Tarbiya metodlari va formalari Reja: Kadrlar tayyorlashning ijtimoiy pedagogik zaruriyati. «Ta’lim to’g’risida»



Download 71,5 Kb.
bet4/4
Sana01.01.2022
Hajmi71,5 Kb.
#284973
1   2   3   4
Bog'liq
10-Сохибова

O’n birinchidan - o’qituvchi madaniyatli, estetik didli bo’lishi bilan o’zining tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo’lib qolmog’i kerak.

Agar o’qituvchi ana shunday sifatlarni o’zida mujassam qila olsa kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan o’qituvchi tamoyiliga qoyilgan talablarga to’liq javob bera oladi deyish mumkin.

O’qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliyatlar bilan birga, jismoniy ham ruhiy xislatlar ham shakllangan bo’lmog’i darkor. Aks holda o’qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiyatga, na o’zgalarga hech qanday manfaat bo’lmasligi turgan gap.

Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega bo’lgan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytganda o’qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni tarbiyalashga qaratilgan murakkab, ziddiyatli va uzoq davom etadigan jarayondir.

O’qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o’qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o’zida mujassam etishi; shuningdek, o’qituvchining ruhiy – pedagogik tayyorgarligiga qoyiladigan talablarni atroflicha o’zlashtirgan bo’lishi; tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i juda muhim.

O’qituvchi go’zallik sohibidir. U olijanob sharafli kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo’llariga qalam olib jo’shqin hislarini, eng yaxshi ezgu tilaklarini oq qog’ozlar betiga bitmagan deysiz. Hayot abadiy. Ammo u yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta’lim va tarbiya beradigan mehri daryo o’qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. Hayotning bu sharafli kasb egalariga bo’lgan ehtiyoji ham abadiydir. O’qituvchi bamisoli bog’bon. U yoshlik gulshanining bog’boni. Maktab, o’quv yurti - yoshlik gulshani, yosh avlod uning bebaho nihollari, ustoz o’qituvchilar bu bog’ning oqil, mirishkor, mehribon bog’bonlaridir. U o’z bog’idagi mevalarning rango-rang va sog’lom bo’lishi uchun kurashadi. Har bir shogirdini baxtiyor ko’rishni orzu qiladi. Daraxtni shirin meva, o’qituvchini esa oqil, barkamol shogird bezaydi.

Bu kasbning faxru - iftixori shundaki, o’qituvchi tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. Eng baxtiyor, piri badavlat odamlardan biri o’qituvchi. U dunyodagi har qanday javohirdan ham qimmatli bo’lgan inson farzandini voyaga yetkazib, uni ulug’ ishlarga voris qiladi. Kasblar ichida alohida faxr va iftixor bilan tarona etiladigani o’qituvchilik kasbidir. Chunki biror soha yo’qi, unga o’qituvchining bevosita yoki bilvosita qo’shgan hissasi bo’lmasin. O’qituvchining bilimidan, aql-zakovatidan, mehr-muhabbatidan bahramand bo’lmagan kishi yo’q.

Zamonamizning zabardast olim va shogirdlari, shoir va san’atkorlari, fazogirlari, ishchisi, o’rmonchisi, shifokori, quruvchi-injeneri - hammasi o’qituvchidan ta’lim olgan. Shuning uchun ham xalqimiz –tog’ cho’qqilaridan yuksak mehr-muhabbatini, quyosh nuridek jo’shqin qalb haroratini "o’qituvchi" degan so’zga singdirgan va bu nomni katta ezoz bilan tilga oladi.

Biz o’qituvchilar kasbimiz bilan qancha faxrlansak, umrimizning bebaho hosili - sevgan kasbimizning durdona mevasi, faxru iftixorimiz bo’lgan shogirdlar bilan baxtiyormiz. Ulug’ Vatanimizning qaysi yeriga borsak, "Sa­lom, ustoz, o’qituvchim", deb shogirdlarimiz peshvoz chiqishadi. Biz shunda o’zimizni qanchalik baxtiyor inson ekanligimizni chuqurroq, his etamiz. Umrimizga yana umr qo’shilgandek o’zimizni tetik sezamiz. Ana shu narsa bizga yana kuch-quvvat va kasbimizga beqiyos muhabbat baxsh etadi. O’qituvchi mehnatini taqdirlash "Xalq o’qituvchisi" degan yuksak unvonning ta’sis etilishida yana bir yorqin ifodasini topdi.

O’qituvchi o’ziga bo’lgan bu hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, ayni zamonda juda murakkab va mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini juda yaxshi biladi.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti katta sur’at bilan rivojlana borayottan bir sharoitda hayot bizning oldimizga yangidan-yangi vazifalarni qoymoqda.

Dars bizdan bola tarbiyasiga atroflicha yondashishni, yosh avlodni har taraflama rivojlantirishni talab etmoqda. Shunday sharoitda o’qituvchining o’ziga xos o’rni va mavqei qanday bo’lishi kerak. Bu kasb egasi o’ziga xos ijtimoiy, siyosiy, pedagogik va shaxs talablariga javob bera olishi uchun u qanday sifatlarni o’zida mujassamlashtirishi kerak? degan qonuniy savol tug’iladi.

O’qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak: insoniy g’oyaviylik, insoniy e’tiqodlilik, vatanga sodiqlik, mehnatsevarlik, ijtimoiy burchni chuqur anglash, inson manfaati singari ulug’vor maqsad yo’lida mumtoz niyatlar, temir iroda bilan kurasha bilish, haqqoniylik, prinsipiallik, mudom mehnatkash xalq bilan hamdam va hamkorlik, xalq manfaatini hamma narsadan ustun qoyish, hayotda faol pozisiyada turish, yangiliklarni sezish va ularni hayotga joriy etishda tashabbuskorlik ko’rsatish, axloqiy poklik va yosh avlodga mehribonlik, oqilona talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiat va inson tafakkuri qonuniyatlarini chuqur bilish va amalda qo’llay olish, har sohada yosh avlodga o’rnak ko’rsata bilish.

O’qituvchining jamiyatdagi muallimlik vazifasi ana shu fazilatlarni o’zida to’la mujassam bo’lishini taqozo etadi.


ADABIYOTLAR:

  1. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1999, 127-147-betlar

  2. V.A.Kruteskiy Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent, 1976, 223-240-betlar.

  3. R.S.Nemov Psixologiya M: 1990, 169-275-betlar.

  4. Ensiklopedik lug’at, 2-tom, Toshkent, 1990, 247-bet

  5. E. G’oziyev Pedagogik psixologiya asoslari, Toshkent, 1997, 51-57-betlar.

Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish