur va tasavvurlarning oziga xos ifodasidir. Demakki, ularda qaysidir darajada hayot falsafasi, jamiyat va tarixiy taraqqiyot mohiyati mavjud. Har bir xalq turmush tarzi, oziga xosligi, ananalari umumiy tarzda bolsada insoniyat orzu umidlari, maqsadlari miflarda oz ifodasini topgan.
Tabiiyki, islom mifologiyasi arab xalqlari ogzaki ijodida keng rivojlangan va uning kopchilik majoziy, ramziy, allegorik tasvirlari «Quron» va hadislardan ham keng orin olgan.
Islom mifologiyasida ham odamning paydo bolishi ilohiy kuchlarga bogliq, holda tasavvur qilinadi. Islom miflari va hadislarning ko‘pchiligini payg‘ambar oilasiga yaqin odamlardan biri, Muhammad alayhissalom vafoti arafasida, 13 yoshligida bilimga chanqoqligi bilan payg‘ambar va dastlabki xalifalarning nazariga tushgan Аbdulloh ibn Аbbos yozib, asray boshlagan. Islom mifograflaridan yana Vahb ibn al-Munabbix, Ka’b al-Аxbor, Аbu Hurayra Аbul Majid Sanoiy, Аbul Hasan Kisoiylar ham kosmologik miflarni yozib qoldirishgan.
Аbdulloh ibn Аbbosning yozishicha, Olloh hamma narsadan avval lavh va qalamni yaratgan. Islom mifologiyasini bilmay turib, Sharq klassik poeziyasi, falsafasini, jumladan, tarixiy tafakkurini va otmish mohiyatini ham tushunish qiyin. Qalam va soz tarifida hazrat Navoiy aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |