II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
85
Multimedialar asosida ham vaqt haqidagi tushunchalar kengaytirib boriladi:
Xulosa shuki, vaqt haqidagi tushunchalarini shakllantirishning zamonaviy usullarini
hisoblashda xatolarni oldini olish maqsadida qator mashqlar sistemasini yetarli darajada
tashkil etish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Jumayev M.E Matematika o`qitish metodikasi. (OO`Y uchun darslik.) -- T.:
"Turon iqbol" 2016. .
2.Omonov. B "Qiziqarli matematika" T-1998.
3.Toshpo`latova M. va b.q Matematika "2-sinf o`qituvchilari uchun ilg`or pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo`yicha metodik qo`llanma
T-2015.
4.Abdullayeva B va b.q Matematika "3-sinf o`qituvchilari uchun ilg`or pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo`yicha metodik qo`llanma
T-2016.
5.Abdurahmonova N va b.q 2-sinf Matematika darsligi T-2018.
6.Burxonov S va b.q 3-sinf Matematika darsligi T-2019.
KIMYO DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI TO‘G‘RI QO‘LLASH TA’LIM SAMARADORLIGINI TA’MINLAYDI Otajonova Mukaddas Sotimovna Urganch shahar 18- maktab kimyo fani o`qituvchisi
Ma’lumki, interfaol metodlarning turlari ko‘p bo‘lib, xar bir pedagog o‘z imkoniyati, dars
mavzusining murakkab yoki osonligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan xolda
ularni saralaydi va qo‘llash uchun tayyorgarlik ko‘radi.
Kimyo darslari o‘z xususiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarga inson va tabiat o‘rtasidagi
munosabat, borliqni anglash, jarayonlarni tushunish singari bir qator hayotiy ko‘nikmalarni
singdirib borishi bilan boshqa predmetlardan farqlanadi.
Kimyo darslarida qo‘llaniladigan interfaol metodlar dars mavzusi mazmunining o‘quvchi
tomonidan oson va tez o‘zlashtirilishi, o‘quvchi-o‘quvchi munosabati orqali ta’lim oluvchilar
tomonidan sodda va ravon tilda o‘quv materialining bir-birlariga yetkazilinishi, ijobiy
muxitning yaratilinishi kabi ijobiy jihatlari bilan an’anaviy darslardan farqlanadi.
"Yumaloqlangan qor o‘yini" metodi yordamida o‘quvchilarning “Metallar” mavzusida
olgan ma’lumotlarini tezkor usulda baholash va bilimlarni mustahkamlash uchun asqotadi.
Sinf o‘quvchilari o‘tirgan partalari qatorlari asosida uch guruhga bo‘linadilar. Har bir
guruh o‘quvchilariga metallar mavzusi asosida metallardan ishlangan buyumlar va anjomlar
aks ettirilgan tarqatmalar tayyorlanadi (temir, ruh, mis, kumush, oltin, qalay va hakozo). Sir
emaski, rasmlar insonning hayoliy his-tuyg‘ularini rivojlantirish, bilim odishdagi hamkorlik,
kuzatuvchanlikni oshirishga yordam beradi. “Metallar” mavzusi doirasida tanlangan rasmlar
o‘quvchilar tomonidan yangi mavzuni samarali o‘zlashtirish, rasmlarni ko‘rish orqali mavzu
doirasidagi ma’lumotlarni xotirada yaxshiroq saqlanishini ta’minlaydi.