on birinchidan, ayni paytda, xususan, biz uchun huquq tarixi, davlatchilik tarixi, sotsiologiya, antropologiya, insonshunoslik, inson sotsiogenezi kabi qator fanlar bilan bogliq holda yaxlit tarixni idrok etish va boshqa masalalar muammo bolib qolmoqtsa.
Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fani ortasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, I. Lakatos fikriga kora «Tarix falsafasi tarix fanisiz boshliq. Tarix fani esa tarix falsafasisiz kordir». Demak, ushbu goyadan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining taraqqiyoti tarix haqiqatini tiklash, tarixiy jarayonni u qaysi davrga bogliq bolishidan qati nazar qanday yuz bergan bolsa shundayligicha ifodalash tarix fanining birdan-bir vazifasidir. Tarix falsafasining vazifasi esa tiklangan tarixiy jarayon atrofida falsafiy, mantiqiy fikr yuritib, mushohada etib, tarixiy tafakkur orqali voqelik mohiyatini togri ifodalab berish bilan belgilanadi.
Bir qarashda tarix falsafasi bilan tarix fani boshqa-boshqa, bir-biriga daxlsiz yonalishday korinadi. Zotan, real jarayonga, real voqelikka, insoniyat tarixidagi qaysidir hodisaga tarixchi tarixchi kozi bilan, faylasuf faylasuf kozi bilan qaraydi.
Oz vaqtida asotirlar malum bir qabila, etnos yoki urug doirasida avloddan-avlodga uzluksiz tarzda otib borgan umumiy qarashlar tizimi sifatida mavjud bolsa-da, undan asta-sekinlik bilan jahon, boshqa mintaqalarda yashayotgan xalqlar haqidagi malumotlar ham orin ola borgan. R. Kollingvud bu jarayonni organar ekan, jamiyatni tarixiy anglashni teokratik tarix deb nomlaydi. Unda har bir rivoyat va afsonalar qatnashchilari osha voqealarning ishtirokchisi yoki tashkilotchisi emas, balki Xudo xohish-irodasini, aniqrogi, amrini bajaruvchi shaxslar sifatida gavdalangan.
Tarixchi A. Losev togri takidlaganidek, asotirlardagi tarixiy davr hali bu tola anglangan hodisa emas. U xuddi harakatsizday. «Bizning fikrimizcha, tarix uchun shaxs kerak, jamiyat kerak, shaxs va jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga otishiga ehtiyoj kerak. Asotirlar davrida esa shaxs ham, jamiyat ham, harakat ham yoq».
Undan keyingi taraqqiyot yoli bevosita tarixni anglash yoli jahon tarixi, insoniyat otmishi va shu bilan birga alohida-alohida xalqlar, mamlakatlar, qolaversa, mintaqalar doirasidagi tarixni organishga olib keldi. Yanga uchinchi ming yillikda dunyo tarixini yangicha nazar bilan organish, uning butun silsilalari orqali kishilik jamiyati taraqqiyoti, insoniyat tafkkurining mezonlari hamda bizga meros qolgan buyuk tarixning yorug va qorongu tomonlarini mumkin qadar organish vazifasi zimmamizda turibdi. Yangi ming yillik taraqqiyot yoli bizni otmish bilan ana shu tarzda boglab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |