Tarbiya metodlari va formalari Reja: Kadrlar tayyorlashning ijtimoiy pedagogik zaruriyati. «Ta’lim to’g’risida»



Download 71,5 Kb.
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi71,5 Kb.
#284973
  1   2   3   4
Bog'liq
10-Сохибова




Tarbiya metodlari va formalari
Reja:


  1. Kadrlar tayyorlashning ijtimoiy pedagogik zaruriyati. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun asosida o’qituvchi shaxsiga qoyiladigan talablar.

  2. O’qituvchi atamasi, uning shaxsi va kasbi haqida tushuncha.

  3. O’qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o’rni.


Tayanch iboralar: o’qituvchi shaxsi, o’qituvchi bilimi, faol jamoatchi, g’oyaiy barkamol, tarbiyaga muhabbat, o’qituvchining individual xususiyatlari.
Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy bosqichi kelajakda buyuk davlat egasi bo’ladigan komil inmonni tarbiyalab voyaga yetkazishni ma’naviyatimiz zimmasiga yuklatilgan.

Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezon sifatida muhim rol oynaydi. Shuning uchun ha O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov – inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfatlarini royobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq - atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir - deb juda to’g’ri aytgan edi. Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi.

Mana shu ma’noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini royobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim – tarbiyani ongli ravishda idrok eta oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini yuragiga tuya oladigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida 1997 yilda Oliy Majlisning IX sessiyasida «Ta’lim to’g’risida» Qonun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ishlab chiqishning asosiy omillaridan biri, respublikamizning demokratik va huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi; milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vataniga iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmatning ortib borayotganligidir. Yana shu narsani alohida qayd etish joizki, endilikda O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro’ - e’tiborining tobora ortayotganligi ham mazkur islohotlarni tezlikda amalga oshirish lozimligi pedagogik zaruriyat bo’lib qoldi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlar uch bosqichda amalga oshirilishi ko’rsatib berilgan.

Ya’ni:


Birinchi bosqichda (1997-2001 yillar) pedagogik va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish, shuningdek, ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi, malakasi va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qoyiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish asosida milliy dasturni royobga chiqarish, yo’nalishlariga aniqliklar kiritiladi.

Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb -hunar ta’limiga, shuningdek, o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o’tish hamda ta’lim xizmatini ko’rsatish bozorni shakllantirish mexanizmlari to’liq ishga solinishi ko’zda tutiladi.

Uchinchi bosqichda (2005 va undan keyingi yillar) – to’plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olinadi.

Bizga ma’lumki, kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini insonni intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitusiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasb boyicha mehnat qilish huquqi royobga oshiriladi.

Demak, bu g’oyalar ilmiy - nazariy umumlashmalar, xususan, kadrlar tayyorlashning milliy modeli shaxs; davlat va jamiyat; uzluksiz ta’lim; fan; ishlab chiqarish uyg’unlashtirilganda ko’zlangan maqsadga erishish mumkin bo’ladi. Zero, davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafolatlari yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash boyicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg’unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uzluksiz ta’lim esa kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Chunonchi, uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Fan o’z navbatida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sifatida yuzaga chiqadi.

Ishlab chiqarishning kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy - texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi bo’lib hisoblanadi.

Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va qoyiladigan ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:

- maktabgacha ta’lim;

- umumiy ta’lim;


  1. o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

  2. oliy ta’lim;

  3. oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;

  4. kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  5. maktabdan tashqari ta’lim.

Kadrlar tayyorlashning milliy modelining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini joriy etishdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limi dasturlariga izchil intilishni ta’minlaydi.

Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim (I-IV-sinflar), umumiy o’rta ta’lim (V-IX-sinflar), o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o’z ichiga qamrab oladi.

Kasb-hunar ta’limi dasturi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistraturA ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni o’z tarkibiga oladi.

Ma’lumki, hamma kasblar ham avvalo ustoz-muallim o’rgatadi. Dastlabki saboqni ham o’qituvchi beradi. Dastlabki ona - Vatan so’zlarining ma’nosini, mohiyatini ham o’qituvchi o’rgatadi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o’qituvchilik- muallimlik kasbi o’ta sharafli va mas’uliyatli hisoblanadi. Mana shu o’rinda tabiiy ravishda savol tug’iladi. Xo’sh, o’qituvchi kim? U qanday sifatlarga ega bo’lmog’i kerak? Xususan, bugungi kun o’qituvchisi qanday malakalar bilan qurollanmog’i darkor? va boshqalar.

O’qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga qoyilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql – idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak» - degan edi. Darhaqiqat o’qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o’z kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borishga ishtiyoq bo’lmas ekan, u yaxshi ustoz - o’qituvchi bo’la olmaydi. Zero, davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg’a surilayotgan barcha islohatlarning ijobiy yechimi ana shu ko’p minglik ziyokorlik ishining samarasiga bog’liq. Shuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o’qituvchilik kasbiga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shuning bilan birga o’qituvchi oldiga qoyiladigan talablar ham o’zgacha bo’lmoqda. Chunki, bugun O’zbekiston mustaqil Davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada pedagog - o’qituvchilarning o’z o’rni, o’ziga xos mohiyati borligini aslo unutmaslik lozim.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’tarilgan barcha tadbiru-amallar respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo o’qituvchi kasbiga bo’lgan munosabatni tub jihatdan o’zgartirishni, uning ma’naviy - axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi.

Demak, bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi:


Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish