Inson manfatlari – hamma narsadan ustun.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.
2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunining 10-moddasida ta’lim turlari sanab o‘tilib, uning birinchi turi - "Maktabgacha ta’lim" ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, 11-moddasida: "Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi", - deyilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga uzluksiz ta’limga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, 3.3 bandida uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichi maktabgacha ta’lim ekanligiga e’tibor qaratilgan.
Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi. «Maktabgacha ta’lim» atamasi 1997 yilda YUNESKO qarori bilan kiritilgan bo‘lib, uzluksiz ta’lim tiziminining birinchi bosqichini tashkil etadi.
Bugungi kunda shaxsning dunyoqarashi, uning jamiyatda tutgan o‘rni, shaxs va shaxslararo munosabatlarning qaror topishi, shaxs va davlat, shaxs va jamiyat munosabatlari, uning burch va mas’uliyati, ijodiy qobiliyati va intellektual salohiyatini tarkib toptirish muhim sanaladi .Shaxsning bunday salohiyatga ega bo‘lishida ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Ta’limning eng kichkina va eng asosiy bo‘g‘ini bu maktabgacha ta’lim tizimidir. Shuning uchun ham maktabgacha ta’limda bola shaxsini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishdagi eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda Respublikamizda maktabgacha ta’lim soxasida me’yoriy-huquqiy bazani tubdan takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasidagi ilmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan konseptual islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu borada maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb yo‘nalishlardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF 4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 9 sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur soxaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda bu qarorlar muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |