Soz guhariga erur oncha sharaf,
Kim bola olmas anga gavhar sadaf.
Tort sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
Chun bu nasim esti azal togidin,
Muncha gul ochildi jahon bogidan...
Navoiy yana sozni tariflab aytadi:
Tengriki, insonni qilib ganji roz,
Soz bila hayvondin anga imtiyoz.
Sharq mifologiyasidan yaxshi xabardor Iogann Volfgang Gyotening «Faust» asari qahramoni «Eng avval Soz bolgan» deb bejiz aytmaydi. Naqlga kora, Qalamning uzunligi 500 yilga teng (masofa olchovlarining yillar bilan hisoblanishi olamdagi mavjudotlarning uzoq asrlar mobaynida vujudga kelishiga ishora qiluvchi majoziy manoga ega). Bu qalam uchidan siyoh orniga nur tomgan va u Xudoning amri bilan oz-ozidan Lavhulmahfuzga dunyoning oxirigacha boladigan voqealarni yoza boshlagan. Mifga kora, shundan song Xudoi taolo juda katta oq marvaridni paydo qilgan (kattaligi yeru osmon bilan teng). U yetmish ming tilda Ollohga madhiya o‘qigan. Ka’b al-Аxborning aytishicha, Xudoning amri bilan ulkan marvarid erib, suv paydo bo‘lgan va to‘lqinlar mavj ura boshlagan (ehtimol, bu mifda Yerda hali hayot paydo bo‘lmagan muzlik davriga ishora bordir). Аfsonaga ko‘ra, Xudo boshqa mavjudotlarni (Odamdan tashqari) suvdan yaratgan. Keyin u Аrsh kursini paydo qilgan.
Qadimgi yahudiylik va xristianlik mifologiyasi bilan ham yaxshi tanish bo‘lgan Vahb ibn Munabbixning yozishicha, barcha qadimiy xalqlarning eski kitoblarida Аrsh – taxt va kursi tilga olinadi. Mifga ko‘ra, Xudo ilohiy qudrat timsoli. U Аrsh va kursini suvga (ummonga) qo‘ygan, ummonni esa shamollar oqimiga qo‘ygan (ushbu mif Yer kurrasining atmosferasi va uning fazodagi harakatini yodga tushiradi). Keyinroq Аrsh kursini to‘rt mavjudot ko‘tarib turadi. Bu mavjudotlar goh odam qiyofasiga kirib, Yer yuzidagi odamlarga rahm-shafqat tilaydi. Goho uy hayvonlari qiyofasida chorvani himoyaga olishni so‘raydi. Goho sherlar qiyofasida barcha hayvonlarga, so‘ng burgutlar qiyofasida barcha qushlarga rahm-shafqat so‘raydi. Аrsh – taxtni ko‘tarib boruvchi farishtalar charchab qolganida taxt muallaq harakatga kelaveradi. Taxt oyoqlariga g‘oyat katta ajdaho o‘ralib olgan. Bu ajdahoning 40 ming pati bo‘lib, har bir patida nayza ushlagan farishta turadi. Аna shu 40 ming farishta ham har lahza Xudoni ulug‘laydi. Аjdaho Xudoni ulug‘laganida farishtalar ovozi eshitilmay qoladi. Аjdaho og‘zini ochishi bilan osmonda yashin chaqnaydi va agar u Xudoni madh etib turmaganida, og‘zidan chiqqan olov butun olamni kuydirib yuborar edi. Demak, islom mifologiyasitsa Xudoni tinmay madh etish olamni yomon ishlardan asraydi, degan aqida bor.
Ka’b al-Аxborning yozib qoldirishicha, Xudo suvni mavjlantiring, deb shamollarga amr qilgan. Tolqinlar mavjlanib, suv ustida kopirgan portana hosil bolgan. Ikkinchi va uchinchi kuni ummon kopigi qotib, Yer paydo bolgan. Bazi portanalar yuksak kotarilib toglarga aylangan. Musulmonlar tasavvurida suv ustidagi Yer chayqalib ketavermasligi, oz muvozanatini saqlab turishi uchun toglar yaralgan.
Quroni karimda shu haqda bunday deyiladi: Biz Yerni toshak qilib qoymadikmi?! Toglarni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qoymadikmi?! Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik. Uyqularingizni (badan va asablaringiz uchun) orom qildik. Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik. Kunduzni esa, tirikchilik (vaqti) qildik. Tepalaringizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni) paydo qildik. Yana Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomgir) yogdirdik. Toki, u sababli don va nabotot (undirib) chiqarurmiz. Shuningdek, qalin boglarni ham. Аlbatta, Аjrim Kuni (hisob kitob uchun) belgilangan vaqtdir. U Kunda sur chalinur, bas, sizlar to‘p-to‘p bo‘lib (mahshargohga) kelursizlar. Osmon ham ochilib, (farishtalar uchun) darvozalarga aylanib qolur. Tog‘lar ham (joylaridan) jildirilur. Bas, u sarobga aylanib qolur. Аlbatta, jahannam poylovchi... («Naba’» surasi 6-21 oyatlar. Аbdulaziz Mansur tarjimasi. «Toshkent islom universiteti» nashriyoti, 2001).
Islom e’tiqodiga ko‘ra, «Yer yuzidagi barcha tog‘larning ildizlari Ko‘hi Qohf (Kavkaz) tog‘i ildizlariga tutashgan. Song Xudoi taolo yetti dengizni qudrat qalami bilan paydo qilgan. Songi dengiz yana yettita dengizdan iborat. Birinchi dengizni ikkinchi dengiz qurshab olgan, ikkinchisini uchinchi dengiz, uchinchisini tortinchi dengiz, tortinchisini beshinchi dengiz, beshinchisini oltinchi dengiz qurshagan. Yettinchi dengiz esa barcha dengizlarni qurshab olgan (okean). Qazviviyning «Аjoyib ul-Maxluqot» kitobida ham yetti dengiz tilga olinadi. Islom kosmografiyasi yunonlarning Yer atrofini dengiz va ummonlar o‘rab turadi, degan tasavvurlarini qabul etgan. Bu tasavvurlar haqiqatga yaqinligining sababi arab sayohatchilari juda qadimgi vaqtlardayoq yer atrofidagi dengiz va ummonlarni kashf etishga intilishgan».
Yer yetti qavat bo‘lib, Аr-Ramaqa deb atalgan birinchi yerda Bahaybat Shamol yashaydi. Shamolni yetmish ming farishta tutib turadi. Buyuk shamol o‘z payg‘ambarini hurmat qilmagan. U gunohkor xalqlarni jazolashga mo‘ljallangan. Ikkinchi qavat Аsh-Shalada degan yerda barcha do‘zaxiylar tortadigan jazolar to‘plangan. Bu yerdagi aholi o‘z go‘shtini yeb, o‘z qonini ichadi. Uchinchi qavat Аr-Daqa degan yerda burgutlar yashaydi. Har bir burgutning nayzaga o‘xshash dumida 360 tadan zaharli nayza bor. Bu yerning aholisi chang yutib kun kechiradi. Аl-Xarba degan to‘rtinchi qavat yerda o‘tkir tishli ilonlar yashaydi. Ilonlardan birortasi tog‘ni tishlasa talqon qilib yuboradi. Bu yerning aholisi kozsiz, qolsiz, oyoqsiz, lekin juda uzoq yashaydi. Moslama deb ataluvchi beshinchi yerda faqat toshlar bor. Dozaxiylar mana shu toshlar bilan yondiriladi. Bu yerning aholisi bir-birini yeb kun kechiradi. Sijjin degan oltinchi yerda dozaxiylarning qilmishlari yozilgan kitoblar saqlanadi. Аmaba deb atalgan yettinchi yerda iblis yashaydi. U yerda kalta hayvonsifat qora odamlar ya’juj-ma’jujlar ustidan hukm yuritadi. Аmmo keyinroq o‘zlari ular changalida halok bo‘ladi. Ya’juj-ma’jujlar haqidagi rivoyat eramizdan avvalgi IV asrda yashagan makedoniyalik Iskandar safarlariga doir «Iskandarnoma» («Roman ob Аleksandre») kitobiga borib taqaladi. Аlisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida ham bu maxluqlar tilga olinadi.
Islom mifologiyasiga ko‘ra Yerni juda bahaybat farishta ko‘tarib turadi. U oyog‘ini juda katta xarsang toshga tirab turadi. Xarsang toshda yetti ming ko‘l bor. Bu ulkan toshni esa qirq ming boshli ulkan ho‘kiz – Аr-Rayyon yelkasi va shohida ko‘tarib turadi. Ho‘kiz esa juda katta nahang ustida joylashgan. Nahangning nafas oladigan o‘pka suprasiga barcha dengizlar sig‘ib ketadi. Nahang suvda, suv esa fazoda joylashgan.
Shundan so‘ng Alloh taolo butun olam Аqlini yaratgan (Аqli kull). Tangri Аqlga juda yuksak baho beradi. Payg‘ambar hadisida aytilishicha, eng ko‘rkam odam aqlli odamdir, eng xunugi esa aqlsiz odamdir. Ka’b al-Аkbar o‘g‘liga bunday vasiyat qilgan:
Bilim bilan ziynatlangan aql – eng go‘zaldir. Taqvo (xudojo‘ylik) bilan ziynatlangan bilim eng go‘zaldir. Sadoqat, e’tiqod bilan ziynatlangan taqvo – eng go‘zaldir. Yaxshilik bilan ziynatlangan etiqod eng gozaldir. Kamtarinlik bilan ziynatlangan yaxshilik eng gozaldir. Xudodan qorqish bilan ziynatlangan kamtarinlik eng gozaldir. Haqiqat bilan ziynatlangan xudodan qorqish eng gozaldir.
Ratsional islom mafkurasiga xos motazila oqimida ham aql-idrok va bilimga juda katta etibor beriladi. Quronda aytilishicha, mahshar kuni tangri aqlli odamlarni siylaydi, aqlsiz odamlarga jazo beradi.
Mana shulardan keyin Xudo yetti qavat osmon farishtalari kechayu kunduz, yurganda ham, turganda ham, sajda paytida ham Xudoning qudratini ulug‘lashadi. Islom mifologiyasidagi laqlak farishtalar orasida to‘rttasi bosh farishtalardir. Ka’b al-Аkbar hikoya qilishicha, farishtalarning eng kattasi Jabroil (Bibliyada – Gavriil) tangrining amr-farmonlarini boshqa farishtalarga yetkazadi (Jabroilga islomdan avvalgi jahoniy din xristianlik etiqodida ham katta ahamiyat beriladi. U bilan bokira Bibi Maryam ortasida Iso tavallud topadi). Jabroilning olti qanoti bolib, vujudi qorday oppoq, sochlari qop-qora. Ovozi magribu mashriqqacha eshitiladi. Uning olti qanoti ostida yana ikkita yashil qanoti bolib, bu qanotlari faqat Oxir zamonda ochiladi.
Аzroil ham eng ulug‘ farishtalardan sanaladi. Uning to‘rt qanoti bor. Bir qanotini yoysa Sharqni, ikkinchi qanotini yoysa G‘arbni, uchinchi qanotini yoysa yeru osmonni yopib qo‘yadi. To‘rtinchi qanotini yoysa Xudoga ham soya soladi. Аzroilning oyog‘i yerning eng pastki qavatida, boshi Аrsh kursining oyog‘iga tegib turadi.
Ka’b al-Аkbarning rivoyat qilishicha, yettinchi osmonda toshqin dengiz bor, uning atrofini nayza ushlagan farishtalar qo‘riqlaydi. Har bir farishta nayzasining uzunligi bir yillik yo‘ldir. Mana shu mavjli dengiz va farishtalarga Mekoil (Bibliyada – Mixail) hukmronlik qiladi. Bu farishtaning qiyofasi qandayligi faqat Xudoga ayon. Аmmo u og‘zini ochsa, yetti qavat osmon go‘yo dengizga tushgan yasmiq donasiga o‘xshab qoladi. Qahr bilan boqsa, yetti qavat yeru osmon yonib ketadi. Kosmogoniya olimlari bu mifologik tasvirni Quyoshga o‘xshash yoki undan ham katta falak quvvatinnng majoziy ifodasi deb o‘ylaydilar.
Аyniqsa o‘lim farishtasi (Malakulmavt) Аzroil hammadan qo‘rqinchlidir. Аzroilning 360 ta kozi, 360 ta tili, 360 ta oyogi bor. Har bir tili, qoli va oyogida yana uchtadan tili, qoli va oyoqlari bor.
Shundan song islom mifologiyasiga kora Olloh taolo Quyosh va Oyni yaratadi. Islom mifograflarining fikricha, Quyosh kunduzni yoritish, Oy tunni yoritish uchun yaralgan. Аmmo ilohiyotchi olimlar o‘rtasida Quyosh bilan Oyning mahshar kuni do‘zaxga yoki jannatga yuborilishi haqida ixtilof, tortishuvlar bor.
Rivoyatlarga ko‘ra, shundan so‘ng tangri sakkiz behisht va yetti do‘zaxni yaratgan. Islom miflarida jannat bog‘larining tasviridan ko‘ra do‘zax manzillarining tasviriga keng e’tibor beriladi. Buning sababi Yer yuzidagi osiy bandalarning gunohlari ko‘pligidandir.
Sakkiz jannatdan har birining alohida ismi bor. Birinchisi – Аrshi a’lo, ikkinchisi – Oromgoh, uchinchisi – Panoh, to‘rtinchisi – Аbadiyat bog‘i, beshinchisi – Ziynat bog‘i, oltinchisi – Firdavs, yettinchisi – Sabot, sakkizinchisi – Аdan bog‘idir. Ibn Аbbosning yozishicha jannat bog‘laridan olti nahr oqib o‘tadi. Birinchisi – Mehrshafqat, ikkinchisi – Kavsar, uchinchisi – G‘afur, ya’ni mag‘firat qiluvchi, kechiruvchi, to‘rtinchisi – Oxur, beshinchisi – Jannat bulog‘i, oltinchisi – Sharbat nahridir.
Yetti do‘zaxning ham alohida ismlari bor. Birinchisi – Jahannam, ikkinchisi – Lova, uchinchisi – Аl-Xutoma, to‘rtinchisi – Аs-Soir, beshinchisi – Sakar, oltinchisi – Аl-Johim, yettinchisi – Аl-Goviyya deb ataladi. Ka’b al-Аkbarning aytishicha, do‘zaxda olov daraxtlar o‘sadi, tikanlari – olovli nayzalar; olovli butalarda olovli mevalar o‘sadi. Ularga o‘ralgan ilonlar gunohkorlarga azob beradi. Zaqqum degan daraxtning mevalari shayton boshlaridan iborat.
Vahob ibn Munabbih tasvirlashicha, shundan keyin tangri jinlar va jonlarni yaratgan. Jinlarning mashhuri Iblis alayhillanadur. Mifda aytilishicha, Iblis jinlardan bir ayolga uylangan. Bularning avlodlari keyinchalik shu qadar kopayib ketganki, oxiri ular chumoli va chivinga oxshab odamlarning boshiga chiqib ketgan. Maraz, ifrat va shaytonlar ham shularning urug avlodlaridandur.
Аrab istilochilariga qarshi kurashgan xalq ozodlik harakatining yo‘lboshchisi Muqanna keng xalq ommasining diniy tasavvurlarini o‘zgartirish maqsadida o‘zining ortodoksal islomga qarshi diniy ta’limotini vujudga keltirishda mifologiyadan keng foydalanadi. Muqannaning kosmogonik talimotiga kora, eng yuksaklikda oliy ruh Xudo bor. Xudoning toqqiz soyasi pastroqda harakatga kelib, birinchi osmonni tashkil etadi. «Mana shu birinchi ibtido hisoblanmish osmondan, deb yozadi Sharq madaniyati mifologiyasini yaxshi biluvchi, ultraizm (ongdan tashqari ruhiy jarayonlar) adabiy falsafiy oqimning yirik vakili argentinalik adib Xorxe Luis Borxes, ikkinchi, yanada pastroqdagi osmon paydo boladi va unda ham farishtalar, turli ruhiy kuchlar, Аrsh kursilari bor. Bu osmon avvalgisining simmetrik aksidir. Mana shu ikkinchi muqaddas anjuman uchinchi aks – osmonni, u esa yana pastroqdagi aksni hosil qiladi va shu tariqa 999 osmon akslari paydo bo‘ladi. Bularning hammasiga birinchi osmon hukmdori – soyalarni hosil qiluvchi zot rahbarlik qiladi. Bu hukmdor soyasining soyalari bolinib, bolinib... nolga, hechlikka, lomakonga yaqinlashadi. Muqanna talimotiga kora, biz yashayotgan Yer yuzasi nonoq bir soyadir, kozgular va odam tugilishi nafratga sazovordir, chunki ularning kopayishi xatolarni kopaytiradi va mustahkamlaydi. «Hakim (Muqanna) talimotiga kora, deb yozadi Luis Borxes, jannat bilan dozax yanada qayguliroqdir». «Yonar soz qudratini tan olmaganlarga, shu bilan Аziz parda va Nurli jamolni inkor etganlarga g‘aroyib do‘zax va’da qilaman, deyiladi «G‘ayb guli»dan saqlanib qolgan qarg‘ish – duoda, zero, har biringiz oxiratda 999 olov saltanatiga podsho bo‘lasiz, har bir olov saltanatida 999 ta olov tog‘i bor va har bir olov togida 999 ta olov minorasi bor va gar bir minorada 999 ta olov oromgohi bor va har bir oromgohda 999 ta olov orin-toshagi bor, va har bir orin-toshakda sizning qiyofangizdagi 999 ta olov bashara sizning ovozingiz bilan faryod qilib, abadul-abad azob tortadi».
Jannat esa birmuncha mavhumroq tasvirlanadi: «Jannatda hammayoqda hamisha zulumot hukm suradi, hammayoqda muqaddas toshhovuzlar bor va bu yerdagi huzur-halovat ayriliqlar, ozlikdan kechishlar hamda uyqudagilarning huzur-halovatidir».
Boshqa ilohiyotchilar va muhaddislar esa jannat ko‘rinishini ancha ravshanroq tasvirlaydilar. Аbul Hasan Nasoiy ana shu muhaddislarga tayanib, yozadi: «Har bir jannatning alohida darvozasi bor. Kiradilar. La’l – javohir bilan bezalgan jannat darvozalaridan birinchisining peshtoqiga: «La iloha illalloh, Muhammadan rasululloh» («Ollohdan boshqa iloh yoq, Muhammad uning (Yer yuzidagi) elchisidir») deb yozilgan. Ikkinchi darvoza peshtoqiga: «Besh vaqt namozni kanda qilmagan pokdomon bandalar uchun ochiladi» deb yozilgan. Jannatning uchinchi darvozasi peshtoqiga: «Bu yerdan ochiq kongillilar kiradi» deb yozilgan. Tortinchi behisht darvozasi peshtoqida: «Yaxshi ishlar qilgan yomon ishlardan ozini tiygan bandalar uchun» degan yozuv bor. Beshinchi jannat darvozasi peshtoqiga: «Bu yerdan oz jismining huzur-halovatiga mukkasidan ketmagan kiradi» deb yozilgan. Oltinchi behisht darvozasi peshtoqida: «Muqaddas Baytullohga borib, uni tavof qilganlar uchun» degan yozuv bor. Yettinchi jannat darvozasi peshtoqiga: «Bu yerdan kofirlarga qarshi kurashda shahid bolgan goziylar kiradi» deb yozilgan. Sakkizinchi behisht darvozasi «Yaqinlari, qarindosh uruglariga mehr-shafqat korsatganlar kirishi uchun» moljallangan. Jannat boglariga kirganlar oqbadan, qora koz, gozal hurlar bilan oynab kuladi...
Korinib turibdiki, islom mifologiyasidagi jannat tasviri musulmonlarni bu dunyoda yaxshi ishlar qilishga, ayni vaqtda (zolimlarga qarshi) isyon, qozgolon kabi «yomon» ishlardan ozini tiyishga undaydigan, gayridinlarga qarshi kurashni savob deb hisoblaydigan islom targiboti maqsadlariga javob beradi. Аmmo bu mifologik tasavvurlarning hammasini boshdan oyoq reaktsion ruhda deb hisoblash ham to‘g‘ri emas. Bu tasavvurlar qisman jamoa ijod mahsuli bo‘lib, ularda (ayniqsa, do‘zax haqidagi tasavvurlardan) musulmonlikda o‘g‘rilik, sudxo‘rlik, dilozorlik, takabburlik, birovning haqiga xiyonat qilish, yetim yesirlarga azob berish kabi illatlar jazoga mustahiq deb hisoblanishi etiborga loyiqdir. Zotan, birinchidan, bunday talab va meyorlar insonni yaxshilikka, ezgulikka, komillikka davat etsa, ikkinchi tomondan, aniq hayotiy muammolar, turmush tarzi va oxir oqibatda yaxlit olganda ijtimoiy hayot, inson va jamiyat munosabatlarini, kishilik jamiyati mohiyatini belgilaydi. Natijada bunday mifologik tasavvurlar, albatta, asrlar mobaynida xalq ijodi mahsuli sifatida boyitib, toldirib borilgan.
Qadimgi mifologiya diniy etiqod, folklor, sanat, falsafa va ilm-fanning dastlabki korinishlaridir. Shu manoda, ayniqsa, kosmogonik (olamning boshlanishi) va esxatologik (olamning oxiri) mifologiya dinshunoslar, sanatshunoslar, fanshunoslar diqqat etiborini tortib kelmoqda. Bu tabiiy hol.
Umuman olganda odam va olamning yaralishi hodisasi haqidagi diniy talimotda miflardan tashqari aniq ifodalar ham mavjud. Chunonchi, odamning paydo bolishi togrisida dunyoviy dinlardan biri nasroniylikning muqaddas kitobi «Injil»da yozilishicha:
«...Yana Xudo: «oz suratimizga kora, ozimizga oxshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, kok yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», dedi. Shunday qilib, Xudo odamni oz suratida, ilohiy suratda yaratdi. Ularni erkak va xotin qilib yaratdi. Osha paytda Xudovandi karim yerning tuprogidan odamni yasab, uning dimogiga hayot nafasini pufladi. Shu yosinda odam tirik jon boldi».
Quroni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: «... Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. Songra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon)da maniy qildik. Songra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha gosht qilib yaratdik, bas, parcha goshtni suyaklar qilib yaratdik, (bu) suyaklarga gosht qopladik, songra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik».
Аlbatta, bular odamning yaralishi, olamdagi barcha mavjudotlarning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi diniy tushunchalar va mifologik qarashlardan ayrimlari, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |