Tarbiya: muammo, yechim


“ONA TILI” VA “OʻQISH” FANLARINING BIRLASHISHI OʻQUV SOATLARINI



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

“ONA TILI” VA “OʻQISH” FANLARINING BIRLASHISHI OʻQUV SOATLARINI 
QISQARTIRMAYDI 
Kamolova DilraboRajabovna Boshlang’ich sinf 
Buxoro tuman 34-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Otili” va “Oʻqish” fanlari koʻproq grammatika qoidalarini yodlashga qaratilgani va 
amaliy koʻnikmalarni rivojlantirmasligi natijasida oʻquvchilarda fikrni ogʻzaki va yozma 
bayon qilish va savod bilan bogʻliq muammolarni yuzaga keltirdi. Shuningdek, “Oʻqish” 


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
87 
fanida “Ona tili”, “Atrof olam” va “Odobnoma” darsliklaridagi mavzu va matnlarning aynan 
takrori ham koʻplab tanqidlarga sabab boʻlib kelgan. 
Pedagoglar va ota-onalarning takliflarini inobatga olib, mavjud muammolarni bartaraf 
etish maqsadida yangi Milliy oʻquv dasturi asosida “Ona tili” va “Oʻqish” fanlari , “Ona tili 
va oʻqish savodxonligi” faniga birlashtirildi. 
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanida matnni oʻqish, uning asosida mashq va 
topshiriqlarni bajarish orqali oʻquvchida oʻqish koʻnikmasi rivojlanib, ona tiliga doir bilimlar 
shakllanadi. 
Milliy oʻquv dasturida asosiy vazifa etib oʻquvchilarda oʻqib va tinglab tushunish, fikrini 
bayon etish, yozish koʻnikmalarini rivojlantirish belgilangan.
Respublikamiz yaqin yillarda ishtirok etadigan PIRLS baholash dasturida ham 
boshlangʻich sinf oʻquvchilarining savodxonligi mazkur mezonlar asosida baholanadi. 
Finlyandiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Turkiya, shuningdek qoʻshni Qozogʻiston va 
Tojikiston tajribalaridan kelib chiqib, boshlangʻich sinflarda “integratsiyalashgan dastur 
asosida “Ona tili va oʻqish savodxonligi fani joriy etilishi belgilangan. 
“Ona tili” va “Oʻqish” fanlaridan bitta oʻqituvchi dars berishini inobatga olsak, “Ona tili 
va oʻqish savodxonligi” fanining joriy etilishi oʻqituvchi yuklamasi va ish haqiga taʼsir 
koʻrsatmaydi. 
Zamonaviy taʼlim tizimida fan dasturlari, oʻquv-metodik manbalar, oʻzgaruvchan va 
taʼsirchan usul va uslublar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mavjudligi hamda 
takomillashib borayotgani ham pedagogik maqsad va vazifalarga erishishning muhim amaliy-
uslubiy yordamchilaridir. Shunday boʻlsa ham, bilim berish va olishning sifat darajasi hamon 
qoniqarsiz, faxrlantiruvchi sabablar hamon sanoqli. Ushbu holatda esa ona tili fani soatlarining 
qisqartirilishi nihoyatda tushunarsiz va ogʻriqli! 
Bu bir tomondan, umumiy oʻrta taʼlim misolida ona tili – davlat tilining nufuzi va 
maqomiga, jamiyat nazdidagi viqor va martabasiga muayyan darajada salbiy taʼsir etadi, yana 
bir tomondan, ushbu fan oʻqituvchilarining ish hajmi qisqarishiga, faoliyat samaradorligi 
pasayishiga olib keladi. 
Toʻgʻri, bu tashabbus mavjud vaziyat va tajribalar tahlili mahsuli, puxta va pishiq 
oʻylangan boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Shunday boʻlishiga qaramay, Xalq taʼlimi vazirligi 
tomonidan metodik jihatdan takomillashtirish soyasi ortida ilgari surilgan mazkur taklifni keng 
jamoatchilik jiddiy eʼtiroz bilan qabul qilmoqda. Ona tili fani oʻquv soatlarining qisqartirilishi 
shundoq ham oqsoqlanib kelayotgan savodxonlik masalasini yana-da chigallashtirishi borasida 
bong 
urilmoqda. 
Aslida ona tili va adabiyot fanlarining oʻquvchi shaxsini tarbiyalashdagi, ijtimoiy-maʼnaviy 
hayotdagi ustuvor jihatlari eʼtiborga olinsa, mazkur fanlarni ham chet tillar singari sinf 
oʻquvchilarini ikki guruhga ajratib oʻqitish zarurati kun tartibiga chiqadi. Bu borada ham soha 
mutaxassislari tomonidan uzluksiz ravishda taklif-tavsiyalar berib kelinmoqda. Afsuski, 
hanuzgacha ijobiy munosabat yoʻq! 
Xoʻsh, xorijiy tilni yaxshi oʻzlashtirsin uchun oʻquvchilarni guruhlashtirish tizimi yoʻlga 
qoʻyilgan ekan, ushbu tajribani ona tili taʼlimiga nima uchun qoʻllamaymiz? Nega ona tilini 
oʻqitish deganda grammatik qoidalarni nazarda tutaveramiz? Shunday fikrda ekansiz, ona tili 
fan dasturlarini, metodik manbalarini chuqurroq oʻrganishni tavsiya etamiz. Ularning asosiy 
maqsad va vazifasini teranroq anglash zarur. Shundagina mazkur fanni oʻqitish tizimini 
kuchaytirish, dars soatini kengaytirish, metodikasini takomillashtirish zaruratini, ijtimoiy-
pedagogik ahamiyatini yetarlicha his qila olasiz. 
Biz ona tili haqida fikr yuritar ekanmiz, uning, avvalo, davlat tili ekanligini 
unutmasligimiz, ushbu fanning oʻqitish tizimiga ayni shu jihatdan yondashishimiz maqsadga 
muvofiq. Taʼlim jarayoni nafaqat oʻquvchi, eng muhimi, mamlakat kelajagi uchun masʼul 
avlodni tarbiyalashni nazarda tutadi. Bu omil esa ona tili fani samaradorligini oshirishning 
dolzarbligini belgilaydi. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish