Insonning paydo bo‘lishi haqidagi dunyoviy qarashlar
Insonning paydo bo‘lishi, uning omillari, sharoitlarini ilmiy asosda organish masalasi atrofidagi ilmiy nazariy munozaralarni yaxlit tizimga solishga urinish fanda juda katta tarixga ega emas. U keyingi ikki uch asr mobaynida turli nazariy qarashlar, ehtimollar, aniq isbotini topolmagan qarashlar tizimi sifatida yuzaga keldi va hali-hamon xilma-xil yondashuvlar davom etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, inson antropogenezi, sotsiogenezi, uning biologik, fiziologik, psixologik rivojlanish tamoyillari, shakllanish jarayonlari, evolyutsiyasi bir qarashda fanda oz isbotini topganday, malum bir ilmiy-nazariy umumlashmalar, xulosalar, asoslar yaratilganday korinadi. Biroq, bu qarashlar va nazariyalarning turli-tumanligi, xilma-xilligi nuqtai nazardan qaraganda hali fan insonning paydo bolishi togrisidagi aniq bir xulosaga kelmaganidan dalolat beradi.
Insonning paydo bolishi haqidagi ilmiy tasavvurlarning bir yonalishi tadrijiylik nazariyasi bilan asoslanadi. Bu bevosita Yer sayyorasining fizik, kimyoviy, biologik tuzilishi bilan bogliq bolgan xulosalarga borib taqaladi. Boshqa bir olimlar esa Quyosh tizimining ilk tumanliklari nazariyasi bilan boglaydilar. Bunda tabiiy hodisalar, koinotdagi ozgarishlar, fazoviy holatlar keltirib chiqargan shartsharoitlarni, kayxoniy hodisalarning inson paydo bolishi va rivojlanishiga qulay muhit yaratganligini rokach qiladilar.
Ingliz tabiatshunosi Erazm Darvin ozining Zoonomiya kitobida hayvonlarning genezisi va tadrijiy rivojlanish jarayonlarini tashqi muhit bilan boglab izohlaydi. Jan Lamark esa yaxlit organik olam evolyutsiyasi xususida gapirar ekan, u hayvonot, osimliklar va boshqa turlarning rivojlanish asoslarini birmuncha organib, unda tashqi tabiiy tasir, tabiiy iqlim natijasida jonli tananing moslashishi orqali asta-sekinlik bilan murakkablashib borishi, ichki salohiyatning, hayotga intilishning va yashashga ishtiyoqning tadrijiy ravishda rivojlanib borishi jarayonini insonning paydo bolishiga asos deb biladi.
Umuman olganda insonning paydo bolishi va uning aqlli odam darajasiga yetguniga qadar yuz million yillar o‘tgani fanda ma’lum. Inson antropogenezi va tabiat taraqqiyoti bilan shug‘ullanuvchi olimlarning qarashlari har holda ana shunday. Аyrim mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra dastlabki odamlar xordalilar tipiga mansub bo‘lib, ular bundan yuz million yillar muqaddam nomalum kayxoniy falokatlar, tabiiy hodisalar tufayli yoq bolib ketgan. Umurtqalilarga mansub bolgan dinozavrlar esa 60 million yil muqaddam sut emizuvchilar sifatida dunyoga kelgan. Insonning eng qadimiy ajdodlari sifatida gominitlar tipi paydo bolgan. Dastlabki nutq elementlariga, tovush orqali fikrlarini ifodalash imkoniyatlariga, qol harakatlari orqali nimalargadir erishish, qaysidir vazifalarni bajarish imkoniyatlariga ega bolgan maymunodam shaklidagi inson bundan ikki-uch million yil avval paydo bo‘lgan va u tadrijiy rivojlanish, evolyutsion taraqqiyot orqali murakkab mavjudot sifatida o‘zini namoyon qila bilgan. Аna shu murakkablik bevosita tana tuzilishi, yashashga intilish holatlari, ilk aqliy kurtaklar va ong elementlarining paydo bo‘lishi jihati bilan alohida ajralib turadi. Аna shu tarzda ular fanda qadimgi odam maqomini egallashdi. Boshqacha qilib aytganda, 150 ming yil muqaddam kelib chiqqan odam turining miyasi rivojlana boshlagan, nutqi birmuncha shakllangan, fikrini va munosabatini soz orqali ifodalay oladigan, turli mehnat qurollarini yasay oladigan, ikki oyoqqa tayanib, gavdani kotarib, tikka yura oladigan odam sifatida ozini korsata bilgan. Bizning davrimizdagi odam fan tili bilan aytadigan bolsak, «aqlli odam» turi sayyoramizda 90-100 ming yil avval paydo bolgan va ulkan takomillashuv, shakllanish va rivojlanish bosqichlarini bosib otgan.
Yuqorida aytganimizday, insonning paydo bolishi haqidagi tasavvurlar yonalishlari fanda xilma-xil va oziga xosdir. Jumladan, umum kayxoniy nazariyada tadrijiylik nuqtai nazaridan umum sayyoraviy holatlar, tabiat va koinotda yuz bergan hodisalar insoniyatning kelib chiqishiga sharoit yaratganligi g‘oyasi ilgari suriladi. Аyni ana shu tabiiy shart-sharoitlar tufayli hayotning vujudga kelishi, uning rivojlanishi natijasida insonning paydo bolishi haqidagi qarashlar bayon etiladi.
Darvinizm nazariyasida esa irsiyat va ozgaruvchanlik omillari asos qilib olinadi. Charlz Darvin (1809-1892) ozining nazariy xulosalariga tirik tabiatning tadrijiy rivojlanish va biologik moslashish shakllanish meyorlarini asos qilib oladi. Jumladan, uning «Madaniy osimliklarning va uy hayvonlarining ozgarishi», «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish», «Inson va hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» singari asarlarida tabiatning rivojlanish goyalari, tirik mavjudotning shakllanish qonuniyatlari xususida oziga xos nazariya ilgari suriladi. Biroq uning talimoti hali genetika fani yuzaga kelmagan, insonning biologik, ruhiy va ijtimoiy olami atrofdagi xulosalar shakllanmagan paytda yuzaga kelganligi yaqqol korinadi. Shuning uchun uning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar, jumladan, insonning ijtimoiy mohiyati, tuygu, ong va aql bilan bogliq bolgan qadriyati oz ifodasini topmagan. Demak, bu talimot ham insonshunoslikda tugal yechim maqomini egallay olmaydi.
Mehnat nazariyasida esa insonga, tirik mavjudot olamiga oziga xos urgu beriladi va uning kelib chiqishi turli tub ozgarishlar, inqilobiy yangilanishlar mahsuli sifatida talqin etiladi. Bu jarayonda, albatta, mehnatning orni va roliga alohida etibor beriladi. Аyni ana shu nazariyaga ko‘ra insonning qaysi hayvondan qanday tarzda, qanday holatda kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi masalalarga javob izlanadi. Bunda ham Charlz Darvin g‘oyalari birmuncha ustuvorlik qiladi. Jumladan, odam dastlab maymunlar, xususan, odamsifat maymunlar shimpanze va gorilla bilan inson qiyofasi ozaro oxshashligi asos qilib olinadi. Biroq, mehnat nazariyasiga kora insonning maymundan kelib chiqqanligi haqidagi qarashlar fanda hamon muammoligicha qolmoqda.
Masalaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, Ch. Darvinning materialistik qarashlariga asoslangan evolyutsion taraqqiyot nazariyasi islom dunyosida tasavvuf falsafasida bir necha asr oldin mohiyatan yaqin, shaklan butunlay boshqa holatda kashf etilgan. Masalan, materialistik qarashlarda moddiyat birlamchi bolib, moddiy manfaatdorlik, nafs va hayot zavqi ustuvorlik qilsa, tasavvuf falsafasida ruh, manaviy taraqqiyot, yetuklikka intilish, kamolotga erishish ishtiyoqi balandlik qiladi. Jumladan, Jaloliddin Rumiy (1207-1273) qarashlari bunga yaqqol misol bola oladi. Yani unda «Inson yaralishidagi tadrijiylik holati va asoslarini madandan osimlikka, osimlikdan hayvonga, hayvondan insonga qarab rivojlanish tizimini kozda tutadi».
Insonning tadrijiy kamoloti, yetuklikka intilib borish jarayonida ruhning bosqichma-bosqich taraqqiyoti xususida gapirar ekan, Аziziddin Nasafiy (1240-1300) «Har bir yangi doiradan boshlab yangi ibtido boshlanadi na u kamolotga erishish uchun darajama daraja intiladi», deydi. Аgar hozirgacha mavjud ilmiy qarashlar va nazariy xulosalar hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasi yutuqlari tahlil etilsa, inson hamisha kamolotga muhtoj va umri davomida evolyutsion taraqqiyot, tadrijiy takomil, ozini ozi uzluksiz rivojlantirib borishga ehtiyoj sezishi zarurat ekanligi malum boladi.
Insonning yaralishi va uning evolyutsion taraqqiyoti haqidagi ushbu qarashlarni tadqiq etar ekan, atoqli tasavvufshunos Najmiddin Komilov oziga xos xulosaga keladi va shunday deydi: «Oddiylikdan murakkablikka; zohirdan botinga; sayozlikdan teranlikka; koringan vujuddan korinmas, gayb vujud mohiyatiga qarab borish yuksalish jarayoni ana shudir». Bu yerda, albatta, muallif insonning bebaho mavjudot oliy xilqat, hayot sarvari sifatidagi kamolotga erishish kabi qalb va ruh kamolotini, manaviy yetuklikka intilish singari murakkab va ziddiyatli, ozini ozi yengib yashashday ichki qudrat jarayonini nazarda tutadi.
Bir qarashda jismlarning yoq bolib ketmasligi, faqat bir turdan ikkinchi turga aylanishi muqarrarligi haqidagi tabiat qonuniga oxshashroq, ammo yuksak manaviy va ruhiy zaminga asoslangan goyalarni bayon etgan J. Rumiy «madan osimlik hayvon inson» formulasini ilgari suradiki, bu hol doimiy ravishda aylanib turadigan ulkan doira maqomini egallaydi.
Keyingi asrda genetiklar, zoologlar, arxeologlar va boshqa insonning kelib chiqishi bilan bogliq bolgan fan sohalari namoyandalari butunlay boshqa qarashlarni ilgari surishmoqda. Deylik, arxeologlarning Hindiston va Аfrikada topgan suyak qoldiqlari eng qadimgi odamlarga tegishli ekanligi bilan hozirgacha topilgan ashyolardan ham qadimiyligini isbot qildi. Demak unga asoslanib inson ko‘rinishidagi ajdodlarimiz avvaldan mavjud bo‘lgan va turli qurol-yarog‘lar yasashga, mehnat ashyolarini vujudga keltirishga intilishgan deyish mumkin.
Zoologlarning xulosalariga kora esa oddiy mehnat qurollarini yasay olish, dastlabki ovchilik orqali yashashga intilish hodisalarini nazarda tutib, odamsifat hayvonlarning ajdodi sifatida maymunlarni tushunadilar. Ular turli mehnat faoliyatini, yashash uchun kurash qobiliyatini va dastlabki aqliy salohiyatini namoyon qila olmagani uchun osha holatida saqlanib qolgan. Boshqa bir qismi esa ayni ong va aqliy salohiyatni shakllantirishga, yashash uchun kurashda oziga xos, yangidanyangi imkoniyatlarni korsata bilgani, asta-sekinlik bilan ozini ozi takomillashtirib borgani tufayli insonga aylangan. Biroq bu nazariya ham hali-hamon fanda tola-tokis oz isbotini topolganicha yoq.
Koinot nazariyasida inson antropogenezining boshqa bir qator nazariyalardan farq qiladigan tomonlari mavjud. Bu bevosita XX asrda kosmonavtikaning rivojlanishi, koinotni ozlashtirishning yangi davri boshlangani, osmon jismlari va turli planetalarning tabiiy, fizik, kimyoviy va boshqa jihatlari birmuncha chuqurroq organilib, aniqroq ilmiy xulosalarning yuzaga kelganligi bilan bogliq. Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar mavjudligi haqidagi turli-tuman qarashlar atrofidagi munozaralarning paydo bolishi ham bunga oziga xos asos boldi.
Mashhur rus olimi N. Bexterevaning qarashlariga kora inson koinotdagi boshqa sayyoralardan Yerga kelib, asta-sekinlik bilan kopayib ketgan. Bunday qarashlar bevosita inson miyasining beqiyos darajada keng imkoniyatlarga egaligi, inson esa oz hayoti davomida ayni ana shu imkoniyatning juda ham kam miqdoridan foydalanayotganligi bilan izohlanadi. Hatto mutaxassislar inson miyasining imkoniyati shu darajada cheksiz va hayratomuzki, unga insoniyat oz tarixiy taraqqiyoti davomida toplagan malumotlarning barchasini joylashtirish mumkinligini aytishmoqda. Unda bugun biz «asr mojizasi» deb atayotganimiz kompyuterlar esa inson miyasini mojizasi oldida arzimas voqelikka aylanib qolishi mumkin. Shu bilan birga inson miyasidagi imkoniyatlar, tasavvurlar hozirgacha koinotiy moljallar bilan boglanib qolganligi hodisasi ham saqlanib qolmoqda.
Shveytsariyalik olim Erix Denikenning «Kelajak haqida xotiralar» kitobida ilgari surgan goyalari ham N. Bextereva qarashlariga hamohang. Jumladan, uning fikricha, Yerdan tashqarida sivilizatsiya mavjud. Qachonlardir ana shu sivilizatsiya vakillari Yerga kelishgan. Shuning natijasida insonning gominid ajdodlarida irsiy, fiziologik va biologik ozgarishlar yuz bergan. Natijada osha davr odamlarida aqliy salohiyat va nutq imkoniyatlari kengaygan. Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyaning sayyoramiz bilan aloqasi takrorlanib turgan. Nomalum sayyoralardan vakillar kelib turishgan va natijada Yerda kishilik hayotiga asos solingan. Bu hayot esa tadrijiy tarzda, evolyutsion holatda taraqqiy topgan, rivojlangan. E. Deniken ozining bu qarashlariga Yerda, xususan, Iroq va Misrda topilgan kristall linzalarni, toqilgan gazlamalarni, bu gazlamalardan tikilgan kiyim-kechaklarni, ilk elektr batareyalarini misol qilib keltiradi. Jumladan, u yuqoridagi asarida «Iroq va Misrda ishlov berilgan kristall linzalar topildiki, ular hozirgi vaqtda elektrokimyoviy yo‘l bilan olinadigan seziy oksidi qo‘llangandagina tayyorlanadi», deydi. Аlbatta, Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyaning mavjudligini yana o‘ta yumshoq va mayin to‘qilgan gazlamalarni misol keltirish bilan isbotlaydi. Chunki bunday mahsulotlarni hozirgi zamon sivilizatsiyasi yuzaga keltirgan texnologiyalar asosidagina ishlab chiqarish mumkin.
Аlbatta, qadimiy topilmalar, jumladan, bundan 10 ming yillar avvalgi yulduzlarning joylashuvi haqidagi malumotlar qaysidir olis zamonlarda taraqqiyot mavjud ekanligidan dalolat beradi. Biroq zamonaviy fanda insonni koinotdan kelib Yerda qonim topib, sayyoramizda kishilik hayotini boshlab bergani haqidagi qarashlar oz isbotini tolaligicha topganicha yoq.
Аnomal hodisalar nazariyasi yuqorida tilga olingan barcha qarashlarning o‘ziga xos isbot qilinmagan tomonlarining yechimini topishga qaratilgandir. Jumladan, unga ko‘ra tabiiy hodisalar vulqonlarning tabiatga ta’siri, atrof muhitni o‘zgartirib yuborishi, Yerda iqlimning ozgarishi, Yerdan tashqaridagi sayyoralar, Quyosh va uning tizimidagi jismlardan keladigan tasirlar, radiatsiyalar rokach qilinmoqda. Biroq bu nazariyada ham malum bir holatlarda mehnat nazariyasining ayrim jihatlariga tayaniladi. Zotan, qadimgi gominidlarning insonga aylanish jarayoni bevosita mehnat va hayotga intilish bilan bogliq degan goyaga borib taqaladi. Biroq faqat shugina emas. Unda bevosita anomal hodisalarning inson kelib chiqishida tutgan orniga koproq etibor beriladi.
Umuman olganda insonning kelib chiqishi, uning paydo bolishi, rivojlanish omillari, shart-sharoitlari xususida bugungi fanda aniq toxtamga kelinmagan. Zotan, insonning murakkab jonzot sifatidagi biologik, fizologik, genetik, ruhiy, aqliy imkoniyatlari fan oldida ochilmagan qoriq bolib qolmoqda. Yana gap shundaki, umuman jonzotlarning oziga xos tur sifatida mavjudligi fanda qanchalik malum bolsa, ularning bir-biriga oxshash jihatlari, oziga xos instinktiv holatlari shunchalik organilmagan.
Аlbatta, inson jonzot sifatida o‘zining noyob tabiati, beqiyos aqliy salohiyati, cheksiz tafakkur qirralari, ruhiy olami, ma’naviy va axloqiy dunyosi bilan noyob voqelikdir. Аyni ana shu imkoniyatlar jonzotlar orasida uni oliy qadriyat darajasiga ko‘taradi. Lekin yana bir narsaga alohida etibor berish joizki, har qanday mavjudot, har qanday jonzot noyob va takrorlanmasdir. Jumladan, tog ozining purviqorligi va salobati bilan, chol ozining cheksiz va bepoyonligi bilan, daraxt yilning tort fasliga munosib rivojlanish imkoniyatlariga yaproq chiqarish, gullash, meva qilish jarayonining davomiyligi, doiraviyligi, malum bir yoshga yetgach qurib qolishi, chumolilarning guj bolib yashashi, bir necha kilometrlab masofani uzluksiz karvon kabi oz inidan oziq-ovqat maydonigacha bolgan masofani boglab turishi va adashmay bir tekisda harakat qilish holatlari har bir mavjudotning oziga xos hayot qonuniyati, ichki tartiboti, qatiy amal qilish lozim bolgan meyorlari borligini korsatadiki, bu hali fanda oz yechimini topganicha yoq. Inson esa ozining kelib chiqishi va oz olami nuqtai nazaridan fan oldidagi jumboqlarning jumbogidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |